O’zbekiston Xalq Harakati

Jonimga tashna raqiblar

Jonimga tashna raqiblar
13 Nisan 2017 - 8:00 'da yuklandi va 1599 marta o'qildi.

Bek Murod

Yillar azobi
To'qsoninchi yillar she'riyati 

Kel, zulfingni sirtmoq etib…

Kel, zulfingni sirtmoq etib, qurboning shay, hozirdadur,
Dilrabo nozikligingdan, ne kerak may, hozirdadur,
Karashmang tig', kiprik xanjar, bo'g'zimda nay, hozirdadur,
Qonimni qilsang daryolar, Sir, Amu, Nil hozirdadur,
Jonimga tashna raqiblar, qaqragan gil hozirdadur.

Qatlimga guvoh istasang, chorla, karbalo dashtini,
Jannatni va'da bersalar, ichma, raqiblar oshini,
Olma, oyoqlar ostiga mendan bo'lakning loshini,
Mayxonada may sunmasdan, surgil, g'oliblik gashtini,
Gazak qilsang, no'shlaringga chaynalgan til hozirdadur.

Ka'ba tavobidan oldin, rozidoningni qil, tavob,
Xalq behudaga jon chekar, Ka'ba turib oldida tob,
Balkim, g'ofillaringga yor, joiz ermasdirkim savob,
Chalg'ir shayxulislom gohi, manglayida turib mehrob,
Cho'qintirgin, ishqingda mast adashgan qul hozirdadur.

Boshdan oyog'ingga boqsam, o'lgan joyimda, jon inib,
Iso masih tushar ko'kdan, yurak, bag'rida qon unib,
Ruhimda yasharar olam, baxtiyorlikdan ko'z tinib,
Jabr sitamlaringdan yana, shoxlarimga humo qo'nib,
Istagingni bilursanmi, izlagan gul hozirdadur.

Olam kutubxonasini nechun izlarsan, ey malak?
Zebunnisolarni gardish ayladimi, charxi falak?
Nozaninlarning xattida, yozilmishdir bor haqiqat,
Allohga husning zakotin berurmisan, shul tariqat?
Sochsang, ishqning donlarin, sarxush bulbul hozirdadur.

* * *

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort