O’zbekiston Xalq Harakati

Toshkentda Mahtumqulining barel'efi ochildi

Toshkentda Mahtumqulining barel'efi ochildi
19 Mayıs 2017 - 10:17 'da yuklandi va 701 marta o'qildi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, O'zbekiston poytaxtida 18 may kuni turkman mumtoz shoiri Mahtumquli Firog'iy barel'efini tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Gazeta.uz xabariga ko'ra, barel'ef shu yil Mahtumquli nomi berilgan ko'chada ochilgan.

Marosimda O'zbekiston madaniyat vaziri Mahmud Murodov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali, Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti vakillari, Turkman hamda boshqa milliy-madaniy markazlar vakillari, madaniyat va san'at arboblari, elchixona xodimlari va boshqalar qatnashgan.

Turkmanistonda 18 may Uyg'onish, birdamlik va Mahtumquli she'riyati kuni sifatida nishonlanadi.

O'XH xabarlar bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar