O’zbekiston Xalq Harakati

O'lchak — miqyos, mablag' — pul

O'lchak — miqyos, mablag' — pul
03 Mayıs 2017 - 9:00 'da yuklandi va 3437 marta o'qildi.

Mahmudxo'ja BEHBUDIY

MAQOLALAR
(70)

O'LChAK — MIQYoS, MABLAG' — PUL

Keyingi zamonlarg'a fransuz donishmandlari o'lchov — gaz to'g'risig'a bir qoida vaz' qilgandurki, go'yo barcha olam ahli o'shal o'lchovni iste'mol qilmakg'a majburdur.

«Kurrai arz»[1], «doirai nisf an-nahoriy»[2] ni go'yo o'lchab, ilmi hisob ila mazkur doirani to'rtdan bir masohatini bilib «rub'i doira»[3]ni o'n milyo'ndan birini otini bir «metru» atabdurlarki, doirai nisf an-nahorni qirq milyo'ndan birini masohasini to'li e'tibor qilinib, «metru» atabdurlar.

Yana bir metru o'n detsimetr, yuz santimetr, ming millimetrg'a taqsim topiladur. Bir «metru» Rusiya hisobig'a 22,5 versho'k bo'ladur. Ming metru bir «kilometru», o'n ming kilometru bir miryometru ataladur. Bizni Rusiyani «vyorst» — chaqirimi besh yuz sajin, har sajin uch arshin yo etti fut, yoinki ikki metru ham 13 9/20 santimetrg'a hisob topiladur. Bir arshin o'n olti versho'k, yo 28 dyuym, 3/20 yoinki 71 santimetrg'a barobardur.

Shul miqyos bo'yincha bizni bir vyorst bir kilometru ham 66 4/0 metrug'a barobar bo'ladur. Va biznn bir murabba' chaqirim 25 ming murabba' sajindurki, bir murabba' kilometru ham 13160 murabba' metruga barobardur. Bir sajin murabba' 9 arshin murabba' yo 49 fut murabba', yo 4 metru murabba' ham 55 detsimstra murabba' ham 25 1/2 santimetra murabba'dur.

Bir desatin 2400 sajin murabba' yo 21600 arshin murabba', yo 10924 metru murabba', 40 detsimetru murabba'dur.

Shariatg'a gaz urfi mo''tabar, ammo har mamlakatni urfi gazi bir-birig'a to'g'ri kelmaydur.

Chunonchi: Samarqand gazi 18 versho'kdan 20 g'acha, Farg'ona va Toshkand gazi 16 versho'kdan 20 g'acha va er yuzidagi har mamlakatni gazi bir-biridan farqlikdur. Bu gazlar hozir faqat havuz va erlarni odamlar orasig'a o'lchanmoqig'a iste'mol bo'ladur…

(Davomi bor)

[1]   Er kurrasi.
[2]   Meridian.
[3]   Kvadrant.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort