O’zbekiston Xalq Harakati

Tun va tush…

Tun va tush…
27 Mart 2017 - 8:00 'da yuklandi va 2597 marta o'qildi.

Komil O'tar

XAYoL ETMAS MANZILLAR

    Tun va tush manzaralari

1
Sukunat bag'riga g'arq bo'lgan kunlar,
Nurli kechalarga bo'lsaydi, soya.
Bu qadar qoraymas edilar tonglar,
Umrlar yovlardan so'rab himoya.

Mullolar boshiga ortmasdi dastor,
Iymonining bo'lsa g'ilofi butun.
Zaiflar zolimga hamisha xastor,
Ruhida bo'lmagach, tayan va ustun.

2
Dovruq solib o'tdi, nechalar bundan,
Nechalar yig'ladi, bir burda non deb.
Nom-nishon qolmadi, har ikkisidan,
Barini er yutdi, qurt-qumusqa eb.

Bugun ham barini bilib o'shalar,
Xatarni hech biri etmaydi pisand.
O'zidan o'zgasi, yonib-o'charlar,
Daryoga xaslardan bosmoqchilar band.

3
Men seni rosti, tanimayman, do'st,
Do'st, dedim, shunchaki iltifot uchun.
Bo'rilar, qo'ylikdan po'st yopingan, po'st,
Meningdek nochorni g'ajimoq uchun.

Aslida, sen chindan qo'y bo'lganda ham,
Qo'y bilan do'stlashish juda ham xavfli.
Bo'rilik a'moli qo'ylikdan ko'rkam,
Odamni tanishlik, undan ham nafli.

4
Go'zallik degani, chiroyda bo'lsa,
Lug'atda bo'lmasdi, xunuk degan so'z.
Ilojsizlik agar iroda bo'lsa,
Imkonni ilg'amas edi, biror ko'z.

Ifor tarqatganda, bilgan gulimiz,
Orzu diyoridan esmas edi el.
Aslida, istakning sodiq qulimiz,
Diyonatga emas, biz hislarga qul.

5
Tunlar bir tun berdi menga tushini,
Men kunlarga sotdim, omonatni shart.
Tunlar yo'qotmagan ersa hushini,
Menga yuklarmidi, karvon-karvon dard.

O'zimning dardlarim, ozmidi axir,
Yuragim ko'chasi – tunlardan qora.
Sotib olmoq uchun tutamgina nur,
Tilimni sotardim, u damda bora.

Tilloni Qorunga ishongan ahmoq,
Boy bo'lmas hech qachon, esada baxil.
Tunlarning xayoli zulmatga cho'mmoq,
Oqil hurdan izlar, o'ziga sohil.

6
O'zimdan-o'zimni olib qochmoqdan,
Juda ham charchadim, inchunun rosti.
Qaytaga o'zimga o'tlar ochmoqdan,
Ma'ruza o'qiyman. Bir kami, gardi.

Aqlning ortig'i – bemaza qovun,
O'ta sipoyilik – jirkanchlikdek gap.
Joizdir, har ishda topmoqlik evin,
Ne uchun qimmat so'z – bo'lmasa, talab?

7
Hech nima bilmaymiz. Bu so'z haqiqat,
Biroq bu degani – bir chaqa emas.
Har bitta umrning bahosi qimmat,
O'zini bilmaslik – yo'qlikdir, abas.

* * *

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube