O’zbekiston Xalq Harakati

Imondan boshqa hamma narsa bor

Imondan boshqa hamma narsa bor
15 Mayıs 2017 - 9:14 'da yuklandi va 1197 marta o'qildi.

Bundan to'rt yil avval ish yuzasidan uch kishi yuk olib kelish uchun Qoraqolpog'iston tomon yo'lga chiqdik. Qorqalpoq yurtining To'rtko'l atalmish shahriga borib, u erdan Ellik qalalarni ko'rib, Bo'ston degan joyga borib joylashdik.

Gurunch olib kelish uchun borgandik. Bizga va'da qilingan yukni va'dalashgan insonimiz sotib yuborgani ma'lum bo'ldi. Ishimiz bitmay, quruq qaytmaylik deb, yuk yig'a boshladik. Bir xonadonga joylashildi. Xonadon ahli juda ham mehmondo'st va yaxshi odamlar edi.

Joylashib, yashashimiz asnosida ma'lum bo'ldiki u atrofda masjid yo'q ekan. Eng yaqin masjid qirq kilometr uzoqlikdagi masofada ekanini aytishdi. Shu uchun har namozga azon aytardik. Tabiiyki jamoat bo'lib namoz o'qishni boshladik. Xonadon ahli hayron. Ular bunday manzarani hech qachon ko'rmagan ekanlar. Xullas yashashni boshladik.

Odamlarda O'zbekchilik bor, ixlos bor lekin din yo'q edi. Sho'rodan qolgan an'ana! Sovetdan keyingi davrda dinni yoyish uchun harakat qilganlarni ta'qiqlashgandi. O'sha kichkina qishloqqa Sirdaryodan ikki yigit kelib masjid qurgan, ular o'sha erda ta'lim bera boshlagan.

Jamoat ortib turgan mahal… Eski manzara… bosishgan. “Ekstremist”, deb yigitlarni qamashgan. Masjid esa o'sha yopilgancha qolib ketgan. Agar kimdir menga: «kalimani bilmaydigan O'zbeklar bor» – desa, tabiiy ishonmasdim. Ammo o'z ko'zlarim bilan ko'rganman. Bir emas, butun boshlik qishloq ahli desam ham bo'laveradi. Yoshu qarisidan erinmay so'rab ko'rganman.

“Kalima”, desam tushunmayapti deb, “la ilaha illalloh”, desam ham ayta olmagan. Mana shu bizning zamonamiz. Mana shu bizning xalqimiz. Saxarlabdan to kech mahalgacha daladan beri kelmaydigan, sodda, mol qo'ydan boshqa narsani o'ylashga ham vaqti yo'q insonlar.

Azon aytganimiz qo'shnilarga eshitildimi, bilmayman… Ular chalpak va har turlik narsalar pishirib chiqib: «domlalar o'qib qo'ysin otam o'tgan, onam o'tgan» – deyishni boshlashdi. “Dovrug'imiz” tez tarqalib, uchastkavoy ham etib keldi. Obdon suhbat qildi. Har birimizni “ekstremist” emasligimizni tekshirdi. Uy egasi hurmatlik mehmonlar, degandan keyin qaytib ketdi.

Hech esimdan chiqmaydi. Ayvonda namoz o'qib turgandik, orqamizda qo'shni aka chiqib kuzatib turgan ekan. Namozni tugatganimizdan keyin tomdan tarasha tushgandek: «uka, sizlarni gunohlaring ko'pmi?”, dedi. Karaxt bo'lib qoldik. Bir zum gapira olmay: ha, gunohkor bandalarmiz, nafaqat biz, barcha insonlar gunohkor» – dedim. U inson esa: «bizda gunohi ko'plar namoz o'qiydi» dedi.

Uyda ertalab quron o'qib o'tirgan edim. Ovozimni chiqarib o'qib tursam, uy egasi kirib keldi. O'qishdan to'xtadim. “Uka, sizdan iltimos, quronni ovozingizni chiqarmay o'qing. Yana noto'g'ri tushunmang. Qo'shnilar eshitsa kimdir o'lipti, deb o'ylaydi. Shu uchun to'g'ri tushuning” – dedi. To'g'ri tushundim. Millatimni dinsiz qilganlarga la'nat o'qidim. Millatimni qadriyatlaridan, iymonidan, aqidasidan judo qilganlarni go'riga g'isht qaladim.

Safarimiz cho'zilib yigirma etti kun mehmon bo'ldim. Umrimni yigirma etti kuni yigirma etti yillik saboq berdi. Kuzatishlarim natijasida qishloqda yoppasiga erkaklar mardikorlikka qo'shni davlat Qozog'iston va Rossiyalarga ketganini, qishloqda ayollar va qariyalar qolganini, bir qishloqda ko'plab fohishahonalar borligini bildim. Kichkinagina qishloqda to'rt foxishahona. Ayollari erkaklardan ko'ra ko'proq jismoniy mehnat qilishini, sahardan to kun qorayguncha dalada chopiq qilib, paxta terib, molga o't terib kuni o'tardi. To'ylari butkul o'rischa bo'lishini, nikoh, mahr va shunga o'xshash narsalar umuman yo'qligini ko'rdim. Odamiyligi, mehmondo'stligi, qadr qimmatni, do'stlikni va hokazo hamma qimmatlik qadriyatlarni o'rniga qo'yadigan qishloqdan dinni sug'urib olganga o'xshardi. Imondan boshqa hamma narsa bor. Tushuncha yo'q, tushuncha beradigan odam yo'q.

Qalbimni bir cheti qolgan o'lka. Ko'p narsaga saboq bergan o'lka. Ha, bu siz va men yashayotgan zamondagi holat.

Biz bugun paypoqga masx tortish, qo'lni namozda qaerga qo'yish, sunnat, mustahablarni talashib yurganimizda, ahli qiblani, namoz o'qiydigan, diniga ozmi ko'pmi amal qiladigan odamlarni kofirga, munofiqqa, fosiqqa ajratib, shijoatimizni, idrokimizni bir-birimizni go'shtimizni eyishga sarflab yotibmiz.

Shu daraja himmati pastmizki kuchimiz gapimizni ma'nosini tushunadiganlarga etadi. Tushunmaydiganlarga tushuntirishni xohlamaymiz. Mana shunday joylar borligini inkor qilamiz. Bugun biz unisini Vahobiy, bunisini Salafiy, unisini hizbiy, bunisini Moturudiy, boshqasini faloniy demasdan xalqimizni jaholatdan qutqarishga harakat qilganimizda ehtimol, ehtimol o'sha odamlardan birortasi namozga kirardi. Birortasi imon nimaligini tushunarmidi. Har hil laqablar qo'ymaganimizda, har hil tuhmatlar qilmaganimizda o'sha erga masjid ochganlar, balki xalqqa nafi tegardi. Taxminlar va ta'birlar ko'p. Bizga ularni holatidan ko'ra bahslashish, o'zini haqligini ko'rsatish muhim.

Eng yaqin ulfati Otarchi, Benamoz, fosiqligi aniq odamlarga toqati etganlar arzimagan masalalarda bir-birlarini nifoqda ayblaydilar.

Biz munofiqqa, kofirga chiqarayotgan odam bilan bir masjidda, bir imomga iqtido qilib namoz o'qiyotgandirmiz. Baxslarga, adovatlarga chek qo'yish vaqti kelgandir?

Sayyıd İslom

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Muso ;

    Bu narsalarni bunday bulishligiga sabab ixtilof kiladigan musulmonlarga emas balki ashaddiy dushmon bulib siyosatini musulmonlarga provakatsya kilish bilan boshlab xujayinlariga xizmat kilib xaetini la'in bulib tugatkan IAK aybdordir!!! Bulmasa Abdulvali korining shogirdlari butun rossiya buylab to kariyya, yaponiyagacha da'vat kilib bordi.Bugun la'inning siyosatini mirziyoev davom etdirib begunox musulmonlarni kamokda bir umirlik kamokda chiritiyapdi! Din tugrisida dindan bexabar garazli munofik kimsalar gapirib burnini bilmagan narsaga tikishtirsa albatta ixtilof buladida?!!! Bilmagan narsaga burnini tikib nima kiladi! Ilm axlini orasida bilim doirasida ixtilofli bulishligi tab'iydir. Bu ixtilofni burtirtyotganlar xam usha garazli insonlardir. Islomda xam ixtilof kilib farkli fikrlarni aytib uz ijtixodida ya'ni fikrida kolish joizdir! Xarkim uz daliliga suyanadi xalos! Ortikchasi bu nizo' va miro' deyiladi. Dalilsiz majoroga borish! Bu xaromdir! Bulmasa bir narsani aytib uz fikriga fanatik bulib turib olib Dalilsiz gapirsa seniki tugri deyish xam munofik likdir!!!

    15/05/2017 16:18