O’zbekiston Xalq Harakati

Xatar

Xatar
18 Nisan 2017 - 8:00 'da yuklandi va 1697 marta o'qildi.

Bek Murod

Yillar azobi
To'qsoninchi yillar she'riyati 

Xatar

Boshingda charx ursa, idroking agar,
Diyonat qalbingda otgan bo'lsa, nish,
Ichganing og'udir, eganing zahar,
Ko'ngil bog'laringdan chekinmaydi, qish.

Pichoqsiz, so'yadi, qurbonin zamon,
Rostlikni yozg'irar, tuzum har soat.
Qassobxona bo'lar, jannatdek makon,
Hech qachon yo'lamas, joningga rohat.

Turmushingda agar bo'lmasa, mantiq,
Mashg'uloting bo'lsa, emoq va ichmoq.
Dunyoyingdan o'zga dunyo yo'q ortiq,
Ikki olamda yo'q, diyor, yuksakroq.

Yolg'onga hamisha, tutunasan do'st,
Hamsoyang bo'ladi soxtalik, viqor.
Lekiyin, ilondek tashlamagin, po'st,
Yotog'ing bir kovak, umring to'rt devor.

Turnalar, ustingdan uchmas hech qachon,
Burgutlar, sha'ningga kuylamas qo'shiq.
Mehrobing bo'ladi, makkora davron,
Xudolar izlaysan, ko'zlaring bog'liq.

Tanangga o'ylasang, o'tirib, obdon,
Har ikki holda ham, bu yo'lda xatar.
Biroq birisida, unar jovidon,
Birisida, fitna ulg'ayar, kadar.

Qay biri sharafsiz, qay biri porloq,
O'zligin izlagan topadi, beshak.
Befahm o'ziga qo'yadi, tuzoq,
Bisyor yuk ko'zlagan bo'ladi eshak.

Osoniga ko'chsang, toshing kelar kam,
Ko'p kelsa, mezonni buzadi misqol.
Poydevorim, bo'lsin, desang mustahkam,
Omadni tosh dema, o'zingni shoshqol.

* * *

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort