O’zbekiston Xalq Harakati

O'sh voqealari ortida kim turibdi?

O'sh voqealari ortida kim turibdi?
12 Mayıs 2017 - 6:00 'da yuklandi va 1084 marta o'qildi.

(Muhammad Solih “Qurultoy” dasturida) 

“Qurultoy” ishtirokchilari bu savolga bakievchilar¸ degan javobni bergan bo'lsa-da¸ ular -qirg'iz o'rtasida milliy nizo chiqishidan manfaatdor kuchlar ko'pligini ham ta'kidladilar va hozirgi vaziyatda ko'p narsa Qozog'iston va O'zbekistonga bog'liq¸ degan fikrni ilgari surdilar.

Qurultoyning navbatdan tashqari dasturimizda Bishkekdan muxbirimiz Elmurod¸ Germaniyadan mustaqil jurnalist Anvar Usmonov¸ Frantsiyadan tahlilchi Kamoliddin Rabbimov va o'zbek muxolifati liderlaridan biri Muhammad Solih ishtirok etadi.

Toshkent vaqti bilan 12 iyun soat 22.00 gacha bo'lgan ma'lumotga ko'ra¸ O'shda o'ldirilganlar soni 75 nafarga etgan¸ mingdan oshiq odam turli jarohatlar bilan kasalxonalarga keltirilgan. Vaqtli hukumat rahbari Roza O'tunbaeva O'shdagi voqealarni o'zbek va qirg'iz millatiga oid qirg'iz fuqarolari o'rtasiga oid nizo deb tan oldi. Bundan oldin vaqtli hukumat vakili Azimbek Beknazarov ham aytgan edi.

Bizga kelaëtgan ma'lumotlarga ko'ra 10 iyundan 11 iyunga o'tar kechasi O'sh shahrida boshlangan qonli to'qnashuvlarda o'ldirilganlarning aksariyati o'zbeklardir. Muhokamaga o'tishdan avval O'sh tartibsizliklarining guvohlariga quloq bersak.

– Hozirgi vaziyatda o't qo'yib yuborgan. Butun “Cheremushki” hozir ënyapti. O'rta hisobda 30-40 foiz uy ënyapti. O'chirishning hech iloji yo'q. O't o'chiruvchilar yo'q. Lekin bular u ëqqa ketib baribir talonchilik va ubiystvo bilan shug'ullanishmoqda. Ular nima uchun shunday qilishdi biz ularga napadenie qilmasak? Bundan keyin ularga ….

Ozodlik: Kim ular?

– Qirg'iz millatlari. Atrofimizdagi qirg'iz millatlari bir. Ikkinchidan¸ boshqa erlardan mashinada ërdamga kelishdi. Oldida avtomatchiklar. Agar avtomatchiklar bo'lmasa¸ biz o'zimiz to'xtatsak bo'lardi. Lekin avtomatchiklar borligi uchun ularni to'xtatishning iloji yo'q edi. Birinchi qatordagilar bizning ësh bolalarni otib tashladi. Hozir juda ham ko'p talofat. Mana ënimizda bitta kelinni ham o'ldirib chiqib ketishdi. Uydagi mashina¸ bor narsalarning hammasini talonchilik qilib olib ketishdi.

– Soat 9 larda to'rtta o'zbek ëshlari bilan to'rtta qirg'iz ëshlari urushib ketgan. Shu bahona milliy janjal kelib chiqib hozirgi mahalgacha davom etyapti. Shaharda o'zbeklarga tegishli bo'lgan mulklarga o't qo'yildi.

Eng so'nggi tafsilotlarni hozir Bishkekdagi studiyada o'tirib kuzataëtgan Elmuroddan eshitsak. Elmurod¸ qirg'iz hukumati nuqtai nazarini ham aytib o'tsangiz.

Agar o'zbeklar tomonidan qirg'izlarga biror-bir zulm o'tkazilgan bo'lsa¸ biz qirg'izlarni himoya qilib chiqishga tayërmiz. Agar qirg'izlar o'zbeklarga nisbatan zulm qilsa¸ o'zbeklarni himoya qilish bizning tabiiy vazifamizdir. Ikkita birodar xalq bir-birini o'ldiraëtgan bo'lsa¸ buni to'xtatish uchun qo'limizdan kelgan ishni qilishimiz kerak va “Bu birovning ichki ishi” deb qarab turishning o'zi ham jinoyat aslida. .. Muhammad Solih

Elmurod: Qirg'iziston o'tish davri prezidenti Roza O'tunbaeva bugun Qirg'iziston milliy telekanali orqali qilgan chiqishida O'shda yuz bergan hodisalar maishiy millatchilik ko'rinishlari oqibatida sodir bo'ldi¸ degan bir fikrni aytdi. Ayni paytda Qirg'izistonda Adaxan Madumarov kabi ayrim siësatchilar O'sh voqealari aynan Toshkentda Shanhay hamkorlik tashkiloti yig'ilishi bo'lib o'tgan kunga to'g'ri kelishi to'g'risida ham qandaydir bir fikrlarini bildiradilar. Adaxan Madumarovlarning logikasidan kelib chiqadigan bo'lsak¸ atrofdagi qo'shni davlatlar Qirg'izistondagi demokratik o'zgarishlarni istamaëtir va milliy nizoni keltirib chiqarishda boshqa qo'shni davlatlarning ham roli bo'lishi mumkin va bundan maqsad Kollektiv xavfsizlik tashkiloti qo'shinlarini O'sh hududiga kiritgan holda Qirg'izistoya yangi hukumatiga bosim ko'rsatish orqali katta davlatlar o'zining siësiy kartasini o'ynamoqchi¸ deganday fikrlar ham bor.

Ozodlik: Elmurod¸ o'ldirilganlar kimlar? Bular o'zbeklarmi? To'g'ri qirg'iz fuqarolari qirg'iz fuqarolarini o'ldirmoqda. Ammo ularning pasportiga o'zbek¸ qirg'iz deb ëzilganku.

Elmurod: Bu to'g'rida ochiq aytish kerakki, Qirg'iziston Sog'liqni saqlash vazirligi ham¸ Qirg'izistondagi boshqa rasmiylar ham o'ldirilganlarning asosiy qismi qaysi millatga mansubligi haqida aniq bir ma'lumot berishmaëtir. Bizga kelaëtgan ko'plab telefon qo'ng'iroqlari¸ internet orqali ëzishyapti¸ shu soatgacha 30-40 dan ortiq telefon qo'ng'iroqlari bo'ldi. Ularda aytilishicha¸ o'ldirilaëtganlarning ko'pchiligi o'zbeklar bo'lib chiqyapti.

Shu o'rinda bir narsani ham eslab o'tish joizki¸ internetdagi sharhlarimizga kirib qarasangiz¸ ba'zi birovlardan “Qirg'iz armiyasining bir qismi qirg'iz millatchilari tarafiga o'tib ketdi va ular branotransportërlari bilan kelib o'zbeklarni otishyapti¸ uning orqasida turgan qirg'iz millatiga mansub odamlar esa branotransportërlarning orqasidan yurib bizni kaltaklayapti¸ uylarimizga o't qo'yayapti” deganday sharhlar ham kelgan. Biz bu axborotning qanchalik haq ëki nohaqligi borasida juda ko'p surishtiruvlar olib bordik. Hozircha tasdiqlanmagan¸ ammo ishonchli manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra bu provokatorlar bo'lishi mumkin.

Ozodlik: Albatta¸ bu ma'lumotlar tekshirilishga muhtoj. Har holda vaqtli hukumat vakili Azimbek Beknazarov “Bu hodisa millatlararo xarakterga ega” deb aytdi va o'zbek-qirg'iz millati orasida bo'lganini ta'kidladi. Muhammad Solihdan bu voqealarga munosabatini so'rasak.

Muhammad Solih: Bu juda ëmon va biz hech istamagan narsa. Esingizda bo'lsa¸ 1990 yilda shunday fitna bo'lib¸ u erda juda ko'p insonlarimiz qirilib ketgan edi va ikki xalqning o'rtasida shunga yarasha kin va nafrat paydo bo'lgan edi. Oradan 20 yil o'tgan bo'lsa ham biz o'sha yarani to'la bitib ketdi¸ deya olmaymiz. Bu yarani yangidan qashib¸ uni ochishga harakat qilaëtgan guruhlar ikki xalqning oldida katta bir jinoyatga qo'l urdi. Hozircha boshqa bir narsani ayta olmayman. Chunki hozirgi vaziyatda ko'p narsa noaniq.

Ozodlik: Bu voqealarning ortida kim turibdi deb o'ylaysiz?

Muhammad Solih: Menimcha¸ birinchidan muvaqqat hukumatning birinchi xatosi shu bo'ldiki¸ u erda muvaqqat hukumat e'lon qilingandan keyin siësiy bo'shliq paydo bo'ldi va bu bo'shliq haligacha to'ldirilgani yo'q. Ya'ni bir boshqaruv¸ bir idora bo'shlig'i paydo bo'ldi. Bu bo'shliqni tez to'ldirishi kerak bo'lgan hukumat buni to'ldira olmadi. Biz buni muvaqqat hukumat qurilgan paytda ham aytdik. Bundan foydalanadigan guruhlar ko'p. Ayniqsa eski prezident Bakievning odamlari bu bo'shliqdan foydalanib¸ “Bu muvaqqat hukumat mamlakatni boshqara olmayapti. Mana biz ketib o'lkada istiqrorsizlik boshlandi” degan iddaosini haqli chiqarish uchun har xil provokatsiyaga¸ har xil fitnaga bosh urishlarini biz kutgan edik. Afsuski¸ shunday bo'lyapti shekilli. Albatta¸ hali bu voqealarning zamirida nima borligi o'rtaga chiqqani yo'q¸ lekin taxminimiz shundayki¸ hozirgi muvaqqat hukumatning ojizligini ko'rsatish uchun qilinaëtgan siësiy fitna¸ deb o'ylayapman men.

Ozodlik: Kamoliddin¸ sizning fikrlaringiz qanday bu masalaga?

Afsuski¸ Qirg'iziston muvaqqat hukumatiga Roza O'tunbaeva o'zi aytganiday¸ qandaydir millatchilik g'oyalari bilan singgan¸ millatchilik g'oyalari bilan tarbiyalangan odamlar ham qo'shilib qoldi. Maishiy millatchilik asosida janjallar bo'lganda militsiya xodimlari kelgan¸ ularni qamoqqa olgan¸ jinoiy javobgarlikka tortilishini aytgan. Lekin 10 ta odam kelib “Qo'yib yubor” deb miting o'tkazsa¸ qo'yib yuboravergan. Oxir-oqibat vaziyat mana shunga keldi. Bunda muvaqqat hukumat o'zining aybini ham qandaydir his qilishi kerak…

Kamoliddin Rabbimov: Qirg'izistondagi muxbiringiz aytgan narsalar bu juda ham dahshatli. Agar mana shunday ommaviy to'qnashuv bo'laëtgan bo'lsa¸ bu bir tomondan qirg'iz davlatchiligining ayanchli ahvolda ekanligini ko'rsatadi.

Ikkinchidan¸ Markaziy Osiëdagi demokratik islohotlarga katta zarba berilishini namoën qilishi mumkin. Chunki Qirg'iziston parlament respublikasiga o'tmoqchi bo'layapti. Eng asosiy muammolardan bittasi hozir Markaziy Osië taqdiri haqida gap ketyapti. Ya'ni Markaziy Osiëning ikkita asosiy davlati o'zini haddan tashqari mas'uliyatli tutishi kerak. Bu Qozog'iston va O'zbekiston. Agar ikkalasi Qirg'iziston masalasi yuzasida kelisha olsa¸ bu imkon qadar mintaqadan tashqari bo'lgan kuchlarni bu erga kiritmaslikka harakat qilish kerak.

Ozodlik: Kamoliddin¸ bu masalalarga keyinroq to'xtalsak. Hozir Muhammad Solih mana shu tartibsizliklar ortida Bakiev kuchlari turibdi degan bir fikrni aytdi. Bu gapda asos bormi?

Kamoliddin Rabbimov: Men bu fikrga to'liq qo'shilaman. Lekin mening nazarimda bu erda bir qancha omillar bor. Bir tomondan¸ mana biz Youtube.com saytida ko'rdikki¸ qaysidir bir qudratli kuchlar Bakievlar xonadonining telefon suhbatlarini internetga qo'ydi. U erdagi gaplar haqiqatan dahshatli. Bakievning o'g'li “Respublikani doimiy ravishda favqulodda holatda ushlab turish kerak. Muvaqqat hukumat oxiri charchab ketishi kerak” degan bir loyihani oldinga surgan edi.

Ikkinchi tomondan¸ Qirg'iziston parlamentar respublika boshqaruviga o'tyapti. Lekin liberal bo'lgan¸ o'zini demokrat deb tanitgan Qirg'iziston siësatchilari ham kelajakdagi parlamentar boshqaruvda etnik ifodalangan siësiy kuchlarni ko'rishni xohlamayapti. Qirg'izistonning kamida 15-20 foiz aholisi o'zbeklar. Bu rasmiy ma'lumotlara qaraganda. Demak¸ 5 millionga yaqin aholining 1 milliondan ziëdi o'zbek. Hattoki liberal kuchlar ham¸ muvaqqat hukumat ham o'zbeklarning siësiy ifodalanishidan haddan tashqari qo'rqayapti.

Ozodlik: Endi Bishkekdagi studiyaga bog'lansak. Muhamamd Solih “Bu voqealarning ortida Bakiev tarafdorlari turibdi” degan taxminni aytdi. Bu taxmin vaqtli hukumat tarafidan ham yangrashni boshladimi?

Elmurod: Albatta¸ bunday taxminlar ham bor. Bunday taxminlar muvaqqat hukumatning deyarli barcha a'zolari tomonidan yangrayapti. Ayni paytda shuni ham aytib o'tish kerakki¸ bu erda xalqning Bakievni ëqtirgan¸ uni qo'llagan qismi ham bor. Muvaqqat hukumat hamma aybni Bakievga to'nkar ekan¸ albatta¸ bakievchilar tarafdorlarining jig'iga tegishi¸ ularni ham qandaydir yo'llarga¸ harakatlarga boshlashi turgan gap. Ayni paytda¸ muvaqat hukumat o'zining aybini ham bo'yniga olishi lozim. Afsuski¸ Qirg'iziston muvaqqat hukumatiga Roza O'tunbaeva o'zi aytganiday qandaydir millatchilik g'oyalari bilan singgan¸ millatchilik g'oyalari bilan tarbiyalangan odamlar ham qo'shilib qoldi. Buni Roza O'tunbaeva ochiq aytdi. Maishiy millatchilik asosida janjallar bo'lganda militsiya xodimlari kelgan¸ ularni qamoqqa olgan¸ jinoiy javobgarlikka tortilishini aytgan. Lekin 10 ta odam kelib “Qo'yib yubor” deb miting o'tkazsa¸ qo'yib yuboravergan. Oxir-oqibat vaziyat mana shunga keldi. Bunda muvaqqat hukumat o'zining aybini ham qandaydir his qilishi kerak.

Ozodlik: Bu haqda Muhammad Solih ham “idoraviy bo'shliq paydo bo'ldi” deb aytib o'tdi. Bu bo'shliqni jinoiy unsurlar to'ldirmoqda¸ degan fikr aytildi. Bu nizoning 10-15 kunlikdan ko'ra ko'proq¸ ya'ni 20 yillik tarixi bor. Mana shu tarixni yaxshi bilgan¸ 1990 yildagi O'sh¸ O'zgan voqealarini o'rgangan jurnalist Anvar Usmon hozir biz bilan aloqada. Anvar aka¸ sizning fikringiz. Oradan 20 yil o'tib bu muammoga yana duch kelyapmiz.

Anvar Usmonov: Juda ham dahshat bu. Men ham hozir televizorni ko'rib ancha ko'p narsani bilib oldim. Bilasizmi¸ 20 yil oldin xuddi shu stsenariy bilan O'sh fojiasi¸ 5 iyun kuni O'zgan fojiasi o'tgan. O'sha paytda Sovet armiyasi bor edi. Sovet armiyasi o'zbeklarni saqlagan. Ikki-uch kun o'tib men O'zganda bo'ldim. Men bir necha maqolalar ëzdim. Mana hozir bo'laëtgan voqea.

Ozodlik: Anvar aka¸ bugungi voqeaga qaytsak. Bu voqealarning orqasida kim turibdi deb o'ylaysiz?

Anvar Usmonov: O'sha paytda men aytgan edim. Mening fikrim shu. Genshtabda ishlaëtgan Achalov degan bitta general bor edi. Hozirgi Primakov bor. Bular Gorbachëvga qarshi kuchlar. Ular Gorbachëvga ko'rsatib “Markaziy Osiëdagi churkalar Kremlsiz yashay olmaydi. Bular faqat urushadi” deb juda katta toshni tashlaganda. Bu haqiqatan planlashtirilgan. Farg'ona¸ O'sh fojialariga qarasangiz¸ stsenariy bitta. Men qo'shilaman haqiqatan bakievchilar bor. Lekin narkomafiya deganni o'ylab ko'ringlar. Narkomafiya Qirg'izistonda juda ham kuchli. Ularning ildizlari Qozog'istonda bor¸ Moskvada bor¸ G'arbda ham bor. Shu mafiya o'z o'yinini boshlagan.

Ozodlik: Juma kuni Toshkentda Shanhay hamkorlik tashkilotining yig'ilishi boshlandi. Bu sammitda boshqa masalalar qatori O'sh voqealari masalasi ham ko'rildi. Bilishimizcha¸ O'zbekiston rahbari “O'shdagi voqealar Qirg'izistonning ichki ishi” deganga yaqin fikrni ifoda qilgan.

Muhammad Solih: Bunday deyishning o'zi bir shakkoklik. Chunki Qirg'izistonning janubi O'shda bir millionga yaqin aholi o'zini o'zbek deb biladi va o'zbek millatiga mansub insonlar. Biz albatta¸ Qirg'iziston bilan birodar mamlakatmiz. Qirg'izlar bizning birodarlarimiz¸ qarindoshlarimiz. Agar o'zbeklar tomonidan qirg'izlarga biror-bir zulm o'tkazilgan bo'lsa¸ biz qirg'izlarni himoya qilib chiqishga tayërmiz. Agar qirg'izlar o'zbeklarga nisbatan zulm qilsa¸ o'zbeklarni himoya qilish bizning tabiiy vazifamizdir. Ikkita birodar xalq bir-birini o'ldiraëtgan bo'lsa¸ buni to'xtatish uchun qo'limizdan kelgan ishni qilishimiz kerak va “Bu birovning ichki ishi” deb qarab turishning o'zi ham jinoyat aslida. Siësiy jihatdan davlat sifatida ularning ichki ishi bo'lishi mumkin¸ lekin insoniy va gumanitar nuqtai nazardan qaraganda har qanday vijdonli inson¸ har bir siësatchi bu fitnani to'xtatish uchun¸ bu fitnaning yanada chuqurlashib butun mintaqaga ëyilishining oldini olish uchun qo'lidan kelgan ishni qilishi kerak.

Elmurod: Hozircha eng so'nggi olingan ma'lumotlarga ko'ra¸ O'shdagi vaziyat keskin qolaëtgan to'rtta mavzelarga – Furqat¸ Cheremushki¸ O'sh rayoni va Zaynobiddinov mavzelariga harbiylarning asosiy kuchlari joylashtirilgan va O'shning har bitta ko'chasini ikkitadan BTR va suv purkab odamlarni tarqatadigan katta mashina nazorat qilyapti¸ degan gap bor. Lekin Furqat¸ Cheremushki¸ O'sh rayoni va Zaynobiddinov mavzelarida harbiylarning asosiy kuchlari joylashganiga qaramasdan bu erda vaziyat juda keskinligicha qolaëtgani haqida xabarlar bor. Mana Cheremushki rayonidagi viloyat tug'ruqxonasini ëndirib yuborishdi degan gap bor. U erdan otishmalar eshtilyapti¸ degan gaplar bor. Hozir tushunarsiz vaziyat.

Ozodlik: Anvar akaning so'zlariga ko'ra¸ o'sha paytda sovet askarlari o'zbeklarni saqlagan. Bugungi kunda nisbatan zaif bo'lgan Qirg'iziston hukumatining qurolli kuchlari o'zbeklarni¸ milliy ozchiliklarni¸ Qirg'iziston fuqarolarining tinchligini himoya qilishga kuchi etadimi?

Elmurod: Bu juda bahsli masala. Haqiqatan qirg'iz armiyasi juda zaif va men aytib o'tgan misollarimdan himoya qilishga tayër emasdek ko'rinadi. Ayni paytda qirg'iz armiyasi Jaloloboddagi vaziyatni bir necha kun ichida nazoratga olganini hisobga olishimiz kerak. Hozir mutlaqo tushunarsiz vaziyat. Harbiylar bor va ayni paytda harbiylarning asosiy kuchi joylashgan joyda asosiy tartibsizliklar sodir bo'lyapti.

Ozodlik: Kamoliddin¸ 10 iyundan 11 iyunga o'tar kechasi sodir bo'lgan voqealarning xulosasi nimadan iborat? Bu nimadan dalolat? Nima qilishimiz va nima qilmasligimiz kerak?

Kamoliddin Rabbimov: Menimcha¸ bu konflikt hali uzoq vaqt davom etadi. Bir milliondan ortiq o'zbeklar ertami kechmi baribir o'zining manfaatlarini ifodalovchi siësiy kuch tashkil qiladi va bunga ularning haq-huquqlari mavjud. Qirg'izistondagi mana shu konflikt siësiy kuchlarning etnik ifodalanishini kuchaytiradi xolos. Liberallar¸ konservatorlar degan emas qirg'izlar¸ o'zbeklar degan etnik guruhlanishni taqozo qiladi. Ayni paytda Qirg'izistondagi mana shu muammo etnik ifodalangan siësiy kuchlarning to'qnashuvini qo'zg'ayaptida. Shu nuqtai nazardan bu konflikt hali ancha vaqt davom etadi. Imkon qadar qo'shnilar Qirg'iziston davlatchiligiga rahna solmagan holda ayniqsa O'zbekiston va Qozog'iston konstruktiv Qirg'iziston muvaqqat hukumati bilan birgalikda ishtirok etishi juda ham lozim.

http://www.ozodlik.org/content/transcript/2069612.html

12.06.2010

(140)
Muhammad Solihning 2013 yilda Istanbulda chop etilgan “Turkiston shuuri” kitobidan. (449-456-sahifalar.)

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar