O’zbekiston Xalq Harakati

Terror tashkiloti Qirg'iziston tabiiy boyliklari ortidan boyimoqda

Terror tashkiloti Qirg'iziston tabiiy boyliklari ortidan boyimoqda
01 Nisan 2017 - 16:07 'da yuklandi va 2386 marta o'qildi.

Fathulloh terror tashkiloti (FETÖ) ko'rsatmasi bilan o'tgan xafta hibsga olingan “Qirg'iz Robin Gudi” laqabli Qirg'iziston inson huquqlari himoyachisi va Qirg'iziston Ko'lka hukumati a'zosi Madmarov Abdumajid, Turkiyaning “Yangi Birlik” gazetasiga FETÖning parlament bilan birgalikda, Qirg'izistonning barcha ishlab chiqarish tarmoqlarini ham qo'lga olganligini aytdi

Madmarov Abdumajid, Qirg'izistonda qarzlarini to'lamaganligi uchun banklar tarafdan uylari musodara qilingan 50 oilaning ko'chada qolishi xavfi ortidan yordam chodiri tashkil qilib, u erda jabrlanuvchi fuqarolarga oziq-ovqat tarqatishga hozirlik ko'rilayotgan vaqtda, bir guruh politsiya xodimlari tomonidan zo'ravonlik ko'llash bilan hibsga olingan edi. Tahminan 5 kun so'ngra ozod qilingan Abdumajid Madmarov, mahkamaga olib borilganida undan hech narsa so'ramasdan, aloqasi bo'lmagan turli ayblar bilan hukm o'qilganini aytdi. O'zi ustidan tergov davom etayotgan Madmarov, FETÖning Qirg'izistonga qanday qilib o'rnashib olganligini va mamlakatning daromad manbalaridan qanday foydalanishini tushuntirib berdi.

Hibsga olish amaliyoti qanday amalga oshirildi?

Politsiyaga ko'rsatma berib, meni hibsga olgan aslida FETÖ edi. Qirg'izistonda moliya shirkatlari tomonidan uylari va mollari musodara qilinib zarar etkazilgan 50 tacha oila bor. Ularga boshpana bo'lishi va qorinlarini to'yg'aza bilishlari uchun bir yordam chodiri tashkil qildim. Bu chodir asosiy yo'lning chetida joylashgan edi. Hibsga olish uchun bu chodir asosiy yo'lga chiqib ketgan dega bahonadan qo'llandilar. Buning ustiga ayni yo'lda 60 metr oldinroqda bir restoran ham bor va u asosiy yo'lni deyarli yopib qo'ygan bir holatda joylashgan. Yo'lni yopib qo'ygan restoranga nisbatan bir norozilik yo'q, ammo yo'l chetidagi yordam chodiriga bor. Qirg'izistonda adolat mana shunday holatda.

“Madmarovni ichkariga tashlang”

Qirg'izistonda amalga oshirilayotgan huquqbuzarliklarni chet mamlakat axborot vositalariga chiqarish jinoyat hisoblanadi. Hukumat fuqaro huquqlarini osonlikcha oyoq osti qila oladi. Ayni vaqtda mening haq-huquqlarimni hukumat hech qanday izohsiz oyoq osti qildi. Hibsga olingan vaqtimda bu haqda hech bir bayonot berilmadi. Istagan jinoyatlari uchun javobgar qila oladilar. Aloqam yo'qligiga qaramay noqonuniy ravishda mahkama faylimga ketma-ket turli jinoiy ishlar uchun javobgar ekanligim yozilgan. Qirg'iziston hukumati mening huquqlarimni yashirmasdan ochiqchasiga oyoq osti qilmoqda. FETÖ hokimlik qilayotgan hukumat so'roq-savolsiz osongina poymol etmoqda. Boshqa tomondan noqonuniy tarzda, hech bir ko'rsatmasiz mollari musodara qilingan xalqning noroziligini turli axborot vositalariga etkazdik. Oddiy sharoitlarda xalq noroziliklardan avval mahkamaga chiqishi va qonuniy tarzda haqlarini himoya qilishlari kerak edi. Ammo hech bir qonunga amal qilinmadi. Mahkamaga chiqgan vaqtimda esa prokuror hech narsa so'ramasdan hukum chiqardi. Yuqoridan shunday ko'rsatma berilgandi: Madmarovga qanday jinoiy javobgarlik yuklasangiz yuklang, ichqariga tashlang.

FETÖ kuch yig'ish uchun Qirg'izistondan qo'llanmoqda”

Qirg'iziston xalqi nimadan norozi, tafsilotlarini aytolasizmi?

Qirg'izistonda xalq shunday qiyinchiliklarga uchramoqda. Avvaldan bizda rejalashtirilgan iqtisodiyot bor edi. Hozir uni yo'q qildilar va bozor iqtisodiyotiga aylantirdilar. Ba'zi moliya shirkatlari bor. Pulga ehtiyoji bo'lgan faqir xalq bu moliya shirkatlaridan kredit olish uchun o'z nomlaridagi uylari, do'konlari, qimmat baho ashyolari va er maydonlarini bu shirkatlarga berayaptilar. Hukumat qo'llab-quvvatlayotgan bu moliya shirkatlari xalqga yuqori foizlar yuklashmoqda. Xalq bu foizlarni ko'taraolmagach esa shirkat to'g'ridan-to'g'ri xalqning ta'minotini ta'minlayotgan mollarini musodara qilmoqda. Natijada xalq uysiz, pulsiz qolmoqda. Xalq qornini to'yg'azish uchun o'z mollarini bu shirkatlarga berishga majbur. Boshqa bir chorasi yo'q. Bu moliya shirkatlaridan jabrdiyda xalqning mollarini qutqarishga urunyapmiz. Bu moliya shirkatlarini hukumat qo'llayapti. O'tgan yillar davomida amalga oshirilgan inqiloblarda hukumat boshidagilar almashdi, ammo tuzum o'zgarmadi. Bu tizimni Qirg'izistonda ildiz ottirgan esa FETÖ dir. FETÖ 90 yillarda ochgan maktablarida yoki Turkiyada o'qitib etishtirgan odamlarini 2000 yillar boshida hukumat boshiga keltirdi. Hozirda to'g'ri Prezidentlikka qarab ketmoqdalar. Albatta faqat o'sha maktab bitiruvchilari emas, yuqorida aynan Gulanchilar o'tiribdi. Politsiya tashkiloti, parlament, sanoatning ichiga FETÖ o'rnashib bo'lgan. FETÖ

Qirg'iziston ortidan qozongan pullardan o'zini kuchaytirish uchun qo'llanmoqda. Shu sababdan xalq Qirg'izistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlardan foydalanaolmayapti. Ehtiyojlarini qoplamaganlari kabi xalqning haq-huquqlari ham himoya qilinmaydigan holatga keltirdilar.

“Tashkilot mendan qutulishga urundi”

Xalq nimadan norozi bo'lmoqda?

Qirg'izistonda tekstil, oziq-ovqat, sog'liqni saqlash, energetika sanoatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning nazorati FETÖning qo'lida. Tizim shu shaklda: Ishlab chiqaruvchidan mahsulotlarni arzon narxga sotib olgan hukumat qo'llab-quvvatlovchi FETÖchi tadbirkorlar ularni boshqa bir ulgurji savdo shirkatiga sotadi, sotib olgan ulgurji savdo shirkati ham yana boshqa bir shirkatga sotadi. Maxsulot xalqqa etib kelguncha kamida 5 ta qo'ldan o'tadi. Buncha qo'ldan o'tib kelgan mahsulot narxi esa xalqning qo'liga kelganicha deyarli ikki barobar oshadi. Shunday ham og'ir shartlarda hayot kechirayotgan xalq esa ehtiyoji bo'lgan oziq-ovqat, tekstil, isitish, sog'liq uchun kerak bo'lgan mahsulotlarni ololmayapti. Bu ehtiyojlarini qoplash uchun qo'lida borini moliya shirkatlariga garovga qo'yib, o'rniga naqd pul olmoqda. Yuqori foizlar bilan qarzni to'lashni qiyinlashtirgan moliya shirkatlari esa osonlik bilan xalq molini o'zlashtirib olmoqda. Men bu tizimni o'zgartirish uchun yillardir harakat qilayapman. Men harakat qilib, qo'limdan kelganicha to'siq bo'lganimda va FETÖ ga qarshilik ko'rsatganimda esa FETÖ mendan qutulishga urunmoqda. Norozi xalqning oldida esa faqatgina xalqning o'zi bor. FETÖ hukumati jabrdiyda xalqqa o'zi yordam bermaganidek, ularga yordam berishga urungan biz kabilarning bo'yniga uydirma jinoyatlarni osib bartaraf qilmoqda. Biz hozirda xalq bilan birlashib, bu ehtiyoj mahsulotlarini bevosita xalqqa etkazish ustida ishlayapmiz.

Tabiiy boyliklardan so'z ochgan edingiz…

Qirg'iziston hukumati himoyasiga kirib olgan FETÖga hukumat tomonidan daromad bilan ta'minlovchi shirkatlar ustidan to'liq hokimiyat ham berildi. Bu shirkatlar Qirg'izistonning tabiiy boyliklarini ham simirmoqda. Qirg'izistonda oltin, kumush va boshqa qimmat baho qazilma boyliklar zahiralari bor. Bu zaxiralar Qirg'iziston xalqining jon boshiga tushadigan daromad miqdorini 250 ming dollarga etkaza oladigan hajmdadir. Shu darajada katta zahiralar haqda gap ketmoqda. Bu zahiralar ham FETÖning qo'lida va bu terror tashkiloti borgan sari yanada kuchaymoqda.

Manba: YeniBirlik

Turkiya turkchasidan o'zbekchalashtirildi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar