O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Toshturma

Toshturma
28 Temmuz 2017 - 6:00 'da yuklandi va 2218 marta o'qildi.

TOShTURMA

1999 yil aprel oyida, Zayniddin bilan yuzlashtiruvdan so'ng meni yana Toshturmaning 1-chi ovuli erto'lasidagi 28-chi hujraga tashlashdi.

Hujradagi mahbuslarning uchtasini boshqa-boshqa kameralarga ko'chirishibdi. Eskilardan bitta birodar qolgan, qolgan uchtasi yangi kelganlar. Yangi kelganlarning ikkisi fevral oyidagi portlashlarga aloqadorlikda ayblangan, bittasi yoshi endigina o'n to'qqizni qoralagan Danis ismli tatar bola.

Danis, o'zining aytishicha, “Al-vakir” musiqiy duetining solisti bo'lgan ekan. Uning “jinoiy” sherigi armani bola qamalganidan so'ng Islom dinini qabul qilibdi.

Danisdan nima uchun qamalganini so'raganimda, u quyidagilarni gapirib bergan:

DANISNING HIKOYaSI

– Bundan bir yarim yil burun duetdoshim A…[1] bilan ko'proq pul topib, ansamblimizni kengaytirmoqchi bo'ldik. Lekin pul topishning hech ilojini qilolmadik. Yaqinlarimiz ham, tanishlarimiz ham bizga yordam berolmasliklarini bildirishdi. Shunda mening miyamga Loladan[2] pul so'rab ko'rish fikri keldi. Chunki mening onam bilan Lolaning onasi o'rtasida eskidan yaqin aloqa bor edi. Biz bir-birimiz bilan ancha tanish edik. O'sha vaqtlarda Lolani tez-tez to'ylarga taklif qilishar, shuning hisobidan u ancha pul ishlab topgan edi. So'rasam, yordamini ayamasa kerak, degan xayolda unikiga pul so'rab bordim. Afsus, u ham menga puli yo'qligini aytdi. Bilaman, puli ko'p. Lekin Lola ziqnalik qildi. Uning puli bo'laturib, “menda bir tiyin ham pul yo'q” degani jahlimni chiqardi.

Oradan uch kun o'tgandan keyin men A… bilan gaplashib, Lolani qo'rqitib bo'lsa ham pulini olishga kelishdik. Kechqurun soat 9 larda biz Lolaning uyi qarshisidagi to'qqiz qavatli binoning tomiga chiqib, uning kelishini poylab o'tirdik. Lola soat tungi 12 larda uyiga keldi. Biz liftda pastga tushdik va Lolaning kvartirasiga chiqib bordik. Avvaliga u bizni uyiga qo'ymadi. Biz eshik ortida turib: “Pul so'rab kelmadik, biz bilan hamkorlikda kuylagin degan taklif bilan keldik”, deb aldab uyiga kirib oldik.

Lola bizga qahva tayyorladi va oshxonaga taklif etdi. Uch yashar o'g'lini yotog'iga joylab, oshxonaga qaytib keldi. Biz yarim soatlarcha gurunglashib o'tirdik. O'zimiz bilan bir shisha vino olib kelgan edik, Lola “ichmayman” deb turib oldi. O'zimiz olib kelgan vinoni o'zimiz ichdik. Kayfim osha boshladi. Men muddaoga o'tib: “Bizga besh ming dollarcha pul kerak, bir oydan keyin qaytaramiz”, dedim. Lolaning rangi o'zgardi va: “Yo'qollaring bu erdan, menda bir tiyin pul yo'q deb aytgandim senga!” deb baqira ketdi. Men A…ga qarab: “Qo'lini qayirib ushlab tur!” deb baqirdim va stol ustida turgan oshxona pichog'ini olib qorniga sanchdim. Lola “Voy-dod, yordam beringlar!” deb baqira boshladi. Tezroq tinchitish uchun yana besh-olti marta qorniga, ko'kragiga pichoq sanchdim. Lola shunda ham baqirishdan to'xtamadi. Men yana pichoq sanchishda davom etdim. Oshxona poli qonga bo'yaldi va Lolaning ovozi o'chdi. Lolani o'lgan joyida qoldirdik va qo'llarimizni yuvib-artib zalga kirdik. Zaldan boshlab uyning hamma joyini tintib chiqdik. Besh yuz dollar naqd pul va o'n ming dollarlik tilla taqinchoq oldik va tungi soat 3 larda Lolaning uyini tark etdik…

Shu joyda Danis hikoyasini to'xtatishiga to'g'ri keldi.

28-chi hujra mahbuslariga 15 daqiqalik sayrga chiqish e'lon qilindi. Odatda, sayr turmaning birinchi qavatidagi bir tomoni ochiq, panjaralar bilan to'silgan kameralarda o'tkaziladi.

***

28-hujra mahkumlari 15 daqiqalik sayrdan keyin tushlik qilishga hozirlik ko'rildi. Toshturma erto'lasida soat 12:00 da tushlik tarqatila boshlaydi. Bu turmada tayyorlangan emakni mol ham emaydi, lekin mahbus eyishga majbur. Chunki eyishga boshqa narsa yo'q.

 Toshturmadagi mahbuslarni oziqlantirish ratsioni shunday (1999 y.):

  1. Bir sutka uchun bir buxanka (krokodil[3]) qora non.
  2. Ertalab: bir stakan shirin choy, 100 gr. bo'tqa.
  3. Tushlik: tuzlangan karamdan tayyorlangan “borsh”. Karam haddan tashqari sho'r bo'lganligi sababli, “borsh” bilan qaynagan kartoshka pishmay qoladi. Ikkinchi ovqat – perlovka kasha. Bu “kasha”ga umuman tuz qo'shilmaydi. Uni esang, qog'oz chaynagandek sezasan o'zingni. Karam umuman eyilmaydi.
  4. Kechki ovqat perlovka yoki krupa bo'tqa.

“Krokodil” deb nom olgan non hech qachon oxirigacha pishirilmaydi va yarim xamir holatida tarqatiladi.

Toshturmaning noninimi, balandasinimi iste'mol qilganingdan so'ng, qorning og'ribmi yoki zaharlanibmi sanchastga borsang, senga X-tabletka berishadi. Issig'ing chiqsa ham o'sha X-tabletka, boshing og'risa ham X-tabletka…

Tushlikdan so'ng Danis bilan suhbatimizni davom ettirdik.

DANIS HIKOYaSI DAVOMI

– A… bilan ikkimiz Lolaning taqinchoqlarini ishonchli joyga yashirib, o'zimiz ikki haftaga Qozog'istonga ketdik. Yaqinlarimiz bilan telefon orqali aloqada bo'lib, yangiliklardan xabardor bo'lib turdik. Uydagilardan bizni hech kim so'rab-surishtirmaganini aniqlab, Toshkentga qaytdik. Toshkentda bir oycha vaqt bo'lib, taqinchoqlarni olib, Qozog'iston orqali Leningradga ketdik. U erda tillo taqinchoqlarni pullab, yangi hayotni boshlab yubordik. Leningradda uch oylarcha yurib, Moskvaga keldik va endi u erda yashay boshladik, yangi tanishlar orttirdik.

– O'zbekistondagi yaqinlaring bilan xabarlashib turarmiding?

– Albatta. Kunora telefonda gaplashardim. A… ham har ikki kunda uyidagilar va yaxshi ko'rgan qizi bilan gaplashib turardi.

– Lolani pichoqlaganing tushingga kirmaydimi?

– Yo'q. Shu paytgacha biron marta ham tushimga kirmadi.

– O'ldirayotganingda hech achinganmisan u qizga?

– Lolanikiga kelishda o'zimiz bilan ikki shisha yaxshi vinodan olib kelayotgan edik. Bir shishani tomda o'tirib ichdik, bir shishani Lolanikiga ko'tarib keldik. Lola ichmadi. Bu shishaniyam ikkimiz simirdik. Shundog'am kayfimiz bor edi…

– Rossiyada qancha vaqt yurdinglar? Hech qaerda ishlamadinglarmi?

– Leningradda uch oy, Moskvada yarim yil yurdik. O'zimiz bilan olib ketgan tilla taqinchoqlarni yaxshi bahoga sotdik. Bu pullar to qamoqqa olingunimizga qadar etib ortdi. Yayrab yashadik, afsuski, kutilmaganda qamoqqa olindik.

– Kutilmaganda?

– Ha, kutilmaganda… Chunki biz qilgan jinoyatni boshqa bir odamning bo'yniga qo'yib, ishni yopishgan ekan.

– Unday bo'lsa, qanaqasiga sizlarni qamashdi?

– Hammasiga A… aybdor. Aniqrog'i, A…ning sevgan qizi bizni sotibdi.

Danis qizarib-bo'zarib A…ning sevgan qizini ruschalab so'kadi, jazavaga tushadi, jaxl bilan shkonkani mushti bilan bir-ikki marta uradi.

– U qiz Lolani sizlar o'ldirganligingizni qaerdan bilibdi?

– Anavi ahmoq A… hali Toshkentdaligimizda mast holatda o'sha qanjiqqa “Lolani men gumdon qildim!” deb maqtangan ekan. A…ning sevgan qizi yahudiy edi. Isroilga ketayotganida melisaga borib bizning ustimizdan yozib beribdi.

– Demak, u qiz A…ni aldagan ekan-da, “sevaman” deb?

– Kim biladi. Oxirgi to'rt oy ichida A… u qizga umuman telefon qilmagandi. Moskvada qizlar bilan rosa yurganmiz.

– Rossiyaning melisasi qamoqqa olgandir?

– Ha, ruslar ushlashdi. “Lefortovo”da bir oy o'tirdik, so'ngra bizni O'zbekistonga topshirishdi.

– Bu erda qiynashmadimi?

– Yo'q, qiynashmadi. Biz bor gapni aytib berdik. Qilgan aybimizga to'la iqror bo'ldik.

– Tergov qancha davom etdi?

– Bir hafta tergov qilishdi va darrov ishimizni sudga oshirishdi. “Lefortovo”da o'tirganimizdayoq delomizni tayyorlab qo'yishgan ekan. Shuning uchun ham sud tez bo'lib o'tdi.

– Senga necha yil srok[4] berishdi?

– Yigirma yil strogiy (qattiq) rejim.

– Sherigingga-chi?

– O'n sakkiz. Lekin uning otasi unga kassatsiya[5] yozdirdi. Otasi juda boy odam. Agar A…ning srogidan olishsa, senga ham yordam beramiz, deb va'da berishdi. Meni aldashyapti chog'i. Chunki sud paytida A…ning otasi faqat meni aybladi.

– Sen kassatsiya yozmadingmi?

– Yo'q-da. A…ning otasi “Sen ham yozsang ungayam, sengayam foyda yo'q. Shu uchun qayta sud bo'lishini kutib tur. Agar A…ning srogidan qirqishsa, so'z beraman, sening ham srogingdan qirqadi. U yog'ini o'zim to'g'irlayman”, dedi.

– Sening uyingdagilar sudda qatnashmadimi?

– Dadam sudga keldi. Oyim ikki yil bo'ldi, Frantsiyaga, dugonasi oldiga ketgan edi. Yaqinda o'sha yoqda turmushga chiqibdi.

– Nima, dadang bilan oying ajrashganmidi?

– Shunday… Dadam santexnik bo'lib ishlaydi, topgan puliga ulfatlari bilan aroq ichadi. Oyim shuning uchun ham dadamni tashlab ketgan edi…

Danisdan yana bir bor Lolani yosh o'ldirib yuborganingga achinasanmi deb so'radim. U oradan ancha vaqt o'tganini vaj qildi va hozir o'zining shu holatga tushib qolganidan achinishini aytdi. Mabodo qamoqdan bir-ikki yil ichida ozod qilishsa, Moskvada kinorejisserlikka o'qiyman, dedi. U yoqda yurganida qaysidir rejissyor bilan tanishgani, rejissyor o'qishga kirishida yordam va'da qilganini gapirib berdi.

Ushbu suhbatdan so'ng o'n kunlarcha vaqt o'tib, Danisni boshqa kameraga tashlashdi va u bilan qayta ko'rishmadik.

2005 yili Kogondagi 62-chi zonada ekanimda Baxtiyor ismli bola Qarshidagi zonalardan birida “Al-vakir” duetidan Danis ismli bola bilan o'tirganini aytib qoldi. Men ham unga, o'sha bola bilan Toshturmada, bir kamerada o'tirganimizni gapirib berdim.

Baxtiyor Danisning bugungi holatini tasvirlab: “Uyidan hech kim xabar olmaydi, ozib-to'zib ketgan, yurish-turishi bomjlarga o'xshab qolgan”, degan edi.

O'zbekiston Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi bilan ayblanganlar afu yoki boshqa engillashtirishlardan mosuvodir. Ular tayinlangan jazo muddatining oxirigacha qamoqda o'tirishga mahkumdirlar.

«DEHQON» BOQIJON

Toshturma erto'lasining 28-chi hujrasi mahkumlari ichida farg'onalik dehqon yigit Boqijon bilan tanishish jarayoni kulgili bo'lgan.

May oyi oxirlarida hujramizga uzun bo'yli, qaddi-qomati kelishgan, sochiga ancha oq oralagan, o'ttiz etti, o'ttiz sakkiz yoshlar chamasidagi yigitni tashlashdi. U ko'rpa-to'shagi qo'ltig'ida, bir qo'lida katta sumka ushlagan holda, eshik oldida bir muddat turib qoldi va o'ta past ovozda:

‒ Assalomu alaykum, ‒ dedi.

Salom-alikdan so'ng men mehmonga hech kim kutmagan g'ayritabiiy savollar bilan murojaat qildim:

– Bu kameraga nimaga keldingiz? Kim sizni bu erga yubordi?

Mehmon hayron, go'yo toshga aylanib qotib qolgan. “Jinnixonaga tushib qolmadimmikan?” degan xayolga borgani aniq.

Mehmonni bunday noqulay ahvolga solib qo'yganimdan o'zim ham hijolat chekib:

‒ To'shagingizni anavi bo'sh shkonkaga tashlang, ‒ dedim va dasturxonga taklif qildim.

Mehmon narsalarini joylab bo'lib, davramizga qo'shildi.

– Mening ismim Muhammad, xorazmlikman. Bu yigit Hayotulloh, Namanganning Pop tumanidan, tojik. Dovonda xususiy choyxona ochgan ekan. Uning choyxonasida Tohir Yo'ldoshning tanishlari choy ichgani uchun bu yigitni ham “vahobiy” deb qamashibdi. Bu kishi ham Namangandan, ismi Nuriddin. Bu yigit Toshkentning Samarqand darvozasidan, ismi Rustam, ‒ deb tanishtirib bo'lganimdan so'ng yangi “mehmon”ga qaradim: ‒ O'zlari kim bo'ladilar?

– Ismim Boqijon… Solijonov. Farg'onaning… Farg'onadanman.

– Boqijon, Boqijon… Solijonov – bu familiyangizmi?

– Ha. Solijonov – familiyam.

– Boqijon, siz tanishganingizda hamma vaqt ismingiz yoniga familiyangizni qo'shasizmi yoki ayrim hollardami?– deb so'radim.

Hujradagilar kulib yuborishdi. Boqijon o'zi ham kuldi.

– Aka, uzr, dovdirab qolib familiyani ham qo'shivoribman.

– Dovdiramang-da, uka. Yoki hujramizda sizni dovdiratadigan biror gap bo'ldimi?

Boqijon asta-sekin o'ziga kelib, hazilga hazil bilan javob bera boshladi:

– Aka, to'g'risini aytsam, kameraga kirganimda bergan savollaringizni eshitib, ko'rinishi tuppa-tuzuk odam ekan-u, sal-pal aqldan ozibdi bu kishi, deb o'yladim. O'zingizam jiddiy ohangda gapirdingiz-da, – dedi Boqijon jilmayib.

Boqijon Andijon qamoqxonasidan kelganini, arzimas narsaga ayblanib qamalganini, Xudo xohlasa, tez kunlarda ozodlikka chiqib, o'zining mehr qo'ygan ishi – dehqonchilik bilan shug'ullanishini aytib berdi.

‒ Niyatingiz amalga oshsin, omin, ‒ deb duo qilib qo'ydik…

O'z navbatida, hujradagi eskilar ham nima sababdan qamalganlarini gapirib berdilar.

Shunday qilib, Boqijon ham Toshturma erto'lasi hayotiga ko'nika boshladi. Kunlar o'tib, hujraning eng quvnoq, eng hazilkash mahbusiga aylandi.

Oradan bir-qancha vaqt kechib Boqijonga 700 varaqdan iborat ayblov xulosasi keldi. Bu bir quchoq “ayblovni” ko'rib, hujradagilar ichaklarimiz qotib kulamiz. Boqijon:

‒ Sizlarga ham ayblov qog'ozi kelsin, o'shanda ko'ramiz, kim kimning ustidan kulishini! – deydi.

Uning jinoyatiga bag'ishlangan bu “roman”dagi “qahramonlar”ni, ya'ni Boqijonning “jinoiy sheriklari”ni sanab chiqishning o'zi bir mushkul ish edi.

– Boqijon, o'zbek xalqining teng yarmi jinoiy sherigingiz bo'lsa kerag-ov?

– Ha, aka, menam shunday deb o'ylayman. Aslida, bu rejim uchun o'zbeklarning 90 foyizi jinoyatchi va quldir. Qolgan o'n foyiz qismi rejim maddohlari.

– Boqijon, siyosatdan ozgina xabardorsiz, shekilli. Qaerda o'qigansiz?

– 1990 yili “NarXoz”ni tugatganman, aka. O'zingiz-chi? Qaerda o'qigansiz?

– Men ham Toshkentda, rus tili va adabiyoti institutida 1975-80 yillari o'qiganman…

Boqijonning “ayblov xulosasi”ni varaqlar ekanman, ko'zim Akamning ismiga tushib qoldi.

– E-he, Boqijon! Muhammad Solih ham jinoiy sherigingiz ekan-ku! U kishini taniysizmi!?

Boqijon bu savoldan sergak tortadi, xavotirga tushdi, qanday javob berishni bilmay, duduqlandi.

– U kishini… u kishi bilan tanish emasman, lekin ko'p eshitganman. Prezidentlikka saylov paytida televizorda ko'rganman.

– Umuman qo'l berib ko'rishmaganmisiz?

– Yo'q. Ko'rmaganman… Ko'rishmaganman…

– Boqijon, qo'rqmang, uka, hech kimga aytmayman, chin so'zim. Hech ko'rmaganmisiz Muhammad Solihni? Va'da beraman, hech kimga aytmayman.

– Aka, sizga aytdim-ku, ko'rmaganman deb! Namuncha so'roqqa tutasiz?

“Dehqon” Boqijonning xavotirini ilg'agan Hayotulloh nihoyat “yorildi” va Boqijonga:

– Boqi aka, bu kameradagi hammamiz u yoki bu ma'noda Muhammad Solihning “jinoiy sheriklar”imiz. Muhammad akamiz esa, u kishining tug'ishgan ukasi bo'ladi. Shunday ekan, bizga shubha bilan qarashingizga hojat yo'q, ‒ dedi.

Boqijonning yuzi cho'g'day qizardi, xijolat chekdi. Nima qilishini bilmay, dovdirab qoldi. Men uni bu qiyin vaziyatdan qutqarish payiga tushdim:

– Boqijon, siz bizga to'liq ishonmay juda to'g'ri ish qildingiz. Shu hujradagi hammamiz bir-birimiz haqimizda yaxshi ma'lumotga ega bo'lmay turib, noo'rin gaplarni gapirmaganmiz. To'g'risi, men hatto qamalmasimdan burun ham har kelganga ishonavermas edim. Qamoqda-ku, aytmasa ham bo'ladi. Hatto o'zimga ham ishonmay qolgan lahzalar bo'lgan. Shuning uchun ham sizga kim ekanimni to'liq oshkor qilmadim men ham…

Boqijonning yuzi yorishdi, tarang kayfiyati echildi, ko'zlarida samimiyat aks eta boshladi va endi ancha xotirjam tortdi.

– Hayriyat-e, aka, elkamdan tog' qulaganday bo'ldi, uf-f!..

– Qani, endi ayting-chi, Boqijon, nima uchun qamalgansiz o'zi?

– Muhammad aka, gapning ochig'i shundaki, men ahmoq kimlargadir: “Muhammad Solihning tutgan yo'li to'g'ri edi, mana bu kazzob prezident bo'lib qoldi”, deb afsuslanganman. Bitta shu gapim ularning qulog'iga etib boribdi.

– Tohir, Jumalarni tanimasmidingiz? Faqat shu gapingiz uchun qamashganini qaerdan bilasiz, balki boshqa sabablar ham bordir?

– E-he, Muhammad aka, siz bularni bilmaysiz. Bular bor-ku, bular zvaniya (unvon) uchun, pul uchun onasini sotadigan toifadan-ku! Biz bular uchun kimmiz? Hech kimmiz! Bularga “Shapkasini olib kel!” desa, shapkasi bilan birga boshini uzib keladi!

– Boqijon, faqat to'g'risini ayting, qo'lingizga hech qurol ushlaganmisiz?

– Qaysi ma'noda? Agar armiyadagini nazarda tutayotgan bo'lsangiz, albatta ushlaganman.

– Yo'q, yo'q. Men “ayblov xulosasi”da sizga qo'yilgan ayblarni nazarda tutayapman.

– Qasam ichishim mumkin, qurol-yarog' degan narsani ko'rmaganman. “Xulosa”da keltirilganlarning birontasini ham tanimadim. Faqat akangizni, Tohirni va Jumani og'zaki taniyman, ishonavering. Menimcha, kimdir Muhammad Solih akani tilga olganimni mentlarga etkazgan bo'lsa kerak. Chunki so'roq paytida asosan akangiz to'g'risida so'rashdi.

– Qiynashdimi?

– E-e, aka, gapirmang. Andijon turmasi ham… Shunday qiynashdiki, umuman tanimaydigan odamlarni “akam”, “ukam”, “og'aynim”, devorganimni bilmay qoldim. Ayniqsa, Muhammad Solih akaga nohaq tuhmatlar yog'dirishimga majbur qilishdi. Oyoqlarimni qarang, menimcha dubinkaning izlari bir umrga qoladi endi. Buyraklarim ishlamay qoldi, aka. Jigarim koptokdek shishib ketdi. Hozir bu qaytgani (jigarini ko'rsatadi), mana qarang… Oqsab yurishingizga qaraganda, sizni bizdan ko'ra o'n karra ortiq qiynashgandir?

– Yo'q, el qatori. Yiqilib tushganman, lekin mening qo'lim emas, oyog'im singan. Yiqilganimda men ham mashhur kinokomediyadagidek, “chyort poberi” desam, duru tillolar o'rniga rezina to'qmoqlar bilan “gipslab” tashlashgan.

Hujradagilar qotib kulishdi. Boqijon:

– Muhammad aka, behazil, MVD (IIV) podvali dahshat ekanini hammamiz eshitganmiz. U erdagi mentlar quturgan itlardan ham besh-battar deyishadi, shu to'g'rimi?

– Vazirlik erto'lasidagi mentlarlardan ham vahshiyroqlari bor. Bular o'sha saksoninchi yillarda Afg'onistonda bo'lib qaytgan “spetsnaz”chilar. Ular narkotik modda iste'mol qilib oladilar-da, ishga kirishadilar. Bu bulter'erlar narkotikni qabul qilganidan keyin rahm-shafqat degan narsani bilmaydi. Ulardan tashqari, etimxonada o'sgan etimchalar – Karimovning “farzandlari”– ham qiynoqlarda ishtirok etadi. Ular xuddi “ota”siga mengzaydilar, rahm-shafqat qilmaslik uchun ularga narkotik moddalar qabul qilishi shart emas. Ular “ishga kirishganida” mentlaru tergovchilar dahlizga chiqib ketadi. Gumonlanuvchi o'lib qolsa, guvohlik berishdan qo'rqishsa kerak…

– Demak, rost ekan-da shu gaplar?

– Qaysi gaplar?

– Karimov o'zining tan soqchilarini etimxonalarda ulg'ayib-o'sganlar ichidan tanlaganligi.

– Bilmadim, balki rostdir. Lekin IIV erto'lasidagi barzangilar Karimovning kuchuklari ekanini aytishgan. Shu kuchuklardan biri Xorazmdan edi. Ularni hech kim ismlari bilan chaqirmas edi, o'zlari ham churq etmasdi.

– Gapirmagan bo'lsa, Xorazmdan ekanini qaerdan bilgansiz?

– O'sha erto'lada ishlaydigan bir akaxon, yaxshi odam aytgan. Oddiy melisa. Erto'ladagilardan faqat shu kishi menga rahmi kelib yig'laganini ko'rganman. Faqat shu kishi menga tasalli berar, bu qiynoqlardan tezroq qutilishimni tilab duo qilar edi. Xudo xohlasa, eson-omon bu dardlardan qutilib chiqib ketsangiz, uyimga mehmonga borasiz, deb uy manzilini ham bergan. Shunaqa, Boqijon, melisada ham yaxshi odamlar bor.

– Muhammad aka, gapingiz to'g'ri, melisada ham yaxshilari yo'q emas, bor, lekin ular judayam kam, aytish mumkin, anqoning urug'i. Aslida, bularning 99 foyizi, hali aytganimday, pul desa onasini ham sotadiganlardan. “Mol egasiga o'xshamasa, xarom o'ladi”, degan naql bularga tegishli, aslida. Bularning egasi Karimov. O'zingiz mendan yaxshiroq bilasiz uning qandayligini…

Bir kuni “sayr” paytida Boqijon oldimga keldi va meni chekkaga tortib, sekin ovozda:

– Muhammad aka, hali talabalik davrimdayoq Solih akaga mehrim baland edi. Do'stlarimga uning she'rlarini yoddan o'qib berardim. Nafaqat men, balki barcha talabalar uchun akangiz ideal edi. Taqdirni qarang, qiynoqlarga bardosh berolmadim va eng aziz hisoblaganim insonga tuhmat qilishga majbur etildim. Hozir afsuslanyapman. Azoblarga, og'riqqa oxirigacha chidolmadim. Begunoh odamga, sof insonga tuhmat qilganim uchun hozir o'zimdan jirkanib ketyapman, aka…

Boqijonning ko'zlari yoshlandi, xo'rligi kelganidan boshqa gapirolmay qoldi. Uning holatini tushunaman, ammo qanday tasalli berishni bilmasdim.

‒ Qolgan gaplarni kamerada gaplashamiz, hozir “sayr” ham tugasa kerak, ‒ dedim nihoyat.

Hujraga qaytdik.

Bir soatdan so'ng yana o'sha bemaza tushlik – tuzsiz karam sho'rva, yuvilmay qaynatilgan perlovka, “elim” non (krokodil). Yaxshiyam kamerada “mashka” bor. Yigitlar shu “mashka”da balandani qayta pishirib, haqiqiy ovqatga aylantirishadi, nonni qayta yopishadi.

Eng asosiysi, yoz kelib sho'r karam tugagani.

Tushlikdan so'ng Boqijon mening shkonkamga kelib yonimga o'tirdi va “sayr” paytida uzilgan suhbatni davom ettirdi:

– Aka, omon-eson bu jahannamdan qutilib Muhammad Solih aka bilan uchrashish baxtiga muyassar bo'lsangiz, nohaq tuhmatim uchun meni kechirishini so'rang. Bilmadim, bu yog'i nima bilan tugaydi. Qamoqdan chiqsam, qanday bosh ko'tarib yura olaman? Odamlarning yuziga qanday qarayman? O'lib ketganim yaxshi edi bunday yashagandan ko'ra! Ha, aka, o'lganim yaxshi edi…

– Boqijon, qo'ying, unday demang. Xudo xohlasa, qamoqdan sog'-salomat qutilib chiqsangiz, hammasi unut bo'ladi. Olloh taolodan gunohlarimizni kechirishini so'raylik. Shuning uchun eng oldin qamoqdan sog'-salomat qutulishimizni so'rab duo qilaylik. Inshaolloh, u yog'i bir gap bo'lar. So'z beraman, agar bu jahannamdan qutulsak, Akamga o'zim siz haqingizda gapirib beraman va sizni kechirishini iltimos qilaman. Aniq bilaman: Akam sizni tushunadi va kechiradi.

– Rahmat, Muhammad aka.

– Rahmatni menga emas, Muhammad Solihga aytasiz, Xudo xohlasa.

Bu bizning, yanglishmasam, oxirgi jiddiy suhbatlarimizdan biri edi.

Boqijon bilan suhbat qilishni yoqtirardim. U hartomonlama – ham dunyoviy, ham diniy ilmga ega, keng dunyoqarashli yigit. Afsus, u bilan bo'lib o'tgan suhbatlarimizning esimda qolganlarinigina qog'ozga tushirdim.

Avgust oyi boshida bizning guruhni mahkamaga tortishdi va biz shu ketgancha oy oxiridagina Toshturmaga qaytib keldik.

Men 28-chi hujraga kelganimda, Boqijonni olib ketishgan ekan. Hujradagilar aytishiga qaraganda, unga otuv hukmi tayinlanibdi. Qaerga olib ketishganini hujradagilar bilmagan.

18 yil ichida O'zbekistondagi qamoqxonalarning deyarli yarmida jazo muddatini o'tadim, lekin hech bir zonada “1999 yil fevral voqealarida ishtirok etganlar”, ya'ni “terroristlar”ni uchratmadim, nafaqat uchratmadim, hatto ular to'g'risida bir og'iz so'z eshitmadim.

  * * *

[1]    A… –  Danisning “Al-vakir”dagi sherigi. Ismi esimda yo'q.
[2]    Lola – 90-chi yillar o'rtalarida o'zining yoqimli va jarangdor ovozi bilan o'zbek estradasiga kirib kelgan xonanda. Ko'pchilik: “Lola tirik bo'lganida O'zbekiston xonandalari ichida eng yorqin yulduz bo'lardi”, deydi.
[3]    Jargonda: “krokodil” – 3-chi navli undan yopilgan baton non.
[4]    Jargonda: “srok” – sud hukmiga ko'ra berilgan qamoq jazosi muddati.
[5]    Kassatsiya ‒ sud hukmini o'zgartirishni so'rab qilinadigan shikoyat arizasi.

(davomi bor)

Manba: Bi-Bi-Si O'zbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube