O’zbekiston Xalq Harakati

“Otaturkning oilasiga, nomusiga til tekkizganlarning barchasi valadizinodir”

“Otaturkning oilasiga, nomusiga til tekkizganlarning barchasi valadizinodir”
12 Mayıs 2017 - 19:02 'da yuklandi va 2161 marta o'qildi.

So'nggi kunlarda Turkiyaning Milliyatchi harakat partiyasi (MHP) tarkibidan “yo'q” deguvchilar tarafdori bo'lgani uchun chiqarib yuborilgan mustaqil deputat Ismoil O'q (İsmail Ok), Otaturkni haqorat qilganlarni keskin tanqid qilib, “Turkiya Respublikasi davlatining asoschisi, bosh qo'mondoni G'oziy Mustafo Kamol Otaturkning oilasi va nomusiga til tekkizganlar insofsiz, vijdonsiz, pastkash itlarning barchasi valadizinodirlar” degan. O'q, Turkiya Oliy Majlisi (Türkiye Büyük Millet Meclisi) raisiga ham ushbu gap tegishli bo'lgan shaxslar bilan bog'liq 5 ta savol berdi.

Baliqshahardan mustaqil deputat Ismoil O'q, Turkiya Oliy Majlisida tashkil etilgan matbuot majlisida dolzarb bayonnomalar berdi. Ismoil O'q, Otaturkni haqorat qilayotgan kishilarni qo'llab-quvvatlovchilari borligini, bularni fosh qilib qonun oldida javobgarlikka tortish kerakligini aytdi.

Ismoil O'q shunday dedi: “So'nggi kunlarda ba'zi aqli joyida bo'lmagan kishilar Otaturkning oilasiga, nomusiga til tekkizib, og'izlariga erk berib yuborgani kuzatildi. Ochiq va aniq bir tarzda aytamanki Turkiya Respublikasi davlatining asoschisi, bosh qo'mondoni G'oziy Mustafo Kamol Otaturkning oilasi va nomusiga til tekkizganlar insofsiz, vijdonsiz, pastkash itlarning barchasi valadizinodirlar. Bu razillar haqida gapirishning keragi ham yo'q. Bu insofsizlar jasoratni kim yoki kimlardan olmoqda? Butun masala bularni qo'llab-quvvatlagan odamlar va tashkilotlarni fosh qilib, qonun oldida javobgarlikka tortilishidir. Adolat va taraqqiyot partisi (AKP)dan bo'lganlar hokimiyatlar bu aqlsizlarga shubhali konferentsiyalar berdirish uchun navbatga turganlar”.

“Bu aqlsizlar nashr qiladigan gazetaga Turkiya Oliy Majlisi obuna bo'lganmi?”

Ismoil O'q, Otaturkni haqorat etgan kishiga aloqador bo'lgan Majlis raisi Ismoil Qahramon (İsmail Kahraman)dan shularni so'radi: “Turkiya Oliy Majlisi bu aqlsizlar chiqaradigan gazetaga obunami? Obuna bo'lsa, obunaligi bekor qilinganmi? Turkiya Oliy Majlisi bugunga qadar bu insofsiz chiqargan gazeta uchun qancha haq to'lagan? Bu aqlsiz FETÖ (Fathulloh terror tashkiloti)chi, bunga kitob va teledasturlari hujjatdir. 17-25 dekbrdan so'ng teleekranlarda FETÖ ga maqtovlar yog'dirgandan keyin ham hibsga olinmadi, uning orqasidagi kuch kim va prokurorlar necha harakatga kechmadilar? Yo'qsa Otaturkni haqorat qilish uchun FETÖ terror tashkilotiga a'zoligiga qo'z yumilmoqdami?”

Manba: sozcu

Turkiya turkchasidan o'zbekchalashtirildi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar