O’zbekiston Xalq Harakati

Va'da qilingan mashru'iyat (qonuniylik)

Va'da qilingan mashru'iyat (qonuniylik)
06 Haziran 2017 - 6:00 'da yuklandi va 1877 marta o'qildi.

O'zbekistondagi siyosiy tuzum intizorlik bilan o'z qulashini kutmoqda. Bu inqirozga mutlaqo “Arab bahori”ning inqiloblar silsilasi turtki bo'lishi shart emas. Bu tuzum bahorni kutmasdan, kuzda ham, hatto qishda ham bemalol yiqilishi mumkin. Chunki bu tuzum juda qartaydi, uni boqish kun sayin qiyinlashmoqda. Bu holat Qur'oni Karimning “Qasas” surasida marhamat qilingan manzaraga ishora qilmoqda: “Biz esa, er yuzida ezilganlarga beminnat ne'mat berishni, ularni peshvo qilishni va ularni vorislar qilishni, va er yuzida ularga imkonlar berishni, Fir'avn, Homon va ikkovining askarlariga ular (mazlumlar)dan qo'rqqan narsalarini ko'rsatishni istaymiz.” (Qasas surasi: 5-6)

O'zbekistondagi inqirozga yuz tutgan bu tuzumni uni 23 yildan beri boshqarib kelayotgan kishi nomi bilan atab “Karimov rejimi” deydilar. Bu muddat ichida Karimov Asosiy Qonunga (Konstitutsiya)ga xilof ravishda o'zini bir necha marotaba Prezident sifatida e'lon qilishga ulgurdi.

Xolbuki, o'sha Konstitutsiyaga ko'ra, Prezident 5 yilga faqat ikki marta saylanishi mumkin. Demak, Karimov Prezidentlik kursisida 13 yildan beri g'ayrimashru' (noqonuniy) o'tiribdi.

Albatta, kommunistik tuzum zurriyodi bo'lmish Karimov KPSSning boshqa vakillaridan farq qilmaydi. G'ayrimashrulik (noqonuniylik) sovet jamiyatining peshonasiga urilgan bir tamg'a edi. Ya'ni g'ayrimashrulik uning uchun irsiy, tug'ma, genetik xususiyat edi. Sovet Ittifoqi davlat sifatida g'ayrimashru' (noqonuniy) “tug'ilgandi”. Bu davlat 1917 yilda Lenin boshchiligida davlat to'ntarishi bilan o'rtaga chiqdi.

Bu ittifoqqa a'zo bo'lgan davlatlar unga o'z irodalari bilan qo'shilmadilar, ular yumshoq qilib aytganda, bu Ittifoqga “qo'shib olindilar”. Bu voqeadan roppa-rosa 74 yil keyin B. El'tsin boshchiligidagi kommunist rahbarlar majlisi Belovejskaya Pushchada Ittifoqqa so'ng nuqtani qo'ydilar. Ya'ni Sovet Ittifoqining qurilishi naqadar g'ayrimashru' (noqonuniy) bo'lgan bo'lsa, uning tarqatilishi ham shu qadar g'ayrimashru' (noqonuniy) bo'ldi.

Parvardigorning adolati shu qadar muqarrardir. Xulosa, Karimovning g'ayrimashru' (noqonuniy) tuzumi ham o'limga mahkumdir. Bu rejimga yordam berib, uni oyoqda tutib qolishga urinayotgan manfaatdor davlatlarning g'ayratlariga qaramasdan, bu rejim o'lajakdir. Rejimdan “manfaatdorlar” oz emas, albatta.

Faqat manfaatdorlar ro'yxatida O'zbek xalqi yo'q. Bu rejim O'zbek xalqini misli kurilmagan xor-zorlik, sharmandalik qa'riga uloqtirdi. Bunday sharmandalik va xor-zorlik ma'naviyatda ham, iqtisodda ham, ijtimoiy hayotda ham qonayotgan yara kabi ko'zga tashlanmoqda.

“Arab bahori” balki O'rta Osiyo xalqlarining qo'zg'oloniga turtki balki bo'la olmas, balki bo'lar. Ammo eng muhimi , bu “Bahor” dunyoda qulga aylantirilgan millatlarning o'z mustabidlariga qarshi qurolli mujodalasini mashru' etishi (qonuniylashtirishi) bilan o'zining buyuk vazifasini ado etdi. Bu va'da qilingan mashru'iyat(qonuniylik)dir.

Bundan keyin G'arbning ikkiyuzli demokratiyasi-yu, Sharq tog'utlarining zulmidan bezor bo'lgan barcha muxolif harakatlar, hokimiyatga bo'lgan o'z kurashlarida mana shu va'da qilingan mashru'iyatni asos qilib oladilar.

Siyosiy munofiqlik iqlimida bo'g'ilayotgan o'zbek muxolifati mashru'iyat tushunchasining siyosat dunyosida naqadar “cho'ziluvchan” ekanligini yaxshi biladi. Masalan, bir diktator Ovrupa Ittifoqiga taklif qilinsa, uning hukmronligi o'z o'zidan mashru'(qonuniy)lashadi. Agar bu diktator biror bir “buyuk kuchga” o'z hududlaridan muhim yukni olib o'tish uchun yo'l ochib beradigan bo'lsa, bu diktator dunyoning eng mashru' (qonuniy) rahbariga aylanadi.

Allohga shukrlar bulsinki, U globallashuvning bunday masxarabozligiga Arab Bahorining muhtasham g'alabasi bilan nuqta qo'ydi. U Vaqt tarafidan rahina(garov)ga olingan voqealarni ozod qildi va bu voqealar hali ham davom etmoqda.

Va dunyoning qolgan-qutgan diktatorlari asfalasofilinga yo'l olishlari uchun o'z navbatlarini kutmoqdalar. O'zbekistondagi diktatura bu navbatda birinchidir.

03.02.2012

(165)
Muhammad Solihning 2013 yilda Istanbulda chop etilgan “Turkiston shuuri” kitobidan. (531-532-sahifalar.)

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort