O’zbekiston Xalq Harakati

Oydin ona

Oydin ona
03 Nisan 2017 - 18:36 'da yuklandi va 2671 marta o'qildi.

Oydin Solihning Anqaradagi talabalari tayyorlagan video

* * *

Videoning matn varianti:

(Suyukli Paygambarimiz(s.a.v)ning unutilgan sunnatlarini bizga eslatgan buyuk islom hakimasi Oydin Solih onamizning aziz xotiralariga hurmat va ehtirom ila…)

“Ilmu haqiqatlar ming yillar o'tishiga qaramay o'z haqiqatlaridan hech bir narsa yo'qotmadi, chunki inson o'zgarmadi, ne'matlar o'zgarmadi, chunki yaratilish tamomlandi, qalam yozdi, siyoh quridi. Shu tariqa ilm haqiqati davom etmoqda. Tibb shunday bir ilmdir.”
(Oydin Solih)

Taqdim etuvchi: Oydin Solih 1943 yilning 4 mart kuni Ukrainaning Brusovka qishlog'ida tug'ildi.U yillar ikkinchi jahon urushi davri edi. Ukraina Olmon o'rdusi ishg'oli ostida edi.Oydin Solihning bolaligi qiyin sharoitda kechdi. Ammo u maktab va litseyni muvaffaqiyatli tamomladi,  so'ngra Lugansk shahrida Tibb kollejida tahsil oldi.Oydin Solih shifoxonalarda ishlab zamonaviy tibb ila yaqindan tanishdi. Hayotini o'zgartirgan ilk tajribalarini urushdan so'ng tashkil qilingan shifoxonalarda orttirdi. Uning zamonaviy tibning tamal tamoyillariga qarshi skeptik qarashi shu davrda shakllandi.Bu shubhalarni bartaraf etish uchun 1972 yilda Toshkent Universitetining Biologiya bo'limida o'qishga kirib, 1977 yilda bitiradi.70-yillar boshlarida Sovet Ittifoqida kasalliklar va muoalaja turlarining alternativ ko'rinishlarini tadqiq etgan katta bir gurux ish boshlaydi.

Oydin Solih suv ro'zasi bilan yana ko'plab muolaja ko'rinishlari bilan shu davrda tanishadi, ammo bularning hech biri uni qanoatlantirmadi. 70-yillar so'ngida Oydin Solih Ibn Sinoni o'rganishga boshlaydi va katta naf ko'radi, ammo izlagan savollariga javob topa olmaydi. Faqat musulmon bo'lib, Qur'oni karim va hadisi shariflar bilan tanishgandan so'ngragina nima izlaganini tushunib etadi. Oydin Solihning bugun qo'limizdagi “Haqiqiy tibbiyot” (yo'qotilgan shifo izidan) kitobi haqiqatni izlagan uzoq yillar davomida sintez qilgan bilimlari natijasidir. Uning eri Muhammad Solihning so'zlariga ko'ra, Oydin Solih shifokor bo'lib ishlagan ilk yillarida o'zi ham qayta-qayta kasal bo'lar edi. Ta'lim olgan usullar bilan tuzalmaganini anglaganda, u o'ziga foydasi bo'lmagan bir doktorning kasallariga ham foydasi bo'lmaydi, degan qat'iy fikrga keladi. Oydin Solih biologiya fakul'tetida o'qirkan, inson yaratilish qonunlarini buzmasa, tabiatning, jonivorlarning va inson vujudining qanchalik mukammal ishlashini kuzatganiga guvoh bo'ladi.

Oydin Solih bolaligidanoq atrofida yuz berayotgan holatlarni diqqat bilan kuzatgan, hodisalarning natijasiga hikmat nazari bilan boqa olgan bir inson edi. Burni yaralangan bir itni ko'rganida yaraning atrofidagi qurtlarga e'tibor berib, holatni onasiga aytganida, onasining  “demak yara tuzala boshlaydi” degan javobini olganda, ushlangan bir baliqning qornini yorishganida  undagi hazm qilish organlarining naqadar mukammal shaklda yaratilganini ko'rib, haq tushunchalarning mustahkamlashishiga sabab bo'ladi. Ochlik yillarida yo'qsillikni boshlaridan o'tqazib, ko'pincha och uxlaganliklarini, atroflaridagi insonlarning o'liklar va hayvonlarning go'shti bilan oziqlanarkan, oilasi va o'zining yog'och po'stlog'i va o'tlar bilan kun kechirganlarini, bahor kelganda hatmi gullarining tomirlarini ko'rib qutuldik deya sevinganlarini ham hikmat nazari bilan tushuntirar edi Oydin Solih. U ortodoks oiladan chiqqaniga qaramay, islom fitrati bilan yashaganini va shunday voyaga etqazilganini aytadi. Uyidagi tovuqlariga don berayotganda onasining “ularni ovqatlantirib, parvarish qilganing kabi bizlarni ham parvarish qilib, ovqatlantiruvchi Biri bor”, deganini hech unutmasligini aytardi Oydin Solih. U talabalariga bu jumlaning ko'nglidagi aks sadosini ko'p takrorlardi.

“Ilm faqat islomdadir. Faqat Allohning Kitobida va Rasulullohning sunnatidadir. Islomda har narsa bordir. Barchamiz ilm o'rganishimiz va o'rgatishimiz lozim. Mo''min aqllidir, shayton zakiydir. Bilim bilan ilmni, aql bilan zukkolikni adashtirmang”.
(Oydin Solih)

Taqdim etuvchi: Oydin Solih xonim sadoqatli bir ayoldir: 1991 yil Respublika Prezidentlik saylovlarida ishtirok etgan eri Muhammad Solihning saylov kampaniyasi munosabati bilan reportaj qilishga kelgan muhbirning “vataningizni sog'inmayapsizmi?” savoliga, Oydin Solih xonim tabassum bilan “mening vatanim – erimdir”, deya javob bergan edi. Oydin Solih sabrli va marhamatli mo''mina edi. 1993 yili eri siyosiy sabablar bilan Turkiyaga surgun qilingan va shu yilning may oyida Oydin xonim va bolalari ham Istanbulga kelishadi. Ammo qisqa muddat ichida Solih oilasi Ovro'paga ketishga majbur bo'lishadi. Va 10 yil davomida Norvegiya va Olmoniyada surgunlikda hayot kechiradi. Olmoniyada yashagan yillarida doimo marjumak sho'rvasi ichganlarini va arzon non eganlarini aytib berar ekan, biroz yaxshi non olishni istaganida, erining “xalqim qiyin ahvolda ekan, biz bu qimmat nonni qanday eya olamiz”, deganini, ammo O'zbekistondan kelgan bir mehmonning Solihlarning uyida 2-3 kun qolib, xar kuni bir xil sho'rvadan charchab, “sizlar go'shtli ovqat emaysizlarmi, bizda go'shtsiz ovqatni hech kim emaydi” deganini Oydin xonim tabassum bilan talabalariga aytib berardi.

Ovro'pada ekan Oydin Solih va oilasi doimo Turkiya sog'inchi bilan yashadi. Va nihoyat ularga 2005 yilda Turkiyaga kirishga ruxsat beriladi. Umrining so'nggi 10 yilini Turkiyada kechirgan Oydin Solih bu davrda Islom tibbi olamida buyuk xizmat qildi. Minglab kasallarning yaxshilanishiga sababchi bo'ldi va 10 yil ichida juda ko'p talabalar etishtiradi. Bu orada bergan seminarlarida qilingan qaydlarning kamchilik va xatolarini aniqlashtirib “Haqiqiy tibbiyot” (yo'qotilgan shifo izidan) kitobini Xadicha Misganing muharrirligida 2007 yilning iyul oyida nashr etadi. Oydin Solih “Haqiqiy tibbiyot” (yo'qotilgan shifo izidan) kitobining ilk chop etilishi barobarida Turkiya yozuvchilar uyushmasida darslar berishni boshlaydi. Bu vaqt davomida ko'plab hijoma ustalari va talabalar etishtiradi.

“Barcha kasalliklarning sababi ko'p ovqat eyishdir. Yana halol emak boshqa, sun'iy va harom emak boshqa. Faqat kasalliklarning emas, butun dardlarning chorasi ochlikdir”.
(Oydin Solih)

Taqdim etuvchi: Oydin Solih “Sunnatimga amal qilganga 100 shahid savobi bordir”, hadisi sharifiga binoan Turkiyada hijomaning ommaviylashishiga sababchi bo'ldi.

Oydin Solih: Hijoma juda ham bir oddiy usuldir, u barcha metobolik chiqindilarni bir onda badandan chiqarib, qon aylanishini yaxshilaydi, bu jarayonni inson o'z vujudida his qiladi. Hijomadan keyin insonning tasavvuri, tushunchasi va hissiyoti o'zgaradi. Ta'm sezish qobiliyati kuchayadi. Terisi hassoslashadi, hid olish tuyg'ulari keskinlashadi. Hijoma qilingan kishi, hijoma qilinmagan kishidan ko'ra kuchli hid sezishni boshlaydi. Hijoma bilan birgalikda Ochlik qilinsa ta'siri yanada kuchli bo'ladi.

Taqdim etuvchi: Oydin Solihning talabalari “Sodda hayot” uyushmasini tashkil qilishadi va Oydin Solih bu uyushmada ko'plab xayrli ishlarni amalga oshirdi. “Haqiqiy tibbiyot” shamsiyasi ostida yig'ilishni istagan insonlar soni orta boshlaganda, bir necha talabasi tomonidan “Sodda hayot” falsafasiga mos mahsulotlar tayorlab sotish uchun “Sodda bozor” tashkil qilindi. Oydin Solihning darslarini yanada mukammal tizimda tashkil qilish uchun Istanbul “Tabiiy sog'liq instituti” (Natural Helth Institut) tashkil qilinib, Oydin Solihning Faxriy Raisligida uzoq muddatli  “Haqiqiy tib” darslari uyushtirildi.

“Jannatning eshigi zikrdir. Zikr bilan bu eshik ochiladi. Bu buyuk baxtdir”.
(Oydin Solih)

Oydin Solih: “Hujayralarda, mitoxondriyalarda, ramziy aytsak, “elektro stantsiya”larda Allohga zikr etishtiriladi. Dinda “Alloh zikri” deb nomlanadi. Biologlar buni “elektromagnit to'lqinlar” yoki “bioenergiya” deb nomlashadi. Hozirda aytib o'tilgandek eyilgan luqmaning harom va halol bo'lishi juda ham muhim. Halol luqma hazm qilishning to'rt jarayonidan kechar ekan, hazm qilingan luqmadan Allohga zikr etishtiriladi. Xo'sh, luqma halol bo'lmasa, u holda nima bo'ladi? U holda hujayralarda, mitoxondriyalarda zikr buziladi. Hazrati Muhammad (S.A.V): “Bir harom luqmaning og'izga kirish bilan qirq kunlik ibodat yo'q bo'ladi”, deganlar. O'ylab ko'ring, demak, bir harom luqma qirq kunlik zikrni yo'q etadi. Afsus, bugun insonlar surishtirmasdan har narsani emoqdalar. Dinimizda eyish qonunlari shudir: ilk qonun, eydigan narsangni surishtirmoqdir. Eydigan ovqating qaerdan keldi? Qanday tayyorlandi? Kim tomondan tayyorlandi? Tayorlanarkan,“Bismillahirrohmanirrohiym” aytildimi, yo'qmi? Birinchi qonunga amal qilmasdan (qaerdan kelgani, kim tomondan va qanday tayyorlanganligini surishtirmasdan) “Bismillahirrohmanirrohiym” deb, emak eyish Alloh bilan hazillashishdir! Nima eyayotganimizni bilmasak, bunday vaziyatda hech bo'lmasa “Bismilloh” aytish o'rniga “ASTAG'FIRULLOH AL AZIM” deyish kerak. Chunki og'izga olingan har luqma juda ham muhim.

“Tibb ilmi” desalar, bas, siz darrov aldanasiz. Tibb ilmi faqat Islomda, Payg'ambarimiz (S.A.V)ning sunnati va Allohning kitobida bordir”.
(Oydin Solih)

Oydin Solih: Sog'lik nima? Sog'lik – halol emak, haloldan Allohni zikr qilmoqdir. Hujayralarimiz Allohni zikr etarkan a'zolarimiz sog' bo'ladi. Agar zikr buzilsa a'zolar kasallanadi. Bu qadar oddiy. Sog'liqning muhim qonunlari bu. Kasalliklar borasida tortishishni yaxshi ko'rmayman.  Chunki bu juda oddiy bir hol. Hazratimiz Muhammad (S.A.V) aytadilar: “Barcha kasalliklarning sababi ko'p eyishdir. Barcha kasalliklarning chorasi OChLIKDIR.” Ammo bu hadisni faqat och qolgan insongina tushuna oladi.

“Faqat kasalliklarning emas, barcha dardlarning chorasi OChLIKDIR”.
(Oydin Solih)

Oydin Solih: Siz har qanday kasallikni ayting, men sizga uning Allohning rahmati ekanligini tushuntirib beraman. Kasallik bitta, Allohning qonunlariga rioya qilmaslikdir.  Ularni unutish va e'tibor bermaslik – kasallikdir.

“Hujayralarning zikrini himoya qilish uchun Alloh immunitet tizimini yaratdi. Immunitet tizimi faqat shu himoya uchun ishlaydi. Hujayralarda zikr qilmoq va hujayralarning zikrini himoya qilmoq. Salomatlik budir”. zikrini himoya qilmoq. Salomatlik budir”.
(Oydin Solih)

Oydin Solih: Kasalliklar hazm qilishning buzilishi natijasida xosil bo'ladi. Hazm qilishning buzilishidan metobolik chiqindilar chiqadi, bu metobolik chiqindilar tomirlarni siqib, to'qimalarda birlashadi. Chiqindilar a'zolarda yig'ilib, ularni xastalikka olib keladi. Ya'ni chiqindilar yumshoq to'qimada yig'ilganda to'qima revmatizmi xosil bo'ladi, buyrakda to'plansa buyrak, jigarda to'plansa jigar kasalligi kelib chiqadi. Bir kun yonimga Onkologik pondelit tashhisi qo'yilgan bir xasta keldi. Menga shifoxonadan qochib kelganini aytdi. Har 6 oyda 1 marta shifoxonada muolaja olishini, ammo o'zida hech bir o'zgarish bo'lmaganini va oxiri shifokorining metodaraksat muolajasini tayinlaganini aytdi. Bu qanday dori ekanligini so'rasam, “og'riqni yo'qotuvchi dori” dedi. Doktor bu muolajani qo'llanishini va shifoxonadan chiqishini aytibdi. Ammo bu dorining ba'zi yomon ta'sirlari bor, bulardan bittasi “Losimiya” kasalligi edi. Kasal, “doktor, agar men Losimiya kasalligiga uchrasam nima qilamiz”, deb so'rabdi. Doktor, “Agar bu kasalga uchrasang buni ham davolaymiz”, debdi. Shunday qilib, onkologik pondelit davolangach, navbat “Losimiya” kasalligiga keldi. Bu bema'nilik-ku? Yana bir kasalning buyraklarida yuqori darajada dioksin borligini aniqladim. Dioksin juda ham zaharli va toksik bir moddadir. Albatta buyrakda dioksin topilsa u kasalda buyrak etishmovchiligi bo'ladi. Va buyrak etishmovchiligiga uchragan kasallar juda ko'p terlaydilar. Shunday bir kasaldan “terlaysizmi” deb so'raganimda “xa, shu darajada terlardimki, xatto kechalari ikki marta choyshab almashtirishga majbur bo'lardim”, dedi. “Keyin nima bo'ldi” deb so'raganimda. “Doktorga murojaat qildim, u menga bir dori yozib berdi va terlashim to'xtadi”, dedi. Men “shundan so'ng hech terlamadingizmi, sizda sadaf yoki ekzema paydo bo'lmadimi?”, deb so'radim. U, “terlamadim, ammo sadaf kasalligiga uchradim, va kortizon yordamida tuzaldim”, dedi.

Aslida, buyrak kasalligiga uchragan odamlarda metobolik chiqindilar terlash yo'li bilan tashqariga chiqadi. Agar terlashni to'xtatsangiz immunitet tizimi boshqa yo'l izlashni boshlaydi. Kasalimizda terlash yo'li to'xtatilgach, metabolik chiqindilar to'qimalarda yig'ila boshlagan va sadaf kasalligiga sabab bo'lgan. U yo'l ham yopilgandan so'ng metabolik chiqindilar bo'g'inlarda yig'ilgan va onkologik pondelit yuzaga kelgan. Bizning muolaja shaklimiz esa juda sodda, oddiy va bepuldir.

Taqdim etuvchi: Oydin Solih Turkiyada viloyatma viloyat kezib, har xil shaharlarda seminarlar uyushtirib, boshqa mamlakatlarda ham konferentsiyalar berdi. Xastalik va salomatlikning asosiy sabablarini bir mo''mina farosati bilan tadqiq qilib, xalqqa taqdim etdi.

Oydin Solih: Agarda sog'lik-sihhat yaxshi bo'lsa, koinotdan kelgan so'ngsiz bilgi oqimi ichidan malaklardan kelganini ayirib, uni tanlay oladigan kuchga erishishimiz mumkin. E'tiqodli bir insonning, o'z sog'lig'i bilan bog'liq masalalarda loqayd bo'lishga haqqi yo'q. Inongan inson sog'ligi uchun hatto yoga bilan ham shug'ullanmaydi, chunki bu sizni buddizmga olib boradi. Albatta yoganing bir necha harakatlarini qilib, sog'ligimiz uchun qo'llana olamiz. Ammo butun bir sistema sifatida qo'llanib bo'lmaydi. Chunki har sistemaning teran moxiyatga ega belgilari bor. Masalan, bir kishining ko'ylagida bir ramz bor. U kimsaning buning nima ekanligidan xabari yo'q. Ammo Koinot bundan xabardor. Bu kimsa ko'ylagidagi ushbu ramz bilan o'zining kimligini, kimga bog'liq ekanligini, butun koinotga e'lon qiladi. Avtomatik ravishda bu ramzning sohibiga bog'lanadi. Hayotimizda muhim bo'lmagan hech bir narsa yo'q. Har bir narsa g'oyat jiddiy va muhimdir.

“Dunyo bir imtihon maydonidir va imtihonda qoidalar bordir. Yo'lni ana shu ilohiy qoidalar bilan izlash kerak. Alloh haddan oshganlarni, qoidani buzganlarni sevmaydi”.
(Oydin Solih)

Taqdim etuvchi: Oydin Solih bilan Muhammad Solihning Umida va Temur ismli ikki farzandi va 6 nabirasi bor. Oydin Solih farzandlarini, talabalarini va nabiralarini sevib tilga olardi. Kasallarini sevmagan shifokorning foydasi bo'lmasligini aytardi. Nabiralariga va kichik bolalarga ko'p tanbeh bermas, yig'lashlariga e'tibor bermasdi, ortiqcha erkalamasdi, ularga kattalar kabi muomala qilardi. Oydin Solih Yo'qotilgan shifoning izini bolaligidanoq nabiralariga, atrofidagi bolalarga sevdirib, kichik yoshdagilarning shu yoshidanoq aql bilan fikrlashiga sababchi bo'ldi. Oydin Solihning hayoti kabi o'limi ham muhim dars bo'lmoqda. Payg'ambarimiz Muhammad (S.A.V.)ning “o'limimni sevaman” hadisi shariflarining co'zlar ekan, o'limni sog'inch bilan kutgan qullardan bo'lganini har mahalda ko'rsatdi.

“Yaxshilik va yomonlik ajralgan zamon barcha pardalar tushadi. Pardalar tushgach haqiqat ko'rinadi, hamma narsa ochiq-oydin o'rtaga chiqadi, u onda ishonishga majbur bo'lamiz. Ammo imtihon bu nuqtada tugaydi. Parda tushdi, imtihon yo'q…”.
(Oydin Solih)

Oydin Solih: Doktor sizga, “dori ichmasang o'lasan” deydi. Siz ham ishonasiz bunga! Siz kimsiz bu holda? Sizning o'limingiz shu kasallikka bog'liqmi? Yoki shu harom doriga bog'liqmi? Shuuringiz yo'q! Chunki harom eysiz! Qanday harom eyayotganingizni keyin tushuntiraman sizlarga… Yana doktor dermish: “Senda “D” vitamini etishmaydi, echinib quyoshda yot!”. Quyoshda yalang'och holda yotish… na adabsizlik bu! Ammo insonlar buni qilishyapti, musulmonlar qilishmoqda, asosan ayollar… So'ng aytishadi, “Salomat bo'lish uchun undan-bundan eyish kerak, besh mahal! Uch mahal asosiy ovqatlanish va 2-3 mahal qo'shimcha emak! Yana 6 litr suv ichish kerak emish!” Biroz avval 3 edi . . . so'ngra 4 ga chiqdi, so'ngra 5 ga, endi esa 6 ga chiqdi! Menga shunday deyishadi bechoralar: “Mening doktorim menga aytdi-ki…”. Xo'p, sening Payg'ambaring yo'qmi? U senga nima dedi? “Oz eb, oz ich”, dedi. Ammo Payg'ambarga ortiq hech kim ishonmaydi. Doktorga ishonadilar. “Men doktorga taslim bo'ldim, boshqa choram yo'q edi”, deyishadi: Eh sen bechora! Qarang nimalar deyishyapti? “Doktorga taslim bo'lgan emish va boshqa chorasi yo'qmish”. Alloh, Payg'ambar sen uchun endi chora emasmi? Bu erda rukiyalar aytishyapti, oyatlar o'qiyaptilar, bular ortiq siz uchun chora emasmi? Va ba'zilar shunday deydi, “Rak bo'ldim. Ximiya terapiyaga majbur qoldim”. Ha majbur qoldim, boshqa chora yo'q! QANDAY BOShQA ChORA YO'Q? O'LIM ORTIQ ChORA EMASMI? Qarang! O'lim naqadar go'zal chora! Muhammad (s.a.v) aytadilar: “O'limimni sevaman, yaqin birodarimning o'limini ham sevaman” Chora emasmi? Bechoralar! Islomni unutdingiz, yahudiy kabi bo'ldingiz! Ulardan so'rayman, “Musulmonmisiz?”, “Alhamdulillah”, “Allohga ishonasizmi?”, “So'ngsiz..”, deyishadi. “So'ngsiz” dedimi, u yolg'onchidir! So'ngsiz ham bo'ladimi? Va shu oxir zamonda!

Taqdim etuvchi: Kelini Hojar Solih Oydin onasining ortidan shularni so'zlaydi: “Oydin onamning o'limiga yaqindan shohid bo'ldim va shu xulosaga keldimki, har o'lim aslida bir tug'ilishdir. Bir onaning tug'ishga hozirlangani kabi, Oydin onam o'limga tayyorlandi. Qanchalik o'xshashlik bor tug'ilish va o'lim orasida! Chaqaloq ona qornidagi davrini tamomlab, bu dunyoga kelgani kabi, inson o'lar ekan u dunyoga tug'iladi. Oxiratning borligiga naqadar buyuk dalil bu! Bu tug'ilish og'riqli bir jarayondir. Taslimiyat kerak bo'ladi. Oydin onamning o'limidan avvalgi og'riqlari ham tug'ilish og'riqlari kabi edi. U tepadan tirnoqqacha taslim bo'ldi va rasman boshqa dunyoga tug'ildi! Oydin onam lisoni-holi bilan o'limning naqadar tabiiy jarayon ekanligini o'rgatdi bizga. Insonlarning o'lmaslik uchun har yo'lga bosh urishlariga hayrat bilan qarar edi. U qochmadi o'limdan. Aksincha, doim o'limga tayyorgarlik ko'rdi. O'limni qabul qilgan edi, hatto uni sevar edi. O'limini qanchalik ko'p kutgan edi u!. Bu holning etuk bir iymon maqomi ekanligidan aminman.” (Hojar Solih)

Oydin Solih: Alloh janobi Haq, o'n sakkiz ming olamni yaratdi, ruhi bilan to'ldirdi va har borliqqa bir vazifa berdi. Va bu borliqlar uzun va majburiy vazifada. Va yoki biz bunday deyishimiz mumkin: davomli va majburiy zikrda. Inson mustasno… Inson istasa Allohni zikr qiladi, istamasa yo'q. Lekin insonning vujudidagi milliardlab hujayralar majburiy va davomli zikrdadir. Masalan, o'pka hujayralari “Hay”-“Hu” (Alloxning ismlari) zikri bilan mashg'ul. Bu zikr to'xtasa o'pka o'ladi… Inson dunyoga “Hay” zikri bilan keladi, “Hu” zikri bilan ketadi. Butun umr : “Hay”-“Hu”.

Taqdim etuvchi: Haq bilan qovushishining ortidan, juda oz suv bilan yuvilishini, tobutini sirka bilan artilishini, ichiga gul suvi sepilishini, kafanining ichiga cho'rak o'ti qo'yilishini, yuvilgandan so'ngra bir necha bor xushbo'y tutatqi (isiriq) tutatilishini va hech kimning yig'lamasligini vasiyat etdi. Bugun ham uning yuzidagi nur, boqishlaridagi oydinlik dars kabi o'qitilishda davom etmoqda.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort