O’zbekiston Xalq Harakati

O'zimdan ayrildim

O'zimdan ayrildim
16 Mayıs 2017 - 8:00 'da yuklandi va 886 marta o'qildi.

Islom Xolboy

Yillar azobi
To'qsoninchi yillar she'riyati 

Seni topib…

Seni topdim, yo'qlik aro,
Yo'g'u borimdan ayrildim.
Yurak sayrab, gulshan aro,
Shirin so'zimdan ayrildim.

Ayrildim, men saharlardan,
Bog'imdagi bahorlardan,
Kuzlar qishlarga tutindi,
Issiq yozimdan ayrildim.

Nega boqsam, sening aksing,
Meni telba etdi husning,
Vaslat daryosidan ichib,
Ko'rar ko'zimdan ayrildim.

Xayollaring bog'lab, qanot,
Meni tark etdi qanoat,
Qanotsiz uchdim ko'klarga,
Dilda rozimdan ayrildim.

Ayrildim, g'aflatdan dag'i,
Ko'kardi qalbimning bog'i,
Jilovimni olib yurak,
Turg'un sozimdan ayrildim.

Jo'shqin daryodek toshqinda,
Unarman bir kun ishqingda,
Unmasam, o'lmasman vale,
O'zib, o'zimdan ayrildim.

* * *

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar