O’zbekiston Xalq Harakati

“Bu qanday ishdur, shu to'g'rimi?”

“Bu qanday ishdur, shu to'g'rimi?”
05 Mayıs 2017 - 9:00 'da yuklandi va 1586 marta o'qildi.

Alixonto'ra Sog'uniy

TARIXI MUHAMMADIY — 162
(davomi)

BANI SA'LABA QABILASINING ELChILARI

Bani Sa'laba qabilasi ersa, Rasulullohni ko'rmay turib o'z erlarida iymon keltirgan kishilar edi. Raislardan to'rt kishini elchi qilib Rasulullohga yubordilar.

Madinaga kelgach, to'g'ri masjidga kirishib, Rasululloh bilan ko'rishdilar. Shu chog'da Hazrati Bilol qaysi bir namozga takbir tushirmoqchi bo'lib turgan edi.

Anda ular:

— Yo Rasulalloh, biz ersak siz bilan ko'rishmay turib butun qabilamiz bilan hammamiz iymon keltirdik, ular o'z tomonlaridan bizni elchi qilib yubordilar. Hijrat qilmagan kishilar o'z yurtida iymon keltirganlari bilan Xudo oldida qabul bo'lmagay, degan so'zni siz aytgansiz deydilar. Bu qanday ishdur, shul to'g'rimi? — deb so'radilar.

Rasululloh:

— Islom yo'lida bo'lsanglar, unga to'sqinlik yo'q ersa, qaysi joyda tursanglar ham uning ziyoni yo'qdur,— dedilar.

Shu bilan bir necha kun turishib, Islom asoslarini o'rganishgandan keyin, o'z erlariga qaytmoqchi bo'lishdi. Bularning har biriga besh uqiya kumush hadya berib, qaytmoqqa ruxsat qildilar.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar