O’zbekiston Xalq Harakati

Shunchalar osonmi, kechmoq o'zlikdan?

Shunchalar osonmi, kechmoq o'zlikdan?
30 Mart 2017 - 8:00 'da yuklandi va 2512 marta o'qildi.

Komil O'tar

XAYoL ETMAS MANZILLAR

 

Uning ko'zlari

1
Men kenglik istadim, tor bu dunyoda,
Yo'limda ko'zlaring bo'ldi najotkor.
Oxiri, barchasi qolar fanoda,
Ularsiz, boshimda ikki olam dor.

Hayotim yo'lida topolmadim, ne,
Ko'zingdan qidirdim, Majnundek axir.
Umrimning tongidan izlasam, ma'ni,
Ko'zingga qamadi, qalbimni taqdir.

2
O'shanda, tund edi kuzning havosi,
Yo'limda uchradi bir sohibjamol.
Siymi tani aning bahor siymosi,
Sochini o'ynardi, betiyiq shamol.

Meni ushlab qoldi, tishida fursat,
Quyundek er yuzin, ayladim, sayr.
Ming yildek tuyuldi, bir lahza muddat,
Qutulganim bo'lsin, arosat, xayr!

3
Binafsha rangida yog'ayotgan qor,
Muhabbatdan ivib, tosh qotgan vujud.
Qartayganida ham, oppoq beg'ubor,
Muzlagan jonida, ishq qoni mavjud.

Na o'qlar teshadi, uning ko'ksini,
Na bosib qoladi, qulagan cho'qqi.
Ko'zlar ko'ra olmas nurdan aksini,
U sevilaverar, Yaratgan haqqi.

4
Eski chilko'prikdan o'tmadi kimlar,
Chinor soyasiga bog'lab otini.
Yo'liga ko'z tikib yulduzli tunlar,
Qaytishini kutdi kimning xotini.

Kutganlardan ko'pi, qaytmadi hamon,
Hech kim kutmaganlar, qaytdi iziga.
Botirni xotini unutgan zamon,
Em tushdi otining ikki tizziga.

5
Tangriga bo'ysunmas, u nur, qanday nur,
Shaytondan ham shakkok ekan u demak.
Bunday sinoatni ilg'amas shuur,
Bittaga ko'paydi, tag'in ko'rnamak.

Ammo, isyonkorni nur deb atamoq,
Keltirmasmi, inson sha'niga isnod.
Men bo'ynimga solmoq istamam, sirtmoq,
Shunday ham g'aflatdan kunlarim barbod.

6
Seni unutmoqlik ekanmi, oson,
Shunchalar osonmi, kechmoq o'zlikdan?
Bundan ko'ra menga yaqindir, osmon,
Qo'ldan kelmas ishni, so'rama mendan.

Dunyoda topganim, bitta o'zingsan,
O'zingdan-o'zganing soyasi tegmas.
Unutirmoqlikdan avval o'ldirsang,
Etarsan murodga, bo'lmasa, bo'lmas.

7
Eng qisqa faslda uzoq yashamoq,
Ipak o'rayotgan qurtlarning ishi.
Bulutli kunda ham yurakdan kulmoq,
Millatning boshidan aritar qishni.

Vatanni so'z bilan suyguvchilar ko'p,
Ko'ksiga mushtlagan nomardlar, qancha.
Mardlar, go'yo chetga tashlangan bir cho'p,
Dardlari ichiga cho'kkan tuguncha.

To'y-bayramda, ular ortiqcha mudom,
Ular misli Sirday tinch oqadi, tinch.
Vatan uchun mardlar sodiq bir g'ulom,
Millat g'ilof bo'lsa, ular bir qilich.

8
Yurak hududini shuur tangligi,
Ilg'ay olarmikan, idroklar aro?
Yangi ittifoqlarning xolis kengligi
Kafolati ramzi bo'lsa shuaro?

Yolg'izlikdan sinar ko'kdagi parvoz,
Orqadog'ing bo'lsa, kengayar torlar.
Qo'shnining ko'ppagi, hurib tursa, soz,
Aylanib o'tadi, bog'ingdan zo'rlar.

* * *

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube