O’zbekiston Xalq Harakati

Markaziy Osië uchun qay biri ma'qul: Prezidentmi ëki parlament?

Markaziy Osië uchun qay biri ma'qul: Prezidentmi ëki parlament?
11 Mayıs 2017 - 6:00 'da yuklandi va 1055 marta o'qildi.

Qirg'izistonda keyingi besh yil ichida ikkita prezident bedodligiga nuqta qo'ygan ikki inqilob¸ mamlakat muvaqqat hukumatini baloning ildizi boshqaruv shaklida¸ degan asosda prezidentlik tizimiga barham berish fikriga olib keldi.

21 may kuni Qirg'iziston muvaqqat hukumati 27 iyun kuni umumxalq referendumiga qo'yiladigan mamlakat yangi konstitutsiyasi loyihasini e'lon qildi.Davlat boshqaruvi tizginini Prezidentdan Bosh vazirga berishni ko'zda tutadigan mazkur loyihaga ko'ra¸ mamlakatda ko'proq ramziy vakolatga ega bo'lgan prezidentlik tizimi saqlanib qoladi va bir shaxs faqt bir marotaba 6 yil muddatga prezidentlikka saylanishi mumkin bo'ladi. Ayni paytda konstitutsiya loyihasi prezidentga mutlaq daxlsizlik maqomi berilmasligi¸ uning hokimiyatdalik paytida ham o'z vakolatlarini suiiste'mol qilganlik va boshqa jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilishini ham ko'zda tutadi.

Asosan nohukumat guruhlari vakillaridan iborat 75 kishilik Konstitutsiyaviy qo'mita tomonidan ishlab chiqilgan Qirg'iziston yangi konstitutsiyasi Bosh vazir¸ ayni paytda parlament vakolatlarini kuchaytirishga qaratilgan.

Qirg'izistonda keyingi ikki oy ichida yuzaga chiqqan siësiy jaraënlar¸ xususan mamlakatda boshqaruv tizimining isloh qilinishi turtkisida Markaziy Osiëning taniqli siësiy dissidentlari mintaqa davlatlari uchun boshqaruvning prezidentlik ëxud parlament tizimidan qay birining mos kelishi haqida bahs etdilar.

Ozodlikning qozoq bo'limi tomonidan uyushtirilgan davra suhbatida Turkmaniston Helsinki jamg'armasi rahbari Tojigul Begmedova¸ Qirg'iziston Joqorg'u Keneshi – parlamenti raisining sobiq o'rinbosari Kubat Baybolov¸ O'zbekiston Erk demokratik partiyasi rahbari Muhammad Solih va Qozog'iston Oliy kengashining sobiq raisi Serikbolsin Abdildinlar ishtirok etdi.

Davra suhbati ishtirokchilariga berilgan birinchi savol:

– Markaziy Osië davlatlarida hukm suraëtgan prezidentlik boshqaruv shakli o'zini oqladimi? Keyingi besh yil ichida ikkita inqilobni boshdan kechirgan Qirg'iziston tajribasi boshqaruvning prezidentlik uslubi o'z-o'zini tamoman obro'sizlantirdi¸ deyishga asos beradimi?

Kubat Baybolov:

– Agar keyingi 17 yil ichida Qirg'izistonda hokimiyatn ikki marta qonli tarzda ag'darilgan bo'lsa¸ bu jaraën ommaviy tartibsizliklar¸ beqarorlik bilan kechga bo'lsa¸ demak bu mamlakatda boshqaruvning prezidentlik uslubi o'zini oqlamadi¸ deyish uchun asoslar bor. Gap shundaki¸ boshqaruvning prezidentlik shakli bu bir tartib¸ parlamentar shakli boshqa bir tartib. Qirg'izistonda aynan ana shu ikkala tizim qorishtirilgani uchun mojarolar kelib chiqmoqda. Menimcha¸ ëvuzlik ildizi ham parlament¸ ham prezident o'zicha legitim bo'lgan vaziyatga borib taqaladi.

Tojigul Begmedova:

– Agar fuqarolar manfaat va haqlari inobatga olinadigan bo'lsa¸ Turkmaniston misolida¸ prezidentlik boshqaruvi o'zini oqlamadi. Turkmanlarda eskidan qolgan “Har bir turkman o'zini xon biladi” degan naql bor. Hokimiyat tepasiga kelgan istalgan turkman¸ “er sharini men ko'tarib turibman”¸ degan xomxaëlga beriladi. Buning ustiga¸ prezidentni ulug'lash¸ uning shaxsiga sig'inish jaraënini yaratish orqali o'z manfaatlarini ko'zlaydigan prezident atrofidagi hamtovoqlar bor. Butun ëvuzlik ildizi aynan ana shu kult yaratishga borib taqaladi.

Qirg'izistondagi voqealar prezidentlik tizimi qulaganini ochiq ko'rsatdi. Menimcha¸ birinchi bosqichda prezident-parlament tizimini saqlagan holda¸ boshqaruvning uzil-kesil parlamentar shakliga o'tish kerak.

Muhammad Solih:

– Bu erda prezidentlik ëki parlamentar sistema emas¸ bu sistemada ishlaëtgan odamlar hozirgi bo'laëtgan voqealarga asosiy sababchi.

Albatta¸ bizning qirg'iz birodarlarimiz¸ qirg'iz siësatchilarining parlamentar boshqaruvga bo'lgan ehtirosini men tushunaman. Chunki ular¸ aytish mumkinki¸ bitta emas¸ ikkita revolyutsiyani boshdan kechirdi va bu revolyutsiyalarning hech biri xalqni bitta odamning diktaturasidan qutqara olmadi. Shuning uchun ham hozirgi boshi berk ko'chadan chiqish yo'lini ular parlamentar boshqaruvda ko'rayapti.

Lekin boshqaruvning o'zigina bu muammoni echishi mahol gap. Masalan Italiyada¸ Turkiyada¸ Yunonistonda¸ Olmoniyada va boshqa Ovro'po mamlakatlarida parlamentar davlat sistemasi ishlab turibdi. Qirg'izistondan farqli o'laroq¸ ularning iqtisodi juda kuchli iqtisodlar qatoriga kiradi va ular o'zini o'zi boshqara oladigan¸ nazorat qila oladigan iqtisodga ega. Shunga qaramay bu davlatlarning ba'zi birlari bugun parlamentar sistemaning etarli darajada unumdor ishlaëtganiga shubha bildirmoqdalar va hatto bu davlatlardan ba'zi birlari bu sistemani prezidentlik boshqaruviga almashtirishni o'ylashayapti.

Masalan¸ Turkiyada mana shu haqda ikki-uch yildan beri ham matbuotda¸ ham majlislarda jiddiy munoqashalar ketayapti. Shuning uchun “Bu sistemaning qaysi biri yaxshi?” degan masala bu munozarali masala. Turkiyadagi parlamentar sistemaga qarshi bo'lganlarning “Parlamentar sistemada davlatning bitta emas¸ bir nechta boshi bor va o'sha boshning har biridan har xil gap chiqadi. Oqibatda bitta qarorni qabul qilish uchun juda uzoq vaqt ketadi” degan iddaolari bor.

Qirg'izistonliklarning “Faqat parlamentar sistema biz uchun uyg'un. Chunki bu erda butun siësatchilar va boshga kelgan prezidentlar darrov diktator bo'ladi” degan gapi bugungi konyukturaga to'g'ri kelishi mumkin. Lekin umuman siësiy sistema haqida gapirganda buning to'g'ri bo'lmasligi ko'rinib turibdi. Buni praktikada ham hali ko'rish mumkin.

Serikbolsin Abdildin:

– Boshqaruv shakli bir gap¸ uning mohiyati boshqa gap. Bu narsa davlatni kim boshqaraëtganiga bog'liq.

Markaziy Osiëda biz hokimiyatning yakka shaxslar tomonidan uzurpatsiya qilinishiga guvoh bo'lib turibmiz. Gapning indallosini aytsak¸ Qirg'izistonni istisno qilganda¸ mintaqa rahbarlari hokimiyatga “ilinib” turibdi.

Qirg'izistonda boshlangan islohotlar¸ bu erda prezident boshqaruvining o'z-o'zini tugatganining yaqqol ifodasidir. Men davlat boshqaruv tizimiga boshqacha shakl berishni ko'zda tutuvchi yangi konstitutsiya taklif qilaëtgan siësatchilarga qo'shilaman.

Har qalay¸ parlamentga umuman ishonmaslik uncha mantiqli emas. Parlament boshqaruvidagi aksar davlatlar¸ hatto monarxiya davlatlaridan ko'ra o'zlarini yaxshiroq ko'rsatmoqdalar. Bu tizim nihoyatda katta ma'suliyatni o'z zimmasiga oladi va ko'p hollarda o'ziga topshirilgan vazifalarni 100 foiz bo'lmasada¸ bajaradi. Shu bois¸ davlat ishlarini faqat bitta prezident hal etishi lozim¸ deyish noto'g'ri¸ deb o'ylayman.

Ozodlik: Ikkinchi savolga o'tsak. Qirg'iziston tajribasi mintaqaning boshqa davlatlari uchun ham dolzarbmi? Sizningcha¸ Markaziy Osië davlatlari uchun davlat boshqaruvining qaysi tizimi mos keladi?


Tojigul Begmedova:

– Menimcha¸ Qirg'iziston tajribasi hammamiz uchun dolzarb. Bevosita turkmanlarga kelsak¸ barchami fuqaroviy faollik nima ekanini qaytadan o'rganishimiz¸ o'zaro bahs san'atini egallashimiz¸ o'z fikrini himoyalash mahoratini olishimiz lozim. O'tmishda bizda ham xalq bilan maslahat qilish tajribasi bo'lgan¸ ammo sovetlar davrida biz bu maktabdan mosuvo qoldik.

Men rivojlanishning hozirgi bosqichida turkman xalqi uchun boshqaruvning parlamentar tizimi mosroq¸ deb bilaman. Zotan bu tizim fuqaroviy faollik¸ birinchi galda esa parlamentchilarning o'zidan faollikni talab qiladi. Ular erkin mikrofonga erishish uchun ommaviy axborot vositalarining erkin bo'lishini talab qila boshlaydilar¸ ayni paytda yangi mustaqil partiyalarning ro'yxatdan o'tishini¸ fuqaroviy jamiyatning shakllanishini so'rashga majbur bo'ladilar.

Muhammad Solih:

– Chiqish yo'li borasida mening ikkita taklifim bor edi. Men konstitutsiyaga ikkita modda kiritishni taklif qilardim.

Birinchisi¸ impichment tizimini ta'sis qilish kerak. Bilmadim¸ Qirg'iziston konstitutsiyasida impichment haqida modda bormi ëki yo'qmi. Agar bo'lsa¸ bu moddani kuchaytirish¸ yanayam salohiyatli bir moddaga aylantirish kerak. O'sha modda orqali haqiqatan ham prezidentning zo'ravonlikka bosh urishiga to'siq bo'lish darajasida kuchaytirish kerak. Agar yo'q bo'lsa¸ bu moddani kiritish kerak. Bu modda prezidentning faoliyatini shaffof bir shaklda kontrol qilishi mumkin bo'lgan darajada effektiv modda bo'lishi kerak.

Ikkinchidan¸ menimcha faqat Qirg'iziston emas¸ umuman O'rta Osiëdagi davlatlarning konstitutsiyalariga bitta radikal paragraf kiritishni taklif qilgan bo'lardim. Sizga ma'lum 1776 yilda AQSh konstitutsiyasining ilk variantida¸ u paytda 13 ta shtat edi shekilli¸ 13 shtat tarafidan qabul qilingan mustaqillik deklaratsiyasida bitta modda bor edi. Bu moddada¸ taxminan¸ shunaqa deyilgan edi. Men hozir taxminan tarjima qilishga harakat qilaman. Chunki qo'limda tekst yo'q. Bu erda taxminan shunday deyiladi:

“O'tmishning tajribasi shuni ko'rsatadiki¸ insonlar davlat tarafidan qilingan zulmga¸ buzuqliklarga ma'lum bir nuqtagacha¸ ma'lum bir muddat ichida sabr qilib turishi mumkin. Ammo bu zulmlar¸ suiiste'mollar juda haddan oshganida¸ chidab bo'lmas darajaga etganida bu zulmning oldini olish uchun xalq¸ millatda bu hukumatga qarshi isën ko'tarish huquqi bo'lishi kerak”.

“Isën huquqi”. Aynan shunday deyilgan modda. Bu modda bugun bo'lganda edi¸ hozir Qirg'iziston hukumati his qilib turgan g'ayrimashru'lik bu qadar kuchli bo'lmagan¸ ular o'zlarini legitim his qilgan bo'lar edilar. Har qanday xalq zulm haddan oshib ketgan paytda unga qarshi isën ko'tarishga haqli bo'lishi kerak. Isën qilish huquqi¸ degan moddani bizning bugungi konstitutsiyalarga kiritsa¸ mana shunday tarixiy bosqichda biz uchun mana shunday modda juda zarur deb o'ylayman. Impichment instituti va isën qilish huquqi haqidagi modda konstitutsiyaga kiritilsa¸ bu tarixiy bosqich bizning xalqlar¸ bizning jumhuriyatlar uchun ma'lum ma'noda chiqish yo'li bo'lar edi. Ma'lum ma'noda hozir ustimizda kechaëtgan zulmdan biroz ihota qilish uchun ërdamchi bo'lar edi deb o'ylayman.


Kubat Baybolov :

– Bu dunëda universal narsaning o'zi yo'q va Qirg'iziston tajribasining mintaqadagi boshqa respublikalarga to'g'ri kelishiga ham ko'zim etmaydi. Zotan¸ buning to'qimasi ancha murakkab.

Bizning konstitutsiyamiz xalqqa isën qilish huquqini bermaydi¸ bu erda gap xalqning erkinlikni sevishi haqida ketmoqda. Ayni paytda¸ Qirg'iziston tarixida sirtdan bo'lsa ham boshqalar qo'llashi mumkin narsalar bor. Medalning ikkinchi tarafi ham bor. Gap shundaki¸ xalqqa jabr-zulm keltirgan faktlardan qochib qutulishning iloji yo'q. Boshqaruv shaklini tanlash masalasi bu fundamental emas¸ balki printsipialdir va bu haqda tinimsiz bahs qilish mumkin.

Serikbolsin Abdildin:

– Davlat boshqaruvining qay shakli bo'lmasin¸ demokratik davlatchilikning asosiy unsurlaridan biri parlament timsolida kuchli namoyandalik hokimiyatining bo'lishidir. Qozog'istonda 1994 yildan beri prezidentlik boshqaruv tizimi hukm surib kelmoqda. Bugun Qozog'istonda hamma ëqning tinch va barqaror ekani haqida tinimsiz gapirishmoqda. Bu esa cho'pchakdan boshqa narsa emas. Bugun barqarorlik hatto¸ Oq o'rdaning o'zida ham yo'q – hamma narsa diktatura¸ despotizm va bir odam rejimiga ilinib turibdi.

Agar bugun kimdir diktatura umrini uzaytirmoqchi bo'lsa¸ marhamat¸ prezident boshqaruvi uchun ovoz bersin. Men bir odam rejimida na erkinlik¸ na barqarorlik bo'ladi¸ degan ishonchdaman. Men hamisha kuchli parlamentar tizim va vakolati cheklangan prezident tarafdori bo'lganman¸ hozir ham shunday.

http://www.ozodlik.org/content/article/2049114.html
21.05.2010

(139)
Muhammad Solihning 2013 yilda Istanbulda chop etilgan “Turkiston shuuri” kitobidan. (444-449-sahifalar.)

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar