O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekistonni harobalardan gulistonga olib chiqamiz

O'zbekistonni harobalardan gulistonga olib chiqamiz
18 Mayıs 2017 - 6:00 'da yuklandi va 975 marta o'qildi.

(Suratda: Muhammad Solih, “Milliyet” gazetasiga intervyu berayotgan payt, Anqara, 1993)

Muxolifatda bo'lgan har qanday siyosiy kuch nafaqat rasmiylarni tanqid qilishi, balki kelajakni qanday ko'rishi borasidagi o'z qarashlarini, o'z mamlakati siyosiy va iqtisodiy muammolarini hal etilishining o'z variantlarini taklif etishi lozim.

Afsuski, hozirgi O'zbekistonda muxolifat etakchilari mahalliy ommaviy axborot vositalari, radio, televidenie orqali vatandoshlariga murojaat qilish imkoniyatidan mahrumlar: respublikada rahbariyat so'z erkinligi borasida ko'p marotaba tantanali ravishda e'lon qilishiga qaramay, juda qattiq siyosiy tsenzura amal qilmoqda, muxolifat faollari esa xorijiy mamlakatlarga chiqib yashashga majbur. Ular o'zlarining veb-saytlari orqali ham mazmunli bayonotlarni kam berayaptilar.

Shuning uchun ham biz ularga O'zbekiston ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari bo'yicha o'z pozitsiyalarini aniqlik kiritishlari, ularga ko'ra, mamlakatda qanday qilib yashash, qanday islohotlarni o'tkazish va qanday kurs bilan borish kerakligini bayon qila olishlari uchun “Farg'ona” axborot agentligining mavjlarini taqdim etishga qaror qildik. Bugun biz “Erk” partiyasining lideri Muhammad Solih bilan birinchi interv'yuni taqdim etayapmiz.

Moziy va hozirgi davr

Farg'ona: -Qachon va qaysi sabablarga ko'ra chet elga chiqib ketdingiz? Hozirda qaerda yashyapsiz? Nima bilan shug'ullanasiz? Tirikchilik nimaning hisobiga o'tayapti? Siyosat bilan shug'ullanishga vaqt topayapsizmi? Shug'ullanyotgan esangiz bu faoliyat nimada uz ifodasini topayapti?

Muhammad Solih: – Men O'zbekiston Oliy Kengashining deputati edim, ERK partiyasining fraktsiyasini boshqarar edim. 1991 yil dekabrda muxolifatdan nomzod sifatida Prezidentlik saylovlarida qatnashdim va saylovchilarning umum sonining 12.7 foiz ovozini oldim. Saylovdan so'ngra muxolifatga qarshi bosim ve repressiya kuchaydi va men bunga norozilik sifatida 2 iyul' 1992 yilda Oliy Kengash deputatligidan iste'fo etdim.

Dekabr' oyiga kelib meni «Milliy majlis» tuzganlikda aybladilar, Holbuki, bu tashkilotga hech kanday aloqam yo'k edi. Shunga qaramay, 1993 yil aprel' oyida meni hibsga olishdi va IIB ning mashhxur erto'lasiga tashladilar. Ammo ko'p o'tmay, xalqaro jamoatchilikning bosimi tufayli, erto'uladan chiqarishga majbur bo'lishdi. Ammo menga shahardan chiqmaslik to'g'risida hujjatga qo'l qo'ydirishdi.

Bir necha kun o'tib, do'stlarim va partiyadagi safdoshlarim kelib, mendan o'lkani vaqtincha tark etishimni iltimos qildilar. Ularning yonida militsiya podpolkovnigi Olimjon Sharopov bor edi. Uning aytishicha, Karimov hokimiyati kaminaga qarshi suiqasd uyushtirishga qaror bergandi.

Men Toshkentdan ketishni hech istamadim, ammo do'stlar yana qaytib kelishdi va meni shahardan vaqtincha ketishga ko'ndirdilar. Men avval Olmaotaga, u erdan Bokuga ketdim, u erda Ozarboyjon Prezidenti Abulfaz Elchibey bilan uchrashdim. So'ngra Turkiya Prezidenti Turg'ut Ozal taklifi bilan Turkiyaga ketdim. Shu tarzda mening surgun hayotim boshlandi.

Bugun Norvegiyada istiqomat qilmoqdaman. Tez-tez Turkiyaga kelib turaman. Farzandlarim voyaga etgan, ishlashadi, rafiqam ham ishlaydi. Men maqolalar, ba'zan adabiy matnlar yozaman, tarjimalar qilaman, majmualar tuzib, nashr kilaman. Yaqinda 4 jildlik «Payg'ambarlar Tarixi» kitobini tuzib, o'zbek tilida nashr etdim.

Partiyaviy faoliyatimni ham davom ettirmoqdaman. Yurt ichida g'oyalarimizni tashviq qilishda davom etmakdaman.

Farg'ona,
07.02.2011

(146)
Muhammad Solihning 2013 yilda Istanbulda chop etilgan “Turkiston shuuri” kitobidan. (483-484-sahifalar.)

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar