O’zbekiston Xalq Harakati

Murojaat

Murojaat
16 Mayıs 2017 - 6:00 'da yuklandi va 829 marta o'qildi.

Ovrupo Komissiyasi Raisi Joze Manuel Barrozo janoblariga
Belgiya Qiroli Al'bert II ga 

Joriy yilning 24-yanvarida sizlar o'zbek mazolimi Islom Karimovni qabul etishga shaylanmoqdasizlar.

Nahotki, bu kishining 2005 yilda Andijonda namoyishchi xalqqa qarshi uyushtirgan ommaviy qatliomini bu qadar tez unutdingizlar?

Bu qatliomga qarshi sanktsiyalar uyg'ulagan edingizlar, ammo bu zot sizlar qo'ygan talablarning bitta paragrafini ham bajarmagandi.

Shunga qaramasdan, sizlar bu “sanktsiya”laringizni bekor qildingizlar.

Go'yo Karimov sodir etgan jinoyatlari uchun tavba qilgandek.

Go'yo u hur fikrli insonlarni ta'qib qilishni to'xtatib,minglarcha muxolif va dindorlarni zindon ozod etdi. Go'yo Karimov rejimi ularga qarshi qiynoqlarga barham berdi, go'yo O'zbekiston nihoyat ozodlik va hurriyat sari yura boshladi.

Go'yo sizlar bergan jasoratdan ilhomlangan rejimning davlat terorini yanada oshirganini ko'rmayapsizlar. Go'yo sizlar Karimovning mafiya To'daboshisi bilan hamkorligi xaqida AQSh elchisi Purnellning(WikiLeaks) raportini o'qimagansizlar. Go'yo sizlar intizorlik bilan kutayotgan bu zotning qizlari Gulnora va Lolaning o'zbek xalqidan o'g'irlagan millionlarini sizning yonginangizda, Shveytsariyada (WikiLeaks) saqlayotganini bilmaysizlar.

Barrozo janoblari!

Biz sizni kameralar oldida diktator bilan birga o'zingizni ko'z-ko'z qilishdan oldin bir o'ylanib ko'rishga chaqiramiz. Bu diktatorning sizlarga beradigan Afg'oniston koridori evaziga g'ururingiz bo'lgan demokratiya va hurriyat kabi qiymatlardan voz kechmaslikka da'vat etamiz.

Qirol Janobi Oliylari! Umid qilamiz-ki, bir zolim bilan bir safga turib, qirollarga xos oliyjanoblikka dog' tushirmayajaksiz. Aks xolda, sizlarning harakatingizning “Real politics” niqobi ostidagi makiavellizmdan hech bir farqi qolmayajak.

O'zingizga kelinglar:Sizlar himoyasiz ayollarning va norasida bolalarning qotili poyiga gilam to'shash uchun shaylanayapsizlar. Sizlar sharafsiz bir zot uchun sharaf marosimi tayyorlamoqdasizlar!

17.01.2011

(144)
Muhammad Solihning 2013 yilda Istanbulda chop etilgan “Turkiston shuuri” kitobidan. (480-481-sahifalar.)

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar