O’zbekiston Xalq Harakati

Malohat Eshonqulova: Mirziyoevni ham prezidentlik mansabidan mosuvo qilishadi…mi?

Malohat Eshonqulova:  Mirziyoevni ham prezidentlik mansabidan mosuvo qilishadi…mi?
29 Nisan 2017 - 5:00 'da yuklandi va 3380 marta o'qildi.

“Prezident televidenie faoliyatini tanqid qilgan va tizimni o'zgartirish kerakligini ta'kidlagan.

30 mart kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev belgilangan vazifalar ijrosi, tizimdagi muammolar va sohalarning rivojlanish istiqbollariga bag'ishlangan videoselektorda prezident televidenie faoliyatiga to'xtaldi, deb xabar beradi uz24.uz. Prezident televidenie faoliyatini tanqid qilgan va tizimni o'zgartirish kerakligini ta'kidlagan. Xabarga ko'ra, bu sohada ahvol “eski hammom, eski tos” bo'lib qolayotgani aytilgan hamda “O'zbekiston” va “Yoshlar” telekanali nomlari tilga olib o'tilgan. “Ura-urachilik zamoni o'tdi. Televizorda tanqidiy va tahliliy materiallar berish kerak. Odam ko'rsatuvlarni sog'inib kutishi kerak. “Axborot” ko'rsatuvini o'zgartirishimiz kerak”, degan Prezident» deya xabar beradi (http://sputniknews-uz.com/society/20170331/5099069.html) mahalliy internet nashrlaridan biri.

Muhtaram Mirziyoev!

O'zMTRK, xususan, “Yoshlar” teleradiokanali xususida siz aytgan bu haqiqatlarni bundan sal kam 7 yil oldin, 2009-20010 yillarda, hali O'zMTRK tizimida ishlab turib, o'z rahbarlarimizga qarshi biz aytgan edik: “Yoshlar” telekanali jurnalistlari Eshonqulova Malohat va Amonova Saodat deb atalmish xodimlar allaqachonlar aytib qo'yishgan edi siz bugun aytayotgan haqiqatlarni.

Oqibati nima bo'ldi?

Ishdan haydalib ketdik!

Ming bir bahona-yu vajlar bilan ketimizga tepishdi, ishdan quvishdi.

O'sha-o'sha ishsizmiz.

Demoqchi bo'lganim, O'zMTRK davlat ichidagi o'ziga xos kriminal bir davlat. Uning o'z shohi, o'z sultoni, o'zining yozilmagan qonun-qoidalari bor. Kimki, O'zMTRKning yozilmagan qonunlariga bo'ysunmasa, TVda ildiz otib yotgan iqtisodiy jinoyatchilikni, haybarakallachilikni tanqid qilsa, xuddi bizning kabi eski paypoq kabi itqitib yuboriladi.

O'zMTRKda haq-huquq talashib, ishidan mosuvo bo'lgan taqdirdoshlarimiz soni bir talay….

O'zMTRKni tanqid qilib bo'lmaydi.

O'zMTRKni mushugini “pisht” degan kimsa quviladi, yanchiladi, oyoq-osti etiladi.

Muhtaram Prezident!

2017 yilning 30 mart kungi videoselektorda O'zMTRK tizimini, xususan, “Yoshlar” telekanalini tanqid ostiga olganingizda, TVdagi echimini kutayotgan muammolar, haybarakallachiliklar xususida to'xtalganingizda, to'g'risi, Sizning ham taqdiringizdan xavotir oldim: “O'zMTRKga qarshi borib, ishqilib biz kabi “uchib” ketmasa bo'ldi edi” degan hadik o'tdi ko'nglimdan.

O'zMTRKga qarshi ketib bo'lmaydi, janob Prezident!

Mana, biz O'zMTRKdagi qonunsizliklarga qarshi bosh ko'tarib qay ahvolga tushdik?

7 yildirki ishsizmiz, 7 yildirki ishga tiklash yo'lida kurashdamiz, quvg'inu bosimda, kuzatuvdamiz.

Bu shunday kurashki, keti ko'rinmaydi.

O'zMTRK bilan kurashish jarayonidagi ko'rguliklardan keyin kimda kim Markaziy televedenieni tanqid ostiga olgudek bo'lsa, “Taqdiri nima bo'larkin bu sho'rlikni?” deya yuragim zirqiraydigan bo'lib qolgan, rosti.

Bizni shunday qaytmas qilib quvishganki, tiklab bo'lmaydi.

Nega?

Bor yo'g'i 3 soatgina o'z ish joyimzida bo'lmaganimiz uchun!

O'zi, aslida, televedenieda “Belgilangan ish soati” degan gapning o'zi bo'lmaydi. Bo'lmasligi ham kerak!

Hecham!

“Belgilangan ish soati” degan o'yinni O'zMTRKga rais etib tayinlangan (hozirda sobiq) matematik Alisher Xadjaev o'ylab topgan!

Televedenie shunaqa dargohki, unda belgilangan ish soati ketmaydi.

Televedenieda istaymizmi, yo'qmi, “nenormirovannyy rabochiy grafik” hukumron.

Telejurnalitsga “Ertalab soat 9.00 da ishda bo'lasan, kech soat 18.00 da ish soati tugaydi” deya matematik Alisher Xadjaevdan boshqa hech kim buyruq bera olmaydi.

Ijodkor odam, jurnalist kishi harholda buningdek betayin gapni aytmaydi.

Nega?

Negaki, soat tonggi 4.00 da g'alaba bilan qaytayotgan yosh musiqachilarni kutib olish uchun tasvirchilar guruhi bilan aeroportga chiqasiz. Buning uchun telejurnalitsga hech kim qo'shimcha ish haqi bermaydi.

Telejurnalist ko'rsatuv tayyorlash maqsadida viloyatma-viloyat safralarda yuradi: goho haftalab, tunu-kun. Ba'zida tongi shafaqni tasvriga olish uchun quyosh ko'tarilish paytida kamerani ob'ektga to'g'rilashga to'g'ri keladi…. Gohida tungi soat 24.00 da ham cho'ponning chodirida suhbat qurishga majbur bo'lasan…. Xizmat safralarida “Ish soatim 9.00 dan to …” deya soat millari 18.00 ni ko'ratishi bilan “lash lushingni” yig'ishtirib yotib olmaysan, ololmaysan.

Shunday kunlar bo'ladiki, yarim tunda oltin medal bilan qaytayotgan sportchilarimizni, bokschilarni aeroportga qo'nishini tasvirga tushirishingga, interv'yu olishingga to'g'ri kelib qoladi….

Hukumat miqiyosidagi mehmonlarni kutib olishlar…. Tadbirlarni yoritishlar….

Xudoning bergan kuni tasvirga olib kelganlaringni montaj qilish uchun tungi soat 24.00 ga qadar, gohida to tongga qadar monitor oynasiga termulib o'tirishga majbur bo'lasan.

Eng yomoni, buning uchun hech kim telejurnalistga “konpensassiya” beray demaydi! Eng qizig'i, jurnalitsning o'zi ham buni so'ramaydi! Negaki, u jurnalist. Uning ishi shu. Jurnalistning hayoti shu! “Cho'ponning tayog'i, jurnalitsni oyog'i boqadi” deganlaridek, jurnalist sho'rlik kunu tun yurishi, matireal to'plashi, yugurishi, elishi, hatto tunlari ham aqliy mehnat qilishi zarur. Aniqrog'i shunga majbur. Hisobchi va yo shifokor, deylik, bog'cha opa belgilangan ish soatidan keyin oilasi davrasida betashvish o'tirishi mumknidir. Ammo ijodkor emas, jurnalist emas! U hatto ishdan keyin ham, tun bo'yi ko'rsatuvining kerak bo'lsa har bir so'zi ustida o'ylab chiqishi darkor!

Xo'sh, ana endi aytingchi, mana shuningdek holatda qay bir kallavaram telejurnalistni “Sen uch soat o'z ish o'rningda bo'lmading” deb quvib solishi mumkin Alisher Jo'raqulovichdan o'zga? XayrullaXONdan Nuriddinovdan boshqa?!

Muhtaram Shavkat Miromonovich!

O'zMTRKdagilarga “gaping qiyshiq” deb baloga qolganlardan biri bizmiz: etti yildirki sargardonmiz.

Masalan, meni o'z sevimli ishimga tiklashga shaxsan sizning, kimsan O'zbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoevning ham qurbi etmadi.

Vaholanki men 2016 yilning 19 oktyabr' kuni virtual qabulxonaga “Mirziyoev, sizga ishonib, ishsiz qoldim” (http://www.dunyouzbeklari.com/?p=151524) deya murojaat qilgandim.

Sizdan yorug'lik kutgandim.

Ming afsuski, virtual qabulxonaga aytgan ohlarimga O'zMTRK rais o'rinbosari A. Shodmonovdan “O'z ish joyingizda bo'lmganligingiz sababli asosli ishdan bo'shatilgansiz” degan mazmunda javob xati oldim.

“Yiqilgan kurashga to'ymaydi” deyishadi.

“Xalq g'amidan o'zga g'amim yo'q” deya shahd qilayotgan yangi prezidentdan birdaniga hafsalani pir qilsak, uvol. Negaki, eng oxiri UMID o'ladi deyishadi.

Umidni uzgan emasman.

2017 yilning 6, 26 fevral' kunlari “Muhtaram prezident, sizga saovlim bor” (http://www.dunyouzbeklari.com/?p=160525) deya takror-takror zorlandim….

“Rezultat” yana boz-boyagidek: O'zMTRK rais o'rinbosari A. Shodmonovdan “Hukm qat'iy! Shikoyatga o'rin yo'q” degan mazmnudagi javob xati bo'ldi:

Muhtaram Shavkat Mirmonovich!

Gohida “Ana uning orqasiga oftob tegdi”, “Mana buning peshonasi yarqiradi”, “Senga ham quvonchli kun kelib qolar” deguvchi tasalli so'zlardan charchadim. Kutishdan ham.

Tabiatan men dangalchiman.

Rostanam, nega savollarimga aniq-tiniq javob bermaysiz?: nega katta-katta jinoyatga qo'l urganlarning ishini o'ngladingizu, biznikini o'nglashga yuzlanmaysiz?

Nega?

Jurnalist bo'lganimiz uchunmi?

Haqiqatni aytganimiz uchunmi?

Haqiqatni aytgan jurnalistni mamlakatga, hayotingizga xatar deb bilasizmi?

Hurmtali Shavkat Miromonovich!

Nega “Xalq bilan muloqot yili” deysizu, yuzma-yuz muloqotga chiqmaysiz.

Nega “Meni qabul qiling” degan murojaatlarimning javobi sukut bo'lmoqda?

Hurmtali Prezident!

Iltimos, meni qabul qiling.

Samimiyat bilan

Eshonqulova Malohat
29 aprel', 2017 yil

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar