O’zbekiston Xalq Harakati

Davlatlilar eshak minsa ot bo'lar

Davlatlilar eshak minsa ot bo'lar
18 Mayıs 2017 - 8:00 'da yuklandi va 920 marta o'qildi.

MAXDUMQULI

Birinchi kitob

Yot bo'lar

Muhammad ummati molsiz bo'lmasin,
Molsiz bo'lsa, tuqqan qardosh yot bo'lar.
Qochar og'ang, ining etmas xotiring,
Quvonar dushmaning, do'sting mot bo'lar.

G'arib oyoqyalang, pastda ushoqdir,
Ma'rakaga borsa o'rni oshoqdir,[1]
G'ariblar ot minib, tepsa – eshakdir,
Davlatlilar eshak minsa ot bo'lar.

Bir tilak tilasang, muhiming bitmas,
Do'sting ixlos bilan marhamat etmas,
Ma'rakada aytgan so'zing joy tutmas,
Tinglamaslar quruq so'zing bod bo'lar.

Kurash bir obro'ydir, urush bir dastur,
Kishini kamsitgan – o'zi nokasdir,
Ko'nglim havolanma, kel endi, basdir,
G'iybatkashning qozongani o't bo'lar.

Maxdumquli, shukur aylagil Xudoga,
O'lim barobardir shohu gadoga,
Besabr qul tez yo'liqar baloga,
Sabrli qul, bora-bora shod bo'lar.

[1] Oshoq – past.

*****

(davomi bor)

Turkmanchadan Islom Xolboy o'zbekchalashtirdi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar