O’zbekiston Xalq Harakati

Bizga tashkilotchilar, yugurdaklar, yaloqho'rlar kerakmi? Yoki o'z kasbining asl egalarimi?

Bizga tashkilotchilar, yugurdaklar, yaloqho'rlar kerakmi? Yoki o'z kasbining asl egalarimi?
19 Mayıs 2017 - 19:49 'da yuklandi va 1296 marta o'qildi.

Biz “politexnicheskiy” institutda o'qib yurgan vaqtimizda «QDPI» da Mansur degan bola o'qirdi. Jamoat ishlariga aktiv bo'lgani uchun hamma joyda o'shani nomi, kim gapirsa: “Mansurxon u qildilar, Mansurxon bu qildilar, Mansurxonga gap yo'q…” ammo kallada xech narsa yo'q edi.

Vaqtlar o'tdi, o'qishga haqiqiy mexr berganlar, “ertadan keyin bitirsam halqimga xizmat qilaman” deganlar, bilimi bilan oldinga intilganlar yo'q bo'lib ketdi, lekin Mansurxon “peredovikligicha” qoldi.

Qo'qon shaxrining “Muloqot” telekanalida «mo''jizalar maydoni» degan tele shou bo'lar edi (pole chudes). Shu ko'rsatuvga Mansurxonni ham taklif qilishgan ekan, qatnashdi. Hammani yutib finalga chiqdi. Finalda ham yutdi! Boshlovchi: “superfinalda ham ishtirok etasizmi?” – degan edi, rozi bo'lib superfinalda o'ynadi.

Boshlovchi ehtiroslar bilan superfinalni boshladi.

Savol: “Angliyalik taniqli siyosatchi…”, to'g'risi savolning matni qay tariqa berilgani aniq esimda yo'q. Tabloda ikki bo'g'indan iborat so'z turipti. Boshlovchi: «sizga engillik bo'lishi uchun birinchi bo'g'inni ochamiz», tabloda «UINSTON» so'zi ochildi, «ana endi uchta harifni ayting, ochamiz», dedi. Mansurxon ham «E»bilan «R» ni topdilar, tablo; «UINSTON .ER…» mana shu ko'rinishda turipti. Bundan ortiq yordamni iloji ham yo'q edi. (bu savolga javob berish uchun oliy malumotlik bo'lish shart emas, nazarimda) Boshlovchi: “o'ylash uchun vaqt kerakmi?” – desa, Mansurxon: “yo'q, kerakmas, bu – UINSTON ChERNIShEVSKIY” deb turiptiku. Muzlab qoldim.

Mana shu Mansurxon o'qishni bitirgandan keyin Qo'qon shaxridagi 5 – maktabda direktor bo'lib ishladi. Xozir adashmasam 8 – maktabda direktor o'rinbosari bo'lsa kerak.

Bizga tashkilotchilar, yugurdaklar, yaloqho'rlar kerakmi? Yoki o'z kasbining asl egalarimi? Avval o'lchovlarimizni to'g'rilab olmas ekanmiz, bari befoyda.

P.S.: Kunimiz “8×8 nechchi bo'ladi?” – desangiz, “maktabni oldidagi gulzorni tozalab qo'yaymi?” – deganlarga qoldi… (s)

Sayyid Islom

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar