O’zbekiston Xalq Harakati

Evropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari Eduards Stiprays Toshkentning valyuta siyosatini tanqid qildi

Evropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari Eduards Stiprays Toshkentning valyuta siyosatini tanqid qildi
05 Mayıs 2017 - 9:44 'da yuklandi va 2237 marta o'qildi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, Evropa Ittifoqining O'zbekistondagi delegatsiyasi rahbari Eduards Stiprays 4 may kuni o'tkazilgan matbuot anjumanida Toshkentning valyuta siyosatini tanqid qilgan.

Stiprays “O'zbekistondagi mavjud valyuta siyosati ko'p hollarda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga to'sqinlik qiladi. Bu hech kimga sir emas. Ayni damda, bu O'zbekiston hukumati tomonidan hal etilayotgan muhim masalalardan biridir”, deb aytgan.

Stipraysning aytishicha, O'zbekistonda valyuta tizimiga nisbatan “bozor vositalarining joriy etilishi” xorij sarmoyadorlari uchun kuchli ishora bo'lishi mumkin.

Elchining so'zlariga ko'ra, “Investitsiyalar foyda ko'rishning imkoni yo'q bo'lgan erga emas, biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan muhit tomon oshiqadi”.

 O'XH xabarlar bo'limi
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar