O’zbekiston Xalq Harakati

Sen tug'ilgan kun

Sen tug'ilgan kun
13 Mayıs 2017 - 8:00 'da yuklandi va 1144 marta o'qildi.

Islom Xolboy

Yillar azobi
To'qsoninchi yillar she'riyati 

Sen tug'ilgan kun

Sen tug'ilding, qor, yomg'irli,
Oy, yulduzsiz bir kecha.
Qor to'xtadi, yomg'ir tindi,
Oy mo'raladi, shunda.

Yo'rgak bahor quvondida,
Oyog'ingga bosh urdi.
Chuchmomolar chodir yirtib,
Husning nurini tuydi.

O'n oltingda farmoningga,
Barcha quldek muxtasar.
Sharaf bilib xizmatingda,
Oshiqlaring, sarda-sar.

O'n sakkizda bahor, qishni,
Gul husningga etding jam.
Kuydirguvchi nozlaringda,
To'rt fasldir, mujassam.

Bir imong bas, xizmatingda,
Shohu gado muntazir.
Sen go'zallik farishtasi,
Sen vafoda benazir.

Bugun yoshing o'n to'qqizda,
Tavsifga ojiz  qalam.
Yigirmangda qul bo'ladi,
O'n sakkiz ming bor olam.

* * *

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar