O’zbekiston Xalq Harakati

AQSh Jalilovni Gulan bilan uchrashtirdi

AQSh Jalilovni Gulan bilan uchrashtirdi
14 Temmuz 2017 - 6:37 'da yuklandi va 2619 marta o'qildi.

Qirg'iziston Ko'lka hukumati a'zosi Dilmurod Yuvashev Turkiyaning Yangi Birlik (YeniBirlik) gazetasiga bergan intervyusida, Amerika Qo'shma Shtatlarining Qirg'iziston prezidenti Atambaevning yaqin odamlaridan biri bo'lgan Chubak Jalilovni Fathulloh Gulan bilan uchrashtirganini ta'kidladi.

Qirg'iziston Ko'lka hukumati, FETÖ (Fathulloh Gulan terror tashkiloti) ning Qirg'iziston hukumatining dastagi bilan erkin harakat qilishini avvaldan ta'kidlab kelar edi. Ko'lka hukumat a'zolaridan biri Dilmurod Yuvashev, Turkiyaning faqatgina Yaqin Sharqda emas, O'rta Osiyoda ham o'ziga qarshi tashkil qilingan bir kuch birligi bilan (AQSh, FETÖ, Saudiya Arabistoni va Qirg'iziston) yuzma-yuz kelganini aytar ekan, Qirg'iziston prezidenti Almazbek Atambaevning FETÖ bilan hamkorlikda ekanligini va eng yaqin odamlaridan biri bo'lgan Qirg'iziston sobiq muftiysi Chubak Jalilovning yaqin kunlarda Amerikaning taklifi bilan Fathulloh Gulan bilan uchrashishga borganini bildirdi.

Chubak Jalilov kim? Qirg'izistonda qanday o'ringa ega?

Jalilov Qirg'izistonda katta ta'sirga egadir. Dindor bo'lish bilan bir qatorda Qirg'izistonning dindor qismining ko'p sonli tinglovchilarini o'z ta'siri ostiga olgan. Prezident Atambaevning odam bo'lgan Chubak Jalilov, iyul oyining boshida AQShning Ogayo shtatiga rasmiy taklif bilan 10 kunlik seminarga nutq so'zlash uchun taklif qilindi. U erda Fathulloh Gulan bilan uchrashdi.

Avvallari Amerikaga qarshiligi bilan tanilgan edi. Ammo bir onda Amerika Jalilovga Fathulloh Gulan bilan uchrashishi uchun viza berdi. Ya'ni bu viza siyosiy maqsadda berildi. Simpozium bahonasida Gulan bilan uchrashuv tashkil qilindi. Bu uchrashuvning barchaga ma'lum bo'lishidan cho'chimasdan surat bilan ham qayd qildilar. Bu surat rus matbuotida ham tarqaldi.

Ya'ni Qirg'izistonda tashkil qilingan Ko'lka hukumatning gumon va tahminlari to'g'ri chiqdi. Agar Jalilovning Saudiya Arabistonining ham yaqin aloqadagi odamlaridan ekanligi diqqatga olinsa bu FETÖ, AQSh va Saudiya Arabistonining birlikda harakat qilayotganliklarini bildiradi.

Jalilovning Arabiston bilan qanday aloqasi bor?

Jalilov uzoq yillar Saudiya Arabistonida edi. Ta'limni o'sha erda oldi va uzoq yillar siyosiy faoliyat yuritdi. Arabistonlik siyosatchilar bilan orasi juda yaxshi.

Jalilovning Qirg'izistonda Gulanni yaxshi qiyofada ko'rsatish uchun harakat qilganini aytdingiz. Nimalar qildi buning uchun?

Jalilov Qirg'iziston xalqiga Fathulloh Gulanning buyuk bir din olimi ekanligini va uning o'rnak olinishi kerak bo'lgan bir din lideri ekanligini singdirmoqda. Hatto ijtimoiy tarmoqda ham shu maqsadda faoliyat olib bormoqda.

So'ngida rus matbuotiga ham tarqagan Jalilovning Facebook hisobidan qilgan bir poylashimi bor. Bu izohida shunday so'zlar bor: “Fathulloh terrorchi emas, Fathullohga “terrorchi” deyish bizning prezidentimizga (Atambaevga) terrorchi deyish ma'nosida keladi. Chunki prezidentimiz ochiqchasiga Fathullohni ko'llab-quvvatlaydi”.

Boshqa tomondan Jalilovning iyul oyida bir zumda Gulanchi bo'lishi, Gulan bilan suratga tushib, unga bunday humdu sanolar aytishi va 15 iyul davlat to'ntarilishiga urunish haftasida bularni e'lon qilishida bir ma'no bor. Shu onga qadar Qirg'izistonni FETÖ dan tozalashga urinib kelgan Qirg'iziston Ko'lka hukumatining hakaratlariga Turkiya Jumhuriyati hukumati yordam bermadi. Turkiyani bunga har doim chorlaymiz. Keling Qirg'izistonni quritgan FETÖ ni va Turkiyaning va bizning dushmanimiz bo'lgan terror tashkiloti PKK (Kurdiston ishchi partiyasi) dan birgalikda tozalaylik. Ikki davlat, bir millat bo'lish vaqti keldi.

Turkiyaning “YeniBirlik” gazetasi muhbiri Samo Sezen (Sema SEZEN)
Manba: YeniBirlik

Turkiya turkchasidan o'zbekchalashtirildi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort