O’zbekiston Xalq Harakati

Din va odat

Din va odat
30 Nisan 2017 - 10:00 'da yuklandi va 3384 marta o'qildi.

Mahmudxo'ja BEHBUDIY

MAQOLALAR
(69)

DIN VA ODAT

Bani odamni hama firqa va toifasi ushbu olam va barcha odam va hayvonlarni xoliqi borligig'a iqror, ammo sone'i olam[1] ilmi, xudoshunoslik, ya'ni e'tiqod to'g'risinda har toifa va har millat va mazhab ahlini e'tiqodi boshqadur. Ilm va hidoyat topgan firqalar Olloh taoloni bemisl va besherik va bir biladurki, shunday firqani muvahhad* ataydurlar. Olloh taoloni bir bilmay, adad tayin qilaturgonlarni mushrik* yoinki majus ataladur.

Muvahhad va mushrik firqalarini har biri yana bir necha din va har bir din bir necha mazhabg'a bo'linib ketgandur. Hatto, har bir din va mazhablarg'a bir necha odat, rasmlar qo'shilub, agarchi, haqiqatda muxolif mazhablari bo'lsa ham, odat bo'lgan uchun ayni mazhab sanalib, amal qilinadur.

Muvahhad, ya'ni Xudoni bir bilguvchilardan birinchi: hazrati Muhammad alayhissalomni payg'ambar va rasuli Xudo va xotami nabiyyun, deb imon keltirub, chin inongan firqadurki, ahli islom – musulmon muhammadiy atalarmiz.

Hozir dunyog'a uch yuz milyo'ndan ziyoda musulmon bormizki, ushbu adadni uchdan biri musulmon hukmronlari qo'l ostig'a va boshqasi nasoro va majuslar qo'l ostig'a va bu xon va amirlardan aksari beilm va ba'zisi nasoro davlatlarini himoyatig'adur.

Ikkinchi qavm hazrati Iso alayhissalomga: bular muvahhad va kitobiydurlar, «isaviy», «nasoro», «xristian», «ahli salib» ataladurlar. Holo, dunyomizg'a bularni adadi to'rt yuz milyo'ncha taxmin qilinadur. Er yuzini aksari bu firqani tasarruf va tasallutig'a* va holo dunyomizni mutasarrif ozhirisi va g'olibi shulardur. Nasorolardan boshqa kuchlik va dunyo to'g'risig'a taraqqiy qilgon va ilmlik xalq yo'qdur.

Uchinchi — hazrati Muso alayhissalomni qavmidurki, «yahudiy», «musaviy», «ibriy» ataladurlar. Bular har muvahhad va kitobiy va ammo xeyle ozayganki, hozirg'a adadi o'n milyo'nchadur. Bu xalq oz-oz har bir mamlakat va hukumatg'a bor va tobe' va o'zlaridin hukmronlari yo'qdur.

«Mushrik va butparast», ya'ni majuslar, kitobsizlar dunyog'a hama ahli kitob va muvahhaddan ko'bdur. Adadlari sakkiz yuz milyo'ncha taxmin qilinganki, bu dahi «brahma», «majus» qismlarig'a atalib, nav'-nav' firqalarg'a bo'linub, mazhablari ko'payadur. Bular otash, oy, kun, yulduz, hayvonot, ma'daniyot, nabototdan yasalgan suvrati sanamlarg'a parastish* qiladurlarki, barchasini «majus», «abdi asnom»*, «butparast» atalib, kitobiylarg'a munosabati yo'qdur.

Yuqoridagi uch firqa kitobiylar bir-birig'a yaqin shar'an va munosabatlikdurlar. Yana «dahriy» degan toifa oz-oz borki, ibodat qilmaydur. Ahli islom Ovrupo qit'asini janubi-sharqiy ila shimoli-sharqiy taraflarig'a, Osiyoni o'rta va janubiy taraflari va jaziralarig'a, sharqiy va g'arbiy jihatig'a, Afriqoni shimoliy va o'rta jihatlarig'a sokin* va muntashardurlar*. Amriqo va Avstraliyo qit'alarig'a ham musulmonlardan bor. Ammo Amriqog'a kam va Avstraliyog'a ko'bdur.

Xristianlar Ovruponi hama joyig'a va boshqa qit'alarni ba'zi joylarig'a muntashardurlar. Majuslarni aksari Osiyoni sharqig'a, Afriqoni janubig'a sokin va dunyoni aksar joylarig'a majuslar bordur. Dunyog'a uch mingdan ziyoda lison — til va bir mingdan ziyoda din, mazhab borki, har biri o'zlarini haq va boshqani botil* biladur. Aqllik hakim va alloma odamlarni tahqiq va iqrorig'a qaraganda, dunyog'a dini islomdan boshqa aql va hikmatg'a muvofiq va mustaidi tamaddun* bir din yo'qdur. Oni uchun har mazhabdagi bu zamon allomalarini ba'zisi musulmon bo'ladurlarki, sharofati ilmdur…

(Davomi bor)

*
Muvahhad – bir xudolik
Mushrik – ko'p xudolik
Tasallut – hukmronlik qilish
Parastish – e'tioqd, ixlos
Abdi asnom – sanamlar quli
Sokin – istiqomat qilmoq
Muntashar – yoyilgan
Botil – behuda, buzuq
Mustaidi tamaddun – madaniyatga tayyor

[1] Olamning yaratilishi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort