O’zbekiston Xalq Harakati

Eski hammomga yangi tos – OVIRning nomi o'zgardi

Eski hammomga yangi tos – OVIRning nomi o'zgardi
16 Mayıs 2017 - 20:10 'da yuklandi va 1203 marta o'qildi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi sayti, Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining nomi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh boshqarmasiga o'zgartirilgani haqida xabar berdi.

Biroq, xorijga chiqish ruhsatini rasmiylashtirish qoidalari o'zgarishsiz qolgan.

Shu yilning boshida rasmiy matbuotda, O'zbekiston chiqish vizasi stikerlari rasmiylashtirish tartibini horijiy pasport berish bilan almashtirish rejasini bildirgan edi.

Ayni paytda chiqish vizasi tartibining qachon bekor bo'lishi va horijiy pasportning amal muddati qancha bo'lishi kerakligi noma'lum qolmoqda.

«Umuman, chiqish vizasini bugunoq bekor qilish mumkin, chunki aksariyat aholining allaqachon horijiy safarga yaraydigan biometrik pasporti bor.

Chiqish vizasini bekor qilish – davlatning pulini va xalqning asabini saqlagan bo'lar edi», deydi rassom Tuz.

Rassom Tuz

Manba: Eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar