O’zbekiston Xalq Harakati

Askar maktubi

Askar maktubi
19 Mayıs 2017 - 8:00 'da yuklandi va 1021 marta o'qildi.

(Suratda: Muallif o'rtada)

Islom Xolboy

Yillar azobi
To'qsoninchi yillar she'riyati 

Askar maktubi

Ko'piradi, qora dengiz qirg'oqlari,
Qizaradi, yorning olma yonoqlari,
Sog'intirar, Qorako'lning yontoqlari,
Ko'rgim kelar, el-yurtimga salom denglar.

To'lqinlanar, xayolimda keng dalasi,
Qushlar sayrar bog'larida tong pallasi,
Saratonda bo'zto'rg'ayning mung allasi,
Hech tinch bermas, mehnatlarga salom denglar.

Borib ayting, Islom unda sog'-salomat,
Askarlikning xizmatinda ish alomat,
Odessaning go'zallari ko'p qiyomat,
Ishlab tolmas, sho'x qizlarga salom denglar.

Bu erlarning odamlari g'am bilmaydi,
Ikra, baliq, go'sht bo'lmasa, non emaydi,
Qishin-yozin oyog'iga nam tegmaydi,
Loyli ko'cha, tuproqlarga salom denglar.

Ona xalqim, sog'intirar yumronlaring,
Qimizlaring, ayronlaring, qimronlaring,
Kitoblarda o'qitganing, jayronlaring,
Ko'p zahmatkash, o'zbegimga salom denglar.

Bunda arman, gurji, latish bari tengdir,
O'ris miya, ukrain ko'z, o'zbek engdir,
Shu do'stlikning baroridan ishlar o'ngdir,
Baynalminal, keng qalblarga salom denglar,
Bir yil qoldi, qaytar askar, omon denglar.

                                     Odessa shahri, 1982 yil.

* * *

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar