O’zbekiston Xalq Harakati

Karimov muloqot qiladigan shaxs emas

Karimov muloqot qiladigan shaxs emas
17 Mayıs 2017 - 6:00 'da yuklandi va 1360 marta o'qildi.

O'zbekiston Erk demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih Evropa Komissiyasi Prezidenti Xoze Manuel Barrozo va Belgiya Qiroli Albert Ikkinchiga 17 yanvar kuni yo'llagan ochiq xatida EI rahbariyatini demokratiya va erkinlik qadriyatlaridan ortga chekinmaslikka chaqirdi.

“Nahotki, bu kishining 2005 yilda Andijonda namoyishchi xalqqa qarshi uyushtirgan ommaviy qatliomini bu qadar tez unutdingizlar?” deya murojaat qiladi Erk partiyasi lideri EI rasmiylariga.

Muhammad Solih Ozodlik bilan suhbatda xalqaro hamjamiyat talablarini ochiqchasiga inkor qilayotgan o'zbek diktatorining Bryusselga taklif etilishi EIning ikkiyuzlamachi siyosatining davomi ekanini urg'uladi.

– Hozir Evropa Ittifoqining va Belgiya qirolining da'vati biz uchun yangilik emas. Ikki standartli, ikki yuzli siësatning davomi deb bilamiz.

Ozodlik: Evropa Ittifoqi Markaziy Osiëni muhim mintaqa deb bilar ekan va bu davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirishni muhim deb sanar ekan. EI O'zbekistonga nisbatan qanday mavqe tutishi kerak edi?- Biz buni Andijon voqealaridan keyin ham aytdik. Andijon voqealariga qarshi Evroittifoq uyg'ulagan sanktsiyalar xo'jako'rsinga uyg'ulandi va mutlaqo ramziy sanktsiyalar edi. Karimovga qarshi haqiqatan jazo berish mumkin bo'lganda edi, hech bo'lmasa Lukashenkaga qarshi qilingan sanktsiyalar uyg'ulangan bo'lar edi. Ya'ni sezilarli darajada ham iqtisodiy, ham siësiy, ham boshqa tarafdan qilinadigan ishlar juda ko'p. Masalan, Karimovning qizlari o'z pullarini Ovro'poning qoq markazi Shveytsariyada saqlayapti va qorong'i ishlarini Ovro'poning markazida yuritayapti bu qizlar. Bularga chek qo'yilishi mumkin edi. Karimovning o'ziga Ovro'poga kirishni taqiqlash mumkin edi. Masalan, Eronga uyg'ulanaëtgan narsani Karimov rejimiga o'xshagan rejimlarga uyg'ulashi mumkin edi. Lekin manfaatlar, energiya resurslari bu masalalarni ortga tashladi va Ovro'po Ittifoqi ham, AQSh ham bu totalitar rejimlarni alqab, boshiga ko'tarib yuribdi.

Ozodlik: Evropa Ittifoqi O'zbekistonga joriy etgan sanktsiyalarni bekor qilar ekan sanktsiya ish bermaganini ochiqlagan va sanktsiyani bekor qilgandan keyin u erdagi vaziyatni yaqindan kuzatib borishini aytgan. Kecha men Evropa Ittifoqi rasmiysi bilan gaplashganimda, Barrozo sizlar va huquq himoyachilari ko'taraëtgan masalalarni o'rtaga tashlashini aytayapti. Biz bunga muloqot yo'li bilan erishishimiz mumkin deyapti u. Bu haqda siz nima deb o'ylaysiz?

– Muloqot yo'li bilan bunga hech erisha olmaydi. Karimov muloqot bilan erishadigan rahbar emas. Karimov faqat kuchni tan oladi, tazyiqni va bosimni tan oladi. Chunki o'zi shular bilan xalqqa tazyiq o'tkazib kelayapti, bosim o'tkazib kelayapti va shu bilan hokimiyatda oëqda turibdi. Faqat shu yo'nalishda unga ta'sir qilish mumkin. Boshqa bir shaklda Karimovga ta'sir o'tkazish mumkinligini hech tasavvur qila olmayman. Mumkin emas. Chunki 20 yillik tajribamiz buni ko'rsatdi. Ayni xatolarni yana takror qilish shartmi? Men tushunmayman hech,- deydi Erk demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih.

Ozodlik,
18.01.2011 
(145)
Muhammad Solihning 2013 yilda Istanbulda chop etilgan “Turkiston shuuri” kitobidan. (481-483-sahifalar.)

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar