O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

IIV erto'lasi

IIV erto'lasi
27 Temmuz 2017 - 9:00 'da yuklandi va 2949 marta o'qildi.

1999.28.03. IIV erto'lasi.

Bugun “tergov”ning o'n birinchi kuni. Erto'ladagi 2-chi hujrada[1] bir o'zim. Temir karovat[2]ning bosh tomoni sal yuqoriga qayrilgan. Uning ustida na yostiq bor, na to'shak. Hujra sovuq. Soat ertalabki o'nlar chamasi, lekin “tergovchilar”dan darak yo'q.

Tushlik obkelishdi. O'rnimdan turishga harakat qilaman, biroq eplayolmayman.

IIV erto'lasining 2-chi hujrasi. Shu hujrada men qizlarimning ismlarini esdan chiqarib qo'ydim!..

Shu hujrada menda ortiq yashashga ishtiyoq so'ndi!..

Shu hujrada menda bu dunyoning tashvishlaridan tezroq qutulish istagi paydo bo'lib, ortiq bu dunyoda yashashga ishtiyoq o'chdi!..

Va nihoyat, IIV erto'lasining mana shu 2-chi hujrasida Mehribon Olloh meni yana HAYoTga chorladi!..

Aprel oyi oxirlarida meni IIV erto'lasidan Toshturmaga olib kelishdi.

Turma qabulxonasida tibbiy ko'rikdan o'tkazishdi.

Badanimning hamma joyi ko'karib yotganini ko'rgan hamshira meni kuzatib kelgan qo'riqchi-kuzatuvchi kapitanga qabul qilmasligini aytdi.

Kapitan hamshiraga:

‒ Uni Ukraina melisasi kaltaklagan, bu erda hech kim unga qo'lini tekkizmagan, ‒ dedi.

Hamshira menga:

‒ Ukrainada urishdimi? ‒ deb so'radi.

‒ Ukrainada menga hech kim qo'l tekkizgani yo'q! Mana shu odam meni qaerdan olib kelgan bo'lsa, o'sha erda qiynashdi, ‒ deb javob berdim.

Kapitan hamshirani chekkaroqqa chaqirib, o'zaro nimalarnidir kelishib olishdi. Natijada meni Toshturmaning birinchi ovuli (korpus) erto'lasi boshlig'iga topshirishdi.

Men erto'laga keltirilganimdan so'ng erto'la boshlig'iga:

‒ O'rtoq kapitan! Siz meni bu erga qay ahvolda keltirishganini ko'rdingiz, to'g'rimi? Mabodo men  biror joyga shikoyat qilib, meni Toshturma erto'lasida qiynab shu ahvolga solishdi, desam, oqibati siz uchun qanday kechishini bilasizmi? ‒ deb so'radim.

Erto'la boshlig'i:

‒ Aka, meni ham tushuning, bu erto'la IIVga tegishli, men ham ularga bo'ysunaman, shunga majburman, axir. Nima qilay, ayting? ‒ deya savolimga savol bilan javob berdi.

– Hamshiraga borib ayting, men bu odamni bu ahvolda olib qololmayman, deng.

Kapitan erto'la dahlizida turgan navbatchilar (voyskovoylar[3]) dan birini chaqirib, menga qarab turishini aytdi va o'zi tashqariga chiqib ketdi. Oradan yarim soatlarcha vaqt o'tib, kapitan kirib keldi va navbatchi harbiyga dahlizga chiqishiga buyruq berdi.

– Aka, sizni olib kelgan odam qaytib ketibdi, iltimos, mana shu qog'ozga “Ukraina melisasida shu ahvolga solishdi” deb yozib bering.

– Men hech narsa yozmayman. Ukrainada hech kim menga qo'l tekkizgani yo'q!

Kapitan dahlizdagi navbatchini chaqirib, meni 23-chi hujraga joylashtirishga topshiriq berdi va o'zi yuqoriga chiqib ketdi.

23-chi hujrada mengacha besh mahbus bor ekan. Ulardan biri karis, ikkitasi o'ris va ikkitasi o'zbek edi.

Kiev qamoqxonasi bilan Toshkent qamoqxonasi solishtirilsa, ular orasida er bilan osmoncha farq borligi yaqqol ko'rinib turardi.

Yuqorida keltirib o'tilganidek, Kievdagi Obolon qamoqxonasi mahbuslari bir-birlari bilan tez til topishib, bir-biriga qo'lidan kelgancha yordam qo'lini cho'zar ekan. Toshturmada esa, yangi kelgan mahbusga eng oldin shubha bilan qarashar, salom-alikni ham istar-istamas qilishar edi.

Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, mahbuslar orasidagi bunday munosabatning sabablari bor ekan. Toshturmaning har bir xatasining[4] loxmachi[5] va kozyoli[6] bo'lar ekan.

Xullas, Toshturmaning 23-chi hujrasidagi karis “kozyol”, o'rislardan biri “loxmach” bo'lib chiqdi. Lekin bu ikkalasi ham menga nisbatan biron-bir yomonlik qilishmadi yoki yomonlik qilishga ulgurishmadi.

Chunki uch kundan keyin meni boshqa hujraga o'tkazishdi.

Bu boshqa hujra raqami “28” edi! Toshturmaning eng mashhur hujrasi ekan! Aytishlariga qaraganda, loxmachlarning eng ashaddiylari shu hujrada ish olib borisharkan.

Shunday qilib, men endi 28-chi hujradaman. Bu hujrada ham 23-chi hujradagidek, besh mahbus.

Ko'rpa-to'shakni qo'ltiqlab hujraga kirarkanman, hujradagi to'rt mahbus o'rinlaridan turib men bilan iliq so'rashishdi.

Hujraning qoq o'rtasida nonni talqon qilib maydalab o'tirgani esa, orqasiga o'girilmasdan, “Ostorojno, ne zadevay mashku[7]”, deya ogohlantirib, ishida davom etdi.

Yigitlar to'rdagi shkonkadan joy qilishib, meni o'tirishga taklif qilishdi. Ulardan biri erga dasturxon yoyib, non qo'ydi. Darrov choyga harakat boshlab yuborishdi.

Bir oz suhbatlashganimizdan so'ng erga inib, dasturxon atrofida chardona qurib, choylasha boshladik.

Haligi o'rtada o'tirib non maydalayotgan “o'zbek” o'zicha g'udranib, non maydalashda davom etdi. Biz tomonga qarab ham qo'ymadi.

Choy ichib bo'lganimizdan so'ng o'zaro tanishib oldik.

Yigitlardan ikkitasi fevral voqealariga aloqadorlikda gumon qilinib, bittasi Hizbut tahrir partiyasi varaqalarini tarqatganlikda, yana bittasi uyida ov miltig'i saqlaganlikda aylanib qamoqqa olinganlardan ekan.

Haligi hujra o'rtasida o'tirgandan:

‒ Sen nima bilan o'tirgansan? ‒ deb so'radim.

Savolimga to'ng'illab javob berdi:

‒ Ty kto, prokuror chto li?!

Yigitlar menga: “U bilan gaplashmang”, degandek imo-ishora qilishdi va men ularning maslahatini qabul qildim.

Bu hujraga kelganimdan bir soatlarcha vaqt o'tganidan so'ng eshik ochilib, “talqonchi”ni olib chiqib ketishdi.

Birodarlar darrov atrofimga yig'ilishib, “talqonchi”ning g'irt “kozel”ligi haqida gapirib berishdi. Men bu hujraga ko'chirilmasimdan yarim soat oldin hujra “loxmach”ini boshqa joyga ko'chirganini ham aytib berishdi. Hamhujralardan biri:

– Hali vazirlik erto'lasida o'tirgan paytingizdayoq siz haqingizda qo'rqinchli xabarlar tarqagandi, ‒ deb qoldi.

– Qanaqa xabarlar ekan?– deb so'radim.

– Sizni yomon qattiq qiynashibdi bu zolimlar, oyoqlaringizni, qo'laringizni sindirishibdi, shu rostmi, aka?

– Bunday xabarlar qanday qilib bu yoqlargacha etib keldi? Axir, u joydan xabar tarqashining hech iloji yo'q-ku?!

Gapimizga “ov miltig'i bilan ushlangan” birodar qo'shildi:

– Bu sistemada xabarlar shunaqa tez yoyiladi, Muhammadjon aka. Bugun bir ish bo'lsa, ertaga deyarli hamma eshitadi. Bir hafta ichida butun O'zbekistonning barcha zonasida o'tirganlar o'sha ishni muhokama qilayotgan bo'ladi. Masalan, kameradoshlardan biri zonaga etap bo'lib ketadi va… bu yog'i tushunarli. U aytadi,undan eshitganlar boshqasiga etkazadi va hokazo. Shu bilan ke-e-etdi. Sistemaning bu “telegramma”sini shu paytgacha hech kim to'xtatolmagan, bundan keyin ham to'xtatolmasa kerak.

– Birodar[8], uzr, albatta, “sistema-sistema” deysiz, sistemada qachondan beri o'tiribsiz o'zi?

– Bir yildan oshdi, aka…

Bu payt hujra eshigi shaqir-shuqur ochila boshladi va hujraga “talqonchi” kirib keldi. “Talqonchi” o'zbek bo'laturib, o'zbekchani zo'rg'a bilar, o'zbekchasini o'zidan boshqa odam uncha-munchada tushunishi amrimahol edi.

“Talqonchi” hujraga kirib kelarkan, menga qarab:

‒ Hozir kevossam, jallab, ketvogan manashkani[9] obkevotkan ekan, bir obnyat' qiliy desam, qo'ltigimga sig'masa kerag-ov, jallab, shunakangi tolstiykan, vooщщe jallab!..

Uning nafaqat cho'tir basharasi, balki hozirgina o'ta madaniyatsizlarcha aytgan shilta gaplariyu biri bog'dan-biritog'dan gapirish usullarigacha menga Islom Karimovni eslatib yubordi.

Islom Karimov taxtga o'tirganidan uch-to'rt yil o'tib, 8 mart xotin-qizlar bayramiga bag'ishlangan yig'ilishda taxminan shunday degan edi:

“Qani endi, shu zalda o'tirgan hammalaring quchog'imga sig'salaring-u, qo'ltig'im tagiga bosib muchchilab-muchchilab o'psam”, deya armon qilgan edi.

Xullas, hujraga kirib kelgan “kozyol” bu gaplarini o'zi haqida “iliq taassurot” qoldirish uchun gapirayotgani cho'tir basharasidan shundoq bilinib turardi.

Tabiy, menga yoqmadi.

‒ Sen o'zbekmisan? ‒ deb so'radim.

‒ Napolovinu uzbek, napolovinu tadjik, ‒ deb javob qildi u o'rischalab.

‒ Ota-onang nima ish qilishadi?

– Paxan moy byl izvestnym muzykantom, jallab…

– Ty mojesh bez etogo merzkogo slovtsa?

– Ne ponyal, ty mne prikazyvaesh'? Doprashivaesh'? Kakoe tvoe delo kto byl moy otets? Kakoe tvoe delo, kto ya takoy: uzbek ili russkiy? Ty kto takoy, chtoby doprashivat' menya, a?!

“Talqonchi” o'zicha qizishib ketgan bo'lib, meni qo'rqitib qo'ymoqchi bo'ldi. Mening jim turganimdan ilhomlanib, ovozini yanada avjiga chiqara boshlaydi:

– Ya tebya sprashivayu, kto ty takoy? Ment?! Mojet ty prokuror, a?!

Uning popugini pasaytirib qo'yish vaqti kelganini payqab, o'rnimdan shasht bilan turdim va yoniga kelib:

– Esli seychas je ne zatknesh'sya, mne pridetsya samomu zatknut' tvoy poganiy rot! Ty menya ponyal, kozyol dranyy?!

Sho'rlik “talqonchi” qo'rquvdan dir-dir qaltiray boshladi va eng yuqori pardada jaranglab turgan ovozi birdaniga pasayib, endigina dunyo yuzini ko'rgan qo'zichoqdek ma'rab qoldi:

– Bratan', vy chto, vy chto, bratan', ne nado, ne nado, proshu vas…

– Ya tebe ne bratan', ponyal?

– Ponyal, bratan', ponyal…

“Talqonchi”ning rangi dokadek oqarib ketganiga o'zim ham achindim. Bu tekin tomoshani zimdan kuzatib o'tirgan birodarlar ham yuzlaridagi tabassumlarini yashirolmay qoldilar. Ular “talqonchi” bilan oramizda bo'lib o'tgan bunday “aytishmadan” lazzatlanayotgan edilar.

“Talqonchi” sal o'ziga kelganidan so'ng:

‒ Patsany, v chest' novogo sokamernika, budem nakryvat' xoroshiy stol i pit' chay, ‒ deya dasturxon yoya boshladi.

Men unga bu ishni taqiqladim:

‒ Shu daqiqadan boshlab choy, ovqat ishlari bilan yigitlarning o'zlari shug'ullansin, sen umuman aralashma! ‒ dedim.

– Bratan', ne delayte tak, pojaluysta. Zachem vy eto?

– Chto “zachem”?

– Ya je starshiy po kamere, bratan'. Ya doljen smotret' za obщakom.

– Obщak? Kakoy obщak? Voobщe, kto naznachil tebya starshim po kamere?

Men hujradagi yigitlardan buni kim kameraning kattasi qilib saylaganini so'radim. Yigitlarga ham jon kirib qolgan edi:

‒ O'zini o'zi sayladi, bizning sumkamizdagi narsalarga ham u xo'jayinlik qiladi. Uning ruxsatisiz biz hech narsaga teginmaymiz, ‒ deyishdi jo'r bo'lib.

– Bunga nima deysan, shef?!

“Talqonchi” bu safar qizarib ketdi va birodarlarga nafrat bilan qaradi. Asabiy holda boshini chayqab, u yoq-bu yoqqa yuraketdi. Oxiri hamhujralarga qaradi:

– Rebyata, ya vam chto-nibud' ploxogo sdelal za vse eto vremya? Ved', nichego ploxogo ne sdelal, pravil'no? Vot vy, ochen' ploxo postupili so mnoy. Ya k vam vsegda xorosho otnosilsya, a vy…

Birodarlardan biri uning gaplariga ortiq chiday olmay, yorildi:

– Sen bizga doim yomonlik qilib kelding. Har kuni biz haqda xo'jalaringga axborot berib kelasan. Ularga biz to'g'rimizda yaxshi gaplarni gapirmaysan-ku, axir. Men noto'g'ri gapirayotgan bo'lsam, ayt, sen noto'g'ri gapiryapsan, degin-chi? Aytolmaysan, chunki…

Men birodarning gapini bo'ldim:

‒ Bu nusxaga gapirib o'tirishingiz befoyda. Bugundan boshlab hujrada “starshiy”-“mladshiy” degan gaplarga chek qo'ysak, yaxshi bo'larmidi, ‒ dedim.

Birodarlar bu taklifni jon-dildan qabul qilishdi va biz, 28-chi hujra mahbuslari shu daqiqadan e'tiboran hujrada o'rnatilgan yangi qoida bo'yicha yashay boshladik.

“Talqonchi” eshikni taqillatib, erto'la dahlizidagi “dubak”ni[10] chaqirdi va:

‒ Falonchi meni chaqirsin, unga aytadigan gapim bor edi, ‒ dedi.

Hujradagilar “talqonchi”ni choyga taklif qilishgan edi, ko'nmadi:

– Peyte sami, ya po gorle syt ot vashego chaya! – deb qo'pol javob qildi va tinmay u yoq-bu yoqqa borib kelaverdi.

Biz choy ichib bo'lganimizda eshik ochilib, “talqonchi”ni olib chiqib ketishdi.

Oradan bir oz vaqt o'tib, qaytib keldi va bor-budini yig'ib, hech kim bilan xayrlashmasdan hujrani tark etdi.

Hujradagi yigitlarga jon kirdi. Biz bir-birimiz bilan yaqindan tanishishga tushdik. Har birimiz o'zimiz haqda bir-birimizga ishtiyoq bilan so'zlab bera boshladik.

Shunday qilib, 28-chi hujra mahbuslari shu kundan e'tiboran g'oyibdan kelgan bunday “erkinlik”dan bahra olib yashay boshlashdi.

Biroq o'zimizga o'zimiz yaratgan bu “erkinlik” uzoqqa cho'zilmadi.

O'n besh-yigirma kun o'tib, meni yana IIVga olib ketishdi.

IIV erto'lasi.

Yana o'sha etni junjiktiruvchi sovuq manzara. Yana o'sha turqi sovuqlar.   Yana o'sha jirkanch “tergov” xonasi.

Oradan yarim soatdan ortiq vaqt o'tdi. Bu “tergov” xonada yolg'iz o'tirarkanman, turli xayollarga cho'milar edim. Bu erga yana nimaga olib kelishdi ekan? Peshonaga yana qanday ko'rguliklar yozilgan ekan?..

Va nihoyat, xonaga polkovnik kirib keldi va menga:

‒ Hozir seni eski qadrdoning bilan yuzma-yuz qilaman, lekin qara, hech qanday ortiqcha so'z aytilmaydi, tushundingmi? ‒ dedi.

Kim ekan bu eski qadrdonim? Yusufmi? Qobulmi? Ne'matmi? Kim?..

Men hali aniq bir to'xtamga keliba ulgurmay, “tergov” xonasiga polkovnik yordamchisi kapitan Ulug'bek bir yosh yigit bilan kirib keldi.

Men bu yigitni darrov tanidim.

U men bilan qo'l berib ko'rishmoqchi bo'lgan edi, kapitan bunga yo'l qo'ymadi. Uni mening qarshimga o'tirg'izdi.

Polkovnik qarshimdagi yigitga savol bera boshladi:

– Asqarov, qarshingdagi odamni taniysanmi? Kim u?

– Ha, taniyman. Bu kishi Muhammad Solihning ukasi.

– Ismini, familiyasini ayt.

– Begjonov Muhammad.

– Qaerda tanishgansan?

– Muhammad Solihning Istanbuldagi uyida.

– Begjonov qaerda yashardi? Akasi Muhammad Solihning uyidami yoki boshqa erdami?

– Boshqa uyda yashardi.

– Qaerda? Akasining uyidan uzoqmidi?

– Men uning uyida bo'lmaganman. Qaerdaligini bilmayman.

– Qarshingdagi odam bilan tez-tez uchrashib turarmidinglar?

– Oyda bir-ikki marta uchrashardik.

– Demak, bir-biringni yaxshi taniysanlar, shundaymi?

– Ha, yaxshi tanishmiz.

Polkovnik chekkaroqda o'tirgan kapitanning oldiga borib, nimalarnidir shivirladi.

Kapitan tashqariga chiqib ketdi. Polkovnik qaytib joyiga kelib o'tirdi va endi menga savollar bera boshladi:

– Xo'sh, Muhammad, bu odam kim? Taniysanmi?

– Yo'q, tanimayman.

– Demak, tanimaysan, shundaymi?

– Shunday. Tanimayman.

– Akangnikida ko'rganmisan buni?

– Ko'rgan bo'lishim mumkin, lekin eslayolmayapman.

– Sen akangnikida yasharmiding?

– Yo'q, boshqa joyda yashardim. Lekin, Akamnikiga borib turardim.

Polkovnik yordamchisini chaqirdi va unga nimalardir deb “tergov” xonani tark etdi.

Xonada Zayniddin, men va kapitan qoldik.

‒ Sizlar bemalol gaplashib olaveringlar, boshlig'imiz anchagacha kelmaydi, obed qilishga ketdi, ‒ dedi kapitan.

– Nimani gaplashamiz? Men bu kishini tanimasam, bu kishi meni tanimasa.

– Muhammad aka, siz meni tushunmadingiz, men seryozno aytyapman, bemalol hol-ahvol so'rashinglar, demoqchiman.

– Kapitan, men sizni tushundim, aytyapman-ku, men bu kishini umuman tanimayman! Nimani gaplashishimiz mumkin?

Kapitan Zayniddinga qaradi:

‒ Asqarov, Muhammad akaga aytadigan gapingiz yo'qmi? ‒ deb so'radi.

Zayniddin boshini ko'tardi:

 – Muhammad aka, hammasini aytavering, yaqin kunlarda bular Muhammad Solihni ham, Tohir Yo'ldoshni ham, boshqalarni ham tutib kelisharkan. Bular zo'r ekan, umuman O'zbekiston melisasi dunyoda tengi yo'q kuchli ekan.

– Tushunmadim, bularga nimaning hammasini aytishim kerak? O'zbekiston melisasining dunyoda tenggi yo'qliginimi? Begunoh odamlarni yoppasiga qamab tashlayotganinimi? Beayb insonlarni qiynoqlar ostida “aybiga iqror” qilishlarinimi?

Asqarov gapirishga endi shaylanayotganida polkovnik kirib keldi. Asqarovni turg'azib, dahlizda turgan navbatchi melisaga:

‒ Kamerasiga olib bor! ‒ deb buyurdi-da, menga komp'yuterda yozib to'ldirilgan besh-olti qog'ozni qo'limga tutqazdi: ‒ O'qib chiqib, tagiga: “Tanishib chiqdim, bu erda yozilgan hamma narsa to'g'ri”, deb yozib, qo'l qo'yib ber, bo'ldi. Shu bilan bo'shsan, turmangga qaytib, dam olaverasan. Seni hech kim  bezovta qilmaydi, so'z beraman! ‒ dedi.

Qo'limga tutqazilgan varaqlarni bir boshdan o'qib chiqishga tushdim. Bundagi yozuvlar Zayniddin Asqarovning Muhammad Solih, Tohir Yo'ldoshev va boshqa muxolifat a'zolariga qarshi berilgan ko'rsatmalari ekanini bilib oldim. Har bir qog'oz ost qismida Zaynidinning imzosi turar edi. Oxirgi varaq so'ngida: “Tushuntirish xatini o'z qo'lim va o'z so'zim bilan to'g'ri yozdim”, deb bitibdi. Ketidan Asqarovning ismi-familiyasi yozilgan va imzosi qo'yilgan edi.

‒ Tanishib chiqdingmi? Bu erda keltirilgan “fakt”lar to'g'rimi? Tan olasanmi? ‒ deb so'radi polkovnik.

– Qanday faktlar? Bu erda hech qanday fakt ko'rmayapman. Bular hammasi quruq tuhmatdan va cho'pchakdan boshqa narsa emas, o'rtoq boshliq.

– Qo'l qo'yib berasanmi, yo'qmi? Ho'v inson, o'zingni o'yla, qamoqda o'tirgan akangni o'yla, ukangni o'yla! Bularni o'ylama, ular prizidentimizga, xalqimizga tajovuz qilishdi, bular qonxo'r terroristlar, nega tushunmaysan!

– Iltimos, o'rtoq boshliq, menga o'rgatmang kim terrorist, kim yaxshiyu kim yomonligini. O'zim bilaman kim qanaqaligini.

– Demak, qo'l qo'ymaysan, shundaymi?

– Shunday. Qo'l qo'ymayman.

– Bo'lmasa, o'zingdan ko'r. Keyin pushaymon bo'lib yurma! Hech kim senga yordam berolmaydi. Butun umring qamoqda o'tadi.

– Pushaymon bo'lmayman, o'rtoq boshliq. Birovga tuhmat qilib yashagandan ko'ra, o'lganim yaxshi deb bilaman, o'rtoq boshliq…

Bir ish chiqara olmagach, Polkovnik bilan kapitan kamerada yolg'iz o'zimni qoldirib, chiqib ketishdi…

* * *

[1]    Hujra – kamera.
[2]    Jargonda: “shkonka”: turma va zonalardagi temir karovat.
[3]    Voyskovoy – Ichki ishlar vazirligiga qarashli harbiy.
[4]    Jargonda: “xata” – qamoqxonalardagi hujralar tushuniladi.
[5]    Jargonda: “loxmach” – “xataga” yangi kelgan mahbuslarni jismonan qiynab, o'ziga va boshqalarga qarshi ko'rsatmalar berishga majburlaydi.
[6]    Jargonda: “kozyol” – “xatada” nima gap bo'lsa, hammasini operlarga tashib turuvchi chaqimchi.
[7]    Jargonda: “Mashka” – spiralli elektr o'choq. Asosan, pishgan g'isht o'yilib, o'yiqqa spiral yoyiladi va bir tomonidan elektr tokka ulanadi.
[8]   Bu erda keltirib o'tilayotgan va keyingi bo'limlarda keltirilishi mumkin bo'lgan ko'pchilik “qahramonlar” ism-shariflari xotiramdan ko'tarilgan. ‒ M.B.
[9] Jargonda: “monashka” – jinoyat olamida jinoyat qilgan ayolga nisbatan qo'llaniladigan laqab.
[10]   Jargonda “dubak” (bu yog'iga: dubak) ‒ erto'lada navbatchilik qiladigan Ichki Ishlar Qo'shinlari harbiysi.

(davomi bor)

Manba: Bi-Bi-Si O'zbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube