O’zbekiston Xalq Harakati

Nafratni tushunish

Nafratni tushunish
14 Mayıs 2017 - 8:00 'da yuklandi va 1028 marta o'qildi.

Islom Xolboy

XAYoL ETMAS MANZILLAR

Nafratni tushunish

Dahoga o'xshashni aslo istamam,
Qiyofa degani dunyoda kamyob.
Shoh, gadoga yuragimda yo'q alam,
Munofiqni ko'rsam, bo'laman xunob.

Ko'lankaga havas etmoqlik ne tong?
Havas unmas joyda alam ham unmas.
Soyalar urmasin har kun yuz ming dam,
Chaqin chaqmas jonlar, qiyofa emas.

Toshdan lola so'ramayman hech zamon,
Tilamayman ziqnalardan qishda qor.
Kuzaklarga bo'lashmayman xazonni,
To bor ekan, “baham ko'rmoq” dilda bor.

Qaniydi, kiprigim o'qdek otilsa,
Roziman kipriksiz qolishga hatto.
So'zni anglamaslar, yitsa, yiqilsa,
Zaminning yuragi urar bexato…

* * *

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar