O’zbekiston Xalq Harakati

O'rxon Jamol: “Andijondan keyin Karimovdan nafratlandim”

O'rxon Jamol: “Andijondan keyin Karimovdan nafratlandim”
12 Mayıs 2017 - 19:07 'da yuklandi va 1717 marta o'qildi.

Bundan roppa-rosa 12 yil muqaddam, 2005 yilning 13 mayga o'tar kechasi bir guruh qurollilar Andijondagi qattiq qo'riqlanadigan qamoqxonaga hujum uyushtirib, yuzlab mahbuslarni ozod qilgandi.

Shundan keyin yuz bergan voqealar haqida qarashlar turlicha.

Guvohlar hukumat kuchlari tinch namoyishchilarni o'qqa tutgani va ayollar hamda bolalar doxil yuzlab begunoh odamlarni o'ldirganini aytishadi.

Hukumat esa Andijonda akromiylar diniy guruhiga mansub qurollilar hokimiyatni bosib olishga uringanini aytadi.

Hukumatga ko'ra, aksariyati terrorchilardan iborat 187 kishi halok bo'lgan.

Shohidlar va inson huquqlari faollari qurbonlar soni bundan ko'p ekanini aytishgan.

Marhum Prezident Islom Karimov voqealar yuzasidan mustaqil xalqaro tekshiruv o'tkazish chaqiriqlarini rad etgan.

Rossiyalik jurnalist O'rxon Jamol Andijon voqealarining guvohlaridan.

U oradan 12 yil o'tib, ushbu qonli voqealar bilan bog'liq ko'pgina savollarning ochiq qolayotganini aytadi.

Bi-bi-si O'rxon Jamol bilan avvalroq uning Istanbulga safari chog'ida suhbatlashgan.

Manba: Bi-bi-si O'zbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar