O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Rustam Azimov bosh vazir o'rinbosari lavozimidan ozod qilindi

Rustam Azimov bosh vazir o'rinbosari lavozimidan ozod qilindi
06 Haziran 2017 - 12:16 'da yuklandi va 3868 marta o'qildi.

O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari, Makroiqtisodiy rivojlantirish va xorijiy sarmoyalar kompleksi rahbari Rustam Azimov lavozimlarini topshirgan.

Rustam Azimovning lavozimlardan o'z ixtiyori bilan ketganmi va yo buyruq asosida ishdan olinganmi aniq emas.

O'zbekistondagi nashrlarda uning o'rniga Moliya vazirining birinchi o'rinbosari Jamshid Qo'chqorov tayinlangani haqida aytilmoqda.

Marhum prezident Islom Karimovning merosxo'rlaridan biri deb ko'riladigan Rustam Azimov Shavkat Mirziyoev prezident etib saylanganidan keyin birin-ketin lavozimlaridan judo bo'la boshladi.

O'tgan yil oxirlarida Moliya vaziri va Bosh vazirning birinchi o'rinbosarligini topshirgan va Mirziyoevning chiqishlarida ketma-ket tanqid nishoniga aylanib qolgan edi.

Ikki Rustamdan biri ketdi

O'zbekiston hukumatidagi o'zgarishlarni yaqindan kuzatib kelayotgan manbalar va mustaqil jurnalistlarga ko'ra, Mirziyoev Rustam Azimovni avvaldan o'zi uchun jiddiy raqib sanab kelgan.

Bundan bir yarim oycha avval Reuters axborot agentligi O'zbekiston hukumatidagi qudrat doiralarini manbalariga tayanib tahlil qilgandi.

“O'zbekiston hukumatidagi manbalarga iqtibosan xabar berishicha, Islom Karimov o'limidan so'ng Prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoev amalda qudratni yana ikki shaxs, Bosh vazir o'rinbosari Rustam Azimov va MXX rahbari Rustam Inoyatov bilan “bo'lishardi”.

Reuters manbalariga ko'ra, “G'arb tomonidan islohotchi sifatida ko'rilgan Rustam Azimov hozirda “chetga chiqarilmoqda”.

Reuters: “Bu Markaziy Osiyoning aholisi eng ko'p mamlakat boshqaruvida asosan ikki shaxsni qoldirib, qaror qabul qilish jarayonini soddalashtirish ehtimolini tug'diradi”.

“Lekin qudratda qolayotgan ikki shaxs o'rtasidagi tanglik ham saqlanib qolmoqda”.

Reuters manbalariga ko'ra, Mirziyoev o'zini islohotchi qilib ko'rsatishni istaydi.

Lekin o'ta ehtiyotkor Inoyatov iqtisodiy va valyuta erkinligi kabi nisbatan keskin islohotlarga qarshi.

Islom Karimov komandasida bo'lgan va hozirda O'zbekistondagi eng qudratli kuch tizimiga rahbarlik qilayotgan Rustam Inoyatov bilan prezident Mirziyoevning munosabatlari mustahkam ekaniga ishora beruvchi dalillar oz.

Manba: Bi-bi-si O'zbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube