O’zbekiston Xalq Harakati

“O'zbek san'ati Tojikistonni junbushga keltirdi”

“O'zbek san'ati Tojikistonni junbushga keltirdi”
14 Mayıs 2017 - 19:04 'da yuklandi va 1462 marta o'qildi.

Tojikistonda O'zbekiston madaniyat kunlarining o'tayotgani ikki mamlakat xalqlari o'rtasida an'anaviy do'stlik g'alabasi o'laroq talqin etilmoqda.

25 yillik tanaffusdan keyin asosan o'zbekistonlik san'atkorlar va madaniyat xodimlaridan iborat yirik delegatsiyaning Tojikistonga safari mahalliy matbuotda keng yoritilmoqda.

“Xalqlarimiz bir-birini sog'ingan edi”, deydi tojikistonlik xonanda Afzalshoh Shodiev.

“Bir necha yillardan beri afsuski hamkorligimiz va aloqalarimiz to'xtab qolgan edi. Mana qayta tiklamoqdamiz va bu ajoyib ish bo'ldi”.

Islom Karimov o'limidan keyin Prezident Shavkat Mirziyoev qudratga kelishi bilan ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalar yaxshilana boshladi.

Poytaxtlar o'rtasida havo parvozlari tiklandi.

Dushanbeda O'zbekistonning yirik iqtisodiy ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.

Endi umidlar ikki mamlakat chegaralarida ekilgan minalar ham tozalanishidan…

O'zbekiston madaniyati kunlari o'tgan barcha kontsert zallari tomoshabinlar bilan to'ldi.

Qo'shni mamlakat madaniyati bayram qilindi. Navbat Tojikistonniki ekani aytildi.

25 yil cho'zilgan ayriliq ortiq davom etmasligiga umidlar bildirildi.

Manba: Bi-bi-si O'zbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar