O’zbekiston Xalq Harakati

“Uzun soqol va niqobda yurmang”

“Uzun soqol va niqobda yurmang”
01 Nisan 2017 - 10:57 'da yuklandi va 2321 marta o'qildi.

Xitoy Shinjon Uyg'ur muxtor o'lkasida yangi cheklovlar joriy etgan, erkaklarning “g'ayritabiiy” uzun soqol va xotin-qizlarning jamoatchilik joylarida niqobda yurishlarini taqiqlagan.

Bundan tashqari, mahalliy aholining Xitoy davlat televideniesini ko'rishdan bo'yin tovlashlarini ham ma'n etib qo'ygan.

Xabarlarga ko'ra, yangi cheklovlar “islomiy ekstremizm”ga qarshi kampaniya doirasida amalga oshirilgan.

Shinjon, yillarki, haqlari toptalishidan shikoyat etib kelayotgan musulmon uyg'urlarining ona vatani bo'ladi.

Bu muxtor o'lka oxirgi paytlarda qator qonli to'qnashuvlarga ham sahna bo'lib keladi.

Xitoy hukumati esa, zo'ravonliklarda islomiy jangarilar va bo'lginchilarni ayblaydi.

Ammo inson haqlarini saqlash guruhlari bu borada tamom boshqacha fikrda.

Ular bu isyonchilik amallarini rasmiy Pekinning “repressiv siyosati”ga bog'lashadi.

Bundan tashqari, Xitoy tomonidan mintaqada joriy etilgan yangi chora-tadbirlar ayrim uyg'urlarni yanada ekstremizm sari undashi bilan ham ogohlantirishadi.

Xabarlarga ko'ra, Shinjonda allaqachon amalda bo'lgan bu cheklovlar shu dam olish kunlarida qonuniy tus oladi.

Britaniyaning nufuzli “Reyter” axborot agentligi yozishicha, yangi qonunlar bundan tashqari:

  • Bolalarning davlat maktablariga chiqmasliklari;
  • Oilani rejalashtirish siyosatiga amal qilmaslik;
  • Qasddan rasmiy hujjatlarga ziyon etkazish;
  • Faqat diniy ahkomlar asosida oila qurishni

ma'n etadi.

Bularning barchasiga qo'shimcha boshdan-oyoq niqobda bo'lgan xotin-qizlarning vokzal va aeroport kabi jamoatchilik joylariga kirishlariga izn berilmaydi.

Yangi tartib-qoidalarga muvofiq, xizmatchilarning ular haqida politsiyaga xabar berishlari ham lozim ko'riladi.

Shinjondagi uyg'urlar

  • Uyg'urlar etnik turkiy tilli musulmonlardir;
  • Ular mintaqa aholisining 45 foizga yaqinini tashkil qilishadi;
  • Mahalliy aholining qolgan 40 foizi Xitoy xanlari hissasiga to'g'ri keladi;
  • Xitoy Sharqiy Turkistonni bosib olish orqali 1949 yilda mintaqada o'z nazoratini o'rnatgan;
  • O'shandan buyon Shinjonga Xitoy xanlarini ko'chirib keltirishda davom etib keladi;
Xarita
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar