O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“Oxirgi manzil”

“Oxirgi manzil”
30 Temmuz 2017 - 6:00 'da yuklandi va 2718 marta o'qildi.

«OXIRGI MANZIL»

2000 yil 24 aprel. UYa 64/71. JASLIQ

Soat tonggi 4:00 da ikkita zekovoz 80 nafar mahbus bilan Jasliq zonasiga kirib keldi. Biz kelganimizda bizdan oldin kelgan mashinadagi mahbuslarni tushirishni boshlash ekan.

‒ Pervyy poshyol! Vtoroy poshyol!.. ‒ deb baqirishyapti.

Qiy-chuv, baqir-chaqir, qiyqiriqlar…

Men chiqqan zekovozdagi mahbuslar ham mashinadan tushishga hozirlik ko'ra boshlashdi.

Yaxshiyam menda hech narsa yo'q. Qolganlar ashqol-dashqolini boshi uzra ko'tarib olgan, kimlardir sumkasini qidirgan…

Tushish navbati bizga keldi.

Men Ustozning qaysi mashinaga chiqqanini bilmay qolgan edim.

Bu g'ala-g'ovurda baqirishdan ham foyda yo'q. Har kim “o'zing uchun o'l etim” bo'lib yotibdi.

Hamma eshik oldiga suriladi. Go'yo oldinroq chiqsa, ulug' mukofot kutib turganday. Familiyasini o'qiganda chiqsa ham bo'lardi. Yo'q, eshikni to'sib turishi kerak. Boshqalarning o'tishiga xalaqit berishi shart qilib qo'yilgan bularga.

– Begjanov! Begjanov! Qani Begjanov?– deb baqirdi kimdir pastdan.

– Shu erda! Men Begjanov!– deb men ham baqirib javob berdim.

Eshik oldida tiqilib turgan olomonni yorib o'tib, pastga tushib oldim.

Tushishim bilan “Nimaga imillaysan hayvon, kurortga keldingmi?!” deb elkamga, belimga besh-olti marta rezina to'qmoq bilan ayamasdan urishdi. “Delo” bo'yicha tekshiruvdan o'tkazayotgan zobitning oldiga borgunimcha ham 10-15 martalab duch kelgan joyimga urishdi.

– Familiya, imya, otchestvo?! – deb baqirdi ofitser.

– Begjanov Muhammad Madaminovich, 1954 yilda tug'ilganman!

– Stat'ya, srok?

– JKning 158, 159, 216, 242-moddalari bilan 15 yilga ozodlikdan mahrum etilganman!

– Yo'qol! – deb o'shqiradi ofitser.

Bu yog'ida meni nimalar kutayotganini bilmayman va bilishni ham istamas edim.

O'zimni “tirik koridor”ga urdim.

Ikki tomondan dubinkalar duch kelgan joyimga yog'ila boshladi. Og'riqni sezishni unutib, jon-jahdim bilan mo'ljalga intilaverdim. Mo'ljal – tezroq bu “tirik koridor”dan qutulish.

Biroq, “koridor”ning cheki-poyoni yo'qday edi.

Qaerga borishing lozimligini ham o'sha “tirik koridor” ko'rsatib turardi.

“Koridor” bo'ylab ikkinchi qavatga tarmashaman. Dubinka yomg'iri hamon to'xtovsiz va beayov yog'ar edi.

Bu ne baxtki, ikkinchi qavatga chiqqanimda “koridor” tugab, qarshimda stol paydo bo'ldi.

“Hayriyat-e, qutuldim”, degan o'y o'tdi xayolimdan.

Stol orqasida uch ofitser o'tiribdi.

Ular:

‒ Bizga qanday shikoyating bor? Biz vrachlarmiz. Shikoyating bormi? ‒ deb so'rashdi.

‒ Shikoyatim yo'q, ‒ deb javob qildim men.

– Shikoyating bo'lmasa, echin! ‒ dedi bittasi.

Bular mazax qilmoqchi, ustimdan kulmoqchi shekilli, deb o'ylab turib qoldim.

– Nima, tushunmadingmi? Echin deyilyapti senga! ‒ deb baqirishdi baravariga.

Men echina boshladim.

– Hamma narsangni ech, qip-yalong'och bo'l! Hamma narsangni anavi uyumga tashla! Tezroq bo'l, imillama! Kameraga chop, tez bo'l!

Yana o'sha “koridor”, yana dubinkalar yomg'iri.

Qip-yalang'och holda, uyalish nimaligini unutgancha “mo'ljal”ingiz tomonga chopasiz.

“Tirik koridor” kamera eshigi oldida tugaydi.

Eshik oldida alohida-alohida polga bir kishilik kiyim-kechak, bir juft chitoz[1] taxlab qo'yilgan bo'ladi.

Shu taxlamlardan birini olib, kameraga o'qday otilib kirib olasiz va dubinka eyishdan qutulasiz.

 

Bu marosim “Jasliq” zonasiga kirishning “lomka”si deyiladi! Ya'ni, “sindirish” marosimi!

Mendan keyin yana o'ntacha mahbusni bizning kameraga kiritishdi.

Eshiklar qulflandi.

Koridorda jimlik.

Kameramizda ham jimlik hukm surardi.

Hammamiz “bu yog'ida nima bo'lar ekan” deb kutyapmiz.

Bir soatlar so'ng boshqa kameralarning eshiklari ochilib-yopila boshladi. Navbat biz o'tirgan kameraga ham keldi.

Eshiklar ochilib, uch-to'rtta familiyani o'qishdi. Familiyasi chiqqanlarni xonadan opchiqib ketishdi.

Bir ozdan so'ng tag'in eshiklar ochildi va men bilan yana ikki kishini kameradan chiqarib, qarama-qarshi tarafdagi kameralaridan biriga kiritishdi.

Kameradagilar soni biz bilan birga 16 kishiga etdi. Shkonkalar soni ham shuncha, demak bu erga endi odam tashlamaydi. Kameradagi barchamiz bugungi etap bilan keltirilganlarmiz.

Bu erda ham xuddi oldingi kameradagidek, kutish boshlandi. Hamma o'zining xayoli bilan band. Jim-jitlik.

Bir ozdan so'ng kamera eshigi sharaqa-shuruq ochila boshladi.

Hammamiz o'rnimizdan turdik. Kameraga qoraqalpoq leytenant va uchta voyskovoy kirib kelishdi.

– Bugundan boshlab men sizlarning otryadnigingizman, – dedi va ism-familiyasini aytib o'zini tanishtirdi. – Bu yog'iga men sizlarning ham onangiz, ham otangiz bo'laman. Nima kamchilik, nima gapingiz, nima etishmovchilik bo'lsa, menga murojaat etasizlar. Qaerga kelganlaringni bilasizlar, deb o'ylayman. Bilmaganlar bo'lsa, aytay: bu er sizlar uchun oxirgi stantsiya (“manzil” demoqchi). Shu erda o'lasizlar, shu erda ko'milasizlar. Bu gaplarni shaxsan o'zimdan to'qib chiqarayotganim yo'q, boshlig'imiz shunday degan.  Tushunarlimi? Kimda qanday savol bor menga? Qaranglar, tartib-intizom bo'lsin, – deb yonidagi shotirlari bilan kamerani tark etdi.

Otryadnik chiqib ketganidan keyin kameraga “xozbarak”dan[2] yoshi elliklardan oshgan kishi (mahkum)ni kiritishdi. U o'zini tanishtirishni boshladi.

UCh KUNLIK «O'QITUVChI»

– Yigitlar, mening ismim Solijon. Namanganning Kosonsoy tumanidanman. 97- modda bilan o'tiribman. Jazo muddatim 20 yil. Bizni bu erga 1998 yil boshida olib kelishgan edi. Bu erga kelganimizda zonada bizdan boshqa hech kim yo'q, shu binodan boshqa hech qanday imorat ham yo'q edi. Zonaga kirishdagi shtabni, uchrashuv xonalarini biz, hozir “xoz”da ishlayotgan 35 nafar mahkum qurib bitkazganmiz. Juda qiynalganmiz.O'zlaringiz yaxshimisizlar? “Lomka”dan eson-omon qutuldilaringmi?

Kameramizdan bir yigit  unga savol berdi:

– Aka, kechirasiz-u, bu kameraga nima maqsadda keldingiz o'zi?

– Meni bu kameraga yuborishlarining sababi – uch kun ichida sizlarga zonaning ichki tartib-qoidalarini to'liq tushuntirishim kerak. Agarda uch kun ichida o'rgatishga, tushuntirishga ulgurolmasam, menga it azobini berishadi. Shuning uchun sizlardan iltimos, aytganlarimni eslab qolishga harakat qilinglar. Men yo'q paytda bilganlaringiz bilmaganlaringizga o'rgatinglar. Shu uch kun ichida bir-birlaring bilan tanishib olinglar, chunki uch kundan so'ng gaplashish, bir-birlaringga qarash taqiqlanadi. Agarda gaplashganingiz yoki bir-biringizga qaraganingizni dubak ko'rib qolsa bormi, kameradagi hammani koridorga chiqarib dubinkalaydi. Meni ham “o'rgatmabsan” deb qiynashlari tayin. Shuni ham bilib qo'yishlaringiz kerakki, bu zonada dubaklar asosan qoraqalpoq va qozoqlar. Ular yoshmi, qarimi, ayab o'tirishmaydi, qiynashdan lazzatlanishadi. Shuning uchun azoblanishingizga zarracha ham sabab bermanglar.

– Solijon aka, mening ismim Xayrullo, Marg'ilondanman. Uch kun davomida bu erdagi rejimni tushuntiraman, dedingiz. Bu erdagi rejimni o'rganish shunchalik qiyinmi?

– Ba'zilar uchun qiyin, kimdir uchun oson bo'lishi mumkin. Hamma bir xil qabul qilolmaydi-ku. Shuning uchun ham aytdim-da hali: bilganlaringiz bilmaganlaringizga yordam bering, deb. Yigitlar, sizlarga yana bir gapni aytib qo'yay: meni “kozyol” deb o'ylamanglar. Men hech qachon birovga tuhmat yoki birovga nisbatan chaqimchilik qilmaganman, tepada Olloh bor. Bilaman, hammalaringiz dindor odamlarsiz, shuning uchun ham aniq dalilsiz tanimagan odamingiz haqda “bu kishi kozyol bo'lishi mumkin” degan shubhaga borishingiz gunoh ekanligini bilasiz.

– Aka, men Shuhratman, Farg'onadan. Bu zonada qancha odam bor ekan, bilmaysizmi? Promka[3]si-chi, bormi?

– Sizlardan oldin ikki etap keldi, menimcha. Sizlar bilan 200 tadan oshiq bo'larkan. Oldingi etap bilan kelganlar hozir uchinchi qavatda setka to'qishadi. Ikki-uchta kameradan tashqari hamma kameralar tepada ishlashadi.

Shuhrat yana savol beradi:

– Aka, oldingi etaplarni qanday kutib olishgan?

– Yigitlar, kelinglar, oldin shu rejimlarini o'rganib olaylik. Bo'sh vaqtlarimizda ularni ham gaplashib olamiz. Bo'ladimi shunday qilsak?

Kameradagi mahbuslar Solijon akaning bu gapini ma'qullashdi.

– Unda boshladik, – dedi Solijon va zonadagi rejim to'g'risida gap boshladi: – Yigitlar, birinchi navbatda “doklad” qilishni o'rganamiz. Doklad qilinganda kamera raqami aytiladi. Sizlarning kamerangiz raqami 17, esdan chiqarmanglar…

Solijon aka “doklad” qilishni, “holatlar” (polojeniya)ni, ertalabki uyqudan turish, uyquga yotish, sayrga chiqish, hammomga qanday borish, sayrga chiqish, kamerada tintuv paytida nima qilish kerakligi va boshqa tartib-qoidalar to'g'risida gapirdi, tushuntirdi.

‒ Shu uch kun ichida O'zbekiston va Qoraqalpog'iston madhiyalarini yodlab olishlaringiz kerak bo'ladi, ‒ dedi. So'ngra gapida davom etdi: – Meni hozir tushlik qildirishga olib ketishadi. Tushlikdan keyin sizlarga qoraqalpoq gimnini olib kelaman. Birgalashib yodlaymiz. Hozir sizlarga ham ovqat keltirishadi…

Kunning ikkinchi yarmida kameramizdagilar o'zbek va qoraqalpoq gimnlarini mashq qilishdi. Ba'zi birlari qoraqalpoq gimnini yodlab olishga ham ulgurishdi…

Yana ikki kun davomida Jasliq zonasidagi rejimning ikir-chikirigacha tushuntirib bergan Solijon aka, biz bilan xayrlashish oldidan  bizdan oldin kelgan etaplar haqida so'zlab berdi.

Uning aytishiga qaraganda, bizdan oldin kelgan ikki etapning ham “lomka”si dahshatli bo'lgan. Kaltakdan o'lganlar, bir umrga mayib bo'lganlar ham bo'lgan ekan. Shuning uchun ham bizning etap “lomka”si oldingi etaplar “lomka”siga qaraganda “shokolad” emish.

Solijon akaning aytishiga qaraganda, Jasliqqa birinchi etap 1999 yil noyabr (dekabr?) oyida bo'lgan ekan. Birinchi etapdagi mahbuslarni (80 nafar mahbus) g'ayritabiiy uslubda, ya'ni har bir mahkumni alohida matras ichiga o'rab, matras ustidan tikonli sim bilan chandib bog'langan holda AN-12 harbiy yuk uchog'iga ortib bu erga olib kelishgan ekan. Uning eshitishiga qaraganda, bizdan oldin kelgan etaplarda 50 kishidan ortig'ini shaxsan Karimovning buyrug'iga ko'ra shu erda o'ldirishgan ekan.

Solijon aka gapi so'nggida:

‒ Birodarlar, biz endi qayta ko'rishamizmi-yo'qmi, bunisi Ollohga ayon. Gaplarimni omonat sifatida aytdim, sizlarni musulmon deb, imon-e'tiqodli deb ishonib aytdim. Siyosatga aralashmasam-da, men ham Islom Karimovni sizlardan besh-battar yomon ko'raman. Buning sizlar bilmagan sabablari bor, ularni sizlarga gapirib o'tirmayman. Bu erdagilar unga (Karimovga) it kabi sodiqlar. Ayniqsa zona boshlig'i (mayor Bobojonov) Karimovni “Mening haqiqiy otam!” deydi. Agarda ulardan biri men aytgan gaplardan xabardor bo'lsa, shu kuni meni o'ldirishadi. Shuning uchun, iltimos, menga yomonlik istamasalaringiz, o'zlaringizdan boshqa  hech kim buni bilmasin. Ertadan boshlab sizlar uchun og'ir hayot boshlanadi, bunga tayyor turishlaringiz kerak. Har qanday og'ir vaziyatda ham bir-birlaringizni sotmanglar, aksincha, suyanchiq bo'linglar. Olloh yordamchilaringiz bo'lsin, birodarlar. Barchamizga to'ylarda ko'rishish nasib etsin. Xayr, omon bo'linglar, – deb xayrlashdi va kamera eshigini qoqdi.

Hech kim kelmagach, mushti bilan yanada qattiqroq urdi.

Koridordan “Qaysi kamera?” degan ovoz eshitildi.

Solijon aka kamera nomerini aytdi.

Eshiklar ochildi va “uch kunlik o'qituvchimiz” chiqib ketdi.

Shu bo'yi u bilan qayta uchrashish menga nasib qilmadi.

JASLIQ ZONASIDAGI «HOLATLAR»

Solijon aka aytishicha, zonada 11 holat (polojeniya) joriy qilingan. Quyida Jasliq koloniyasidagi o'sha holatlarni sanaymiz:

1-chi holat – Kamera eshigi ochilganida kameradagilar o'rinlaridan turadi va o'ng qo'lini ko'ksiga qo'yib salomlashadi. Navbatchi mahkum ofitserga kameradagi holat to'g'risida axborot beradi;

2-chi holat – mahkumlar tik turgan holda jo'r bo'lib prezident Karimov va zona boshlig'i nomiga hamdu sanolar aytadi, o'zlari sodir etgan jinoyatlaridan pushaymonligini bildiradi va prezident Karimovdan kechirim so'raydi va hokazo.

3-chi holat – eshik ochilmasidan oldin koridordan turib 3-chi holat e'lon qilinganida kameradagi mahkumlar eshikka orqa qilib 4-chi holatda o'tirishlari lozim bo'ladi.

4-chi holat – prodolning[4] o'ng tomonida 8 va chap tomonida 8 kishi qo'llarini bo'yni ustiga qo'yib, boshi pastga egilgan holda, oyoq ustida o'tiriladi.

5-chi holat – bunda 4-chi holatdan chiqib polga o'tiriladi va oyoqlarga 5 daqiqa mobaynida dam beriladi.

6-chi holat – bir oyoqni tizzadan bukib, ikkinchi oyoqda tikka turiladi.

7-chi holat – bir oyoqni ko'tarib oldinga uzatgan holda bir oyoqda tikka turiladi.

8-chi holat – “shmon” (tintuv).

9-chi holat – O'zbekiston Respublikasi davlat gimni jo'r bo'lib aytiladi.

10-chi holat – Qoraqalpog'iston Respublikasi gimni jo'r bo'lib aytiladi.

11-chi holat – devorga o'girilib, qo'llarni yuqoriga ko'targan holda devorga tayanib turiladi. Bu holat, asosan sayrga chiqqanda, hammomga chiqqanda va soch-soqol oldirishga chiqqanda ishlatiladi.

«OG'IR HAYoT»

BIRINChI KUN

2000 yil 27.04. UYa 64/71. Jasliq. 17-kamera.

Haqiqatan ham, Solijon aka aytganidek, ertasiga biz uchun yangi, o'ta og'ir hayot boshlandi. Ertalabdan kameramizga zona boshlig'i shotirlari bilan kirib keldi. Navbatchi mahbusning “doklad”idan so'ng boshliq shotirlaridan biri:

– Begjonov kim? – deb so'radi.

– Men Begjonov, grajdanin nachalnik! – deb eshik oldiga keldim.

Zona boshlig'i mayor Bobojonov ko'zimga tik boqib, diqqat bilan meni kuzatib chiqdi. Men ham uning ko'ziga tik boqib qarab turaverdim. Bobojonovning shotirlaridan biri:

‒ Juda o'xshar ekan, ‒ dedi boshlig'iga.

Bobojonov miq etmadi ‒ shu turganicha qotib turaveradi.

– Bor, joyingga tur! – dedi so'ngra.

– Xo'p bo'ladi, grajdanin nachalnik! – dedim askarchasiga va joyimga borib turdim.

Jasliq lageri boshlig'i mayor Bobojonov bilan shu tariqa tanishib oldik.

Boshliq ketgach, oradan besh daqiqa o'tib-o'tmay, eshikdagi darcha ochildi va koridordagi dubak:

‒ Begjonov, bu yoqqa kel, tirnog'ingni ko'rsat! ‒ dedi.

Eshik oldiga keldim.

‒ Qo'lingni chiqar kormushkadan, temirning ustiga qo'y, tirnog'ing o'sganmi, yo'qmi, tekshiraman!

O'ng qo'limni darcha eshikchasi ustiga qo'ydim. Qo'limga qattiq zarba kelib tushdi. Og'riqdan “Voh, onangni!..” deb so'kvorganimni bilmay qoldim.

Dubak jahli chiqib ketdi, shekilli:

– E-e-e, sen meni onamni so'kdingmi? Qo'lingni chiqar! ‒ deb baqirdi.

– Chiqarmayman, bor, qaerga borsang bor!

– Begjonov! Yaxshilik bilan aytaman, chiqar qo'lingni!

– Chiqarmayman, dedim senga!

Kameradoshlarim hammasi 4-chi holatda ‒ oyoq ustida, qo'llarini bo'yni ustiga qo'ygan holda pastga qarab o'tirishar edi. Dubak aytganidan qolmay, yanada qattiqroq baqira boshladi:

– Begjonov! Oxirgi marta qaytaraman, chiqar qo'lingni! Hozir voyskovoylarni chaqiraman! O'zingni ham, kameradagi safdoshlaringni ham dabdalasini chiqarishadi, tushundingmi!?

Yigitlarga qarayman. Hammasi qanday o'tirgan bo'lsa, shu holicha pastga qarab o'tirar, hech qaysisi men tomonga boshini ko'tarib qaramas edi. Ularga rahmim kelib, qo'limni darchadan chiqardim.

Qo'limga yana zarba tushdi. Eshik ortida turgan vahshiy baqirishda davom etdi:

– Chiqar qo'lingni! O'zim “bo'ldi, bor joyingga” demagunimcha chiqarasan qo'lingni, tushundingmi?!

Bu safar chap qo'limni chiqarib darcha eshigi ustiga qo'ydim. Yana zarba, yana va yana…

Har qo'limga beshtadan dubinka urganidan so'nggina vahshiy:

‒ Bo'ldi, bor, o'tir joyingga! ‒ dedi.

Joyimga kelib o'tirdim.

Ikkala panjam ham yostiqqa o'xshab shishib ketdi.

Qo'llarimni bo'ynimga qo'yolmayman.

Og'riq pasayish o'rniga yanada qattiqroq azob bera boshladi.

Chamasi yarim soatlar o'tib, barmoqlarim bukilmaydigan holatga keldi.

O'ng qo'limdagi jimjiloq barmog'im singanini suyak terini yorib tashqariga chiqib turganidan bildim.

Solijon akaning kechagi aytganlari to'g'ri chiqayotgan edi.

Buni men zona boshlig'i mayor Bobojonovning menga cheksiz nafrat bilan qaraganidanoq sezgan edim.

Ayni choqda, hali bu boshlanishi ‒ “xamir uchidan patir” ekanini ham bilib turardim.

“IIV erto'lasida qanchadan-qancha azob-uqubatga bardosh berdim, to'qqiz kun o'lim bilan olishib yotdim va Ollohning qudrati bilan yana hayotga qaytdim. Inshaolloh, senlarning qiynoqlaringni ham engib o'taman!” derdim ichimda o'zimga o'zim.

Kamera eshigi yana shaqir-shuqur ochila boshladi.

Koridorda turgan dubak “Uchinchi holat!” deb baqirdi. Hammamiz o'rnimizdan sakrab turib, eshikka orqa qilib, yana to'rtinchi holatda o'tirib oldik.

Kimdir eshik tomondan uchta familiyani o'qiydi.

Albatta, chaqirilganlar ichida men ham bor edim.

– Kimning familiyasi o'qilgan bo'lsa, koridorga chiqsin! ‒ deb baqirdi o'sha ovoz.

Uchalamiz oldinma-ketin bir qator bo'lib, yarim egilgan, qo'llarimizni bo'ynimizga qo'ygan holda, orqa bilan yurib eshikka yaqinlashdik.

To'xtadik. Turibmiz. O'rtada men.

Voyskovoylardan biri eshikka yaqin turganni emas, orqada qolganni boshiga dubinka bilan urib?

‒ Sen chiq! ‒ deb o'shqirdi.

U orqasi bilan yurib koridorga chiqdi. Dubinkalarning tapir-tupur sasi chiqdi.

Ikkinchi bo'lib eshik oldida turganni chiqarishdi. Dubinkalar sasi takrorlandi.

Oxirida mening boshimga dubinka uchi bilan urib:

‒ Chiq! ‒ dedi voyskovoy.

Eshikdan chiqishim bilan dubinkalar ishga tushdi.

– Qo'lingni bo'yningga qo'y! ‒ deb hayqirdi biri.

Boshqasi:

‒ Voy-bo', qo'liga nima bo'lgan buni? Shishib ketibdimi? Ey, qo'lingga nima bo'ldi sening? ‒ dedi.

Mendan oldin chiqqanlarni obketib bo'lgan, koridorda men va uchta voyskovoy qolganmiz.

Voyskovoylardan biri ikkinchisiga:

‒ Bor, olib bor buni kapitanning oldiga! ‒ dedi.

– Qo'llaringni orqaga qilib, boshingni egib qadam bos! – deb o'shqirdi buyruq olgan voyskovoy.

Bir koridordan ikkinchisiga o'tib, o'ngga qayrildik. Bir oz yurganimizdan keyin bir kabinet eshigi oldida to'xtadik.

Voyskovoy eshikni taqillatib, meni keltirganini aytdi. So'ngra menga:

‒ Kirib doklad qil! ‒ dedi.

Men kabinetga kirdim.

– Grajdanin nachal'nik, men mahkum Begjonov… buyrug'ingizga binon huzuringizga keldim! – dedim.

Kabinetda bir emas, ikkita kapitan o'tirgan edi. Biri sariq[5] bashara qoraqalpoq, ikkinchisi uzun bo'yli va yuzi cho'tir o'zbek.

Sariq kapitan:

– Xo'sh, janob Begjonov! Sen hozir bizga qamalmagan sheriklaring ustidan ma'lumotnoma yozib berasan. Ular qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi. Sen uchun shuncha yaxshi, men uchun emas, tushunding-a?! Mana ruchka, mana qog'oz. Kel bu yoqqa, o'tir. Chiroyli qilib, po-poryadku yoz. Tushundingmi, Begjonov?

– Tushundim, grajdanin nachalnik, lekin… mening qamalmagan sheriklarim qolmagan. Hammasi qamalgan, grajdanin nachalnik.

Cho'tir kapitan gapga qo'shildi:

– Ha, boboy! Qaerga kelganingni unutdingmi deyman? Bu zonada aldash mumkin emasligini eshitmaganmisan? Qani, bir chekkadan bor haqiqatni yoz-chi, qarindoshlaring ichida qamalmaganlaridan kimlar bor va ular hozir qaerda yashashadi, nima ish qilishadi, kimlar bilan bordi-keldisi bor, hamma-hammasini yoz!

– Hech kim sizlarni aldayotgani yo'q, grajdanin nachalnik. Men bor gapni aytdim. Hamma tanishlarim, qarindoshlarim qamoqxonalarda o'tirishibdi.

Sariq kapitan cho'tiriga:

– Anavilardan birining dubinkasini olib kel, hozir o'zi elanib-yalvorib yozib beradi, – dedi.

Cho'tir dubinka olib keldi, mendan nazarini uzmay, dubinka uchi bilan qornimga niqtadi. Ikkinchi, uchinchi bor shunday qildi…

Sariq menga o'shqirdi:

– Tur o'rningdan! Polga o'tir! Chitozingni ech! Oyoqlaringni oldinga tashlab o'tir! Sanab o'n dubinka eysan, bu sening hozirchalik normang bo'ladi! O'zingga kelib, “Bo'ldi, akalar, hammasini sizlar xohlaganday qilaman”, deb aytmaguningcha, yolvormaguningcha dubinkalaymiz. Qani, o'tir!

Chitozni echib polga o'tirdim.

Cho'tir kapitan qo'lida dubinkani o'ynatib:

– Qani, boboy, oyoqlaringni bi-i-i-r massaj qilib qo'yay. Men “dubinka massaj”ning professionali bo'p ketganman. Hali-veri o'lmasang, mening massajimni uzo-o-q vaqt eslab yurasan. Qani-qani, oyoqlaringni juftlab ol… Ha, ha, shunday. Hozir, hozir… Bir!.. Ikki!.. Boboy, dodlamay o'tir! Kayfni sindiryapsan! Uch!.. Baqirma dedim senga! To'rt!.. Yaxshi… Yoqyaptimi massaj, boboy?! Besh!.. O'n!

Sariq kapitan o'tirgan joyida ishshayar edi. Gap qotdi:

– Bu boboy chatoq chiqdi. O'n dubinkani hazm qilvordi-ya. Qoyil, boboy! Gap yo'q senga! Tak derjat'. O'ligingni o'zimiz uyingga posilka qilib yuboramiz.

Cho'tir kapitan sarig'iga:

– Oldingilar ikki dubinkani eb tayyor bo'laverardi. Bittasi ham besh dubinkadan ortig'iga chidolmagan. “Voy-dod, akajon, iltimos, boshqa urmang!” deb tiz cho'kib yolvorgan edi. Bu boboy gordiy chiqdi. Nichego! Buni ham ertaga sindiramiz. Ha, boboy, shundaymi? Ertaga sinasanmi? Sinasa-a-n, sinmay qaerga ham borarding, boboycha! Sendan zo'rroqlarini ham sindirganmiz, – dedi va xo-xolab kuldi…

Meni kameraga olib kelishdi.

Tushlik keltirildi.

Oyoqlarim shishib ketganidan chitozga sig'may qoldi. Chitozni echib orqaga qo'ydim.

Buni ko'rib qolgan dubak meni eshik oldiga chaqirdi va nimaga chitozni echganimni so'radi.

Men unga oyoqlarimni ko'rsatdim. Shunda dubak:

‒ Bor, joyingga o'tir! ‒ dedi.

Bu dubak oldingi itlarga o'xshamas ekan. “Bor, joyingga o'tir” deyish bilan cheklanib qo'yaqoldi.

Kameraga ovqat tarqatildi.

Menda ishtaha o'lgan, lekin ovqatlanishga majbur edim.

Eshik “ko'z”idan mo'ralab turgan dubak kim nima qilyapti – hammasini ko'rib turibdi. Har qanday shubhali harakatni ko'zdan qochirmaydi. Lekin baribir oldingilardan boshqacha ekani ham bilinar edi.

Men eshikdan kirishda chap tomonda, ikkinchi bo'lib o'tiribman. Eshik “ko'z”iga yaqin joyda.

Ovqat paytida hamma 5-chi holatda o'tiradi. 5-chi holat degani – polga dumbani tashlab, oyoqlarni oldinga uzatgan holda o'tirish.

Ikki boldir orasiga ovqat idishini qo'yib ovqatlaniladi.

Har ikki soatda 5-chi holat e'lon qilinganida, dumbani polga qo'yib oyoqlar cho'ziladi.

Bir so'z bilan aytganda, oyoqlarga besh  daqiqa dam beriladi.

Hozir esa, biz ovqat paytidagi 5-chi holatdamiz.

Hamma ovqatlanyapti. Men qoshiqni ushlayolmay qolgan edim. Barmoqlarim bukilmaydi.

“Ko'z”dan mo'ralab turgan dubak:

‒ Chapdan ikkinchi (ya'ni, men), nega ovqatlanmayapsan? ‒ dedi.

Men qo'llarimni ko'rsatdim.

‒ Bir ilojini  qilib eyish kerak, och qolasan-ku, ‒ dedi dubak.

“Bular ichida ham yaxshilari uchraydi”, deb qo'ydim ichimda.

Dubak aytganidek, “bir ilojini qilib” ovqatning sho'rvasini ichdim…

Ovqatdan so'ng hamma 4-xolatga o'tdi.

Ikki soat oyoq ustida o'tiraverib, qon aylanmaslikdan oyoqlar uyushib qoldi. Kamera yo'lagining chap va o'ng tomonida sakkiztadan mahbus. Ularning ichida faqat men dumbani polga qo'yib o'tiribman. Navbatchi ko'rayapti, lekin gapirmadi.

Navbatchi dubaklar har ikki soatda almashib turishadi.

Hali barcha navbatchi dubaklar bilan “tanishib” ulgurmaganmiz. Hozircha uchtasidan bittasi boshqalariga nisbatan yaxshiroq chiqdi. Shunga ham shukr.

Har ikki soatda besh daqiqa 5-chi holat beradi. Besh daqiqa o'tib, yana 4-chi holatga qaytiladi. Bunday o'tirish kechki ovqatgacha davom etib, ovqatdan so'ng esa, uyquga yotish e'lon qilinishidan 15 daqiqa oldin to'xtatiladi. Qolgan 15 daqiqa kamera ichida sayrga ajratiladi.

Sayrdan so'ng uyquga yotish e'lon qilinadi. Besh soniya ichida hammamiz o'z joyimizda ko'zlarimizni yumgan holda yotishimiz lozim bo'ladi.

Shunday qilib, “og'ir kunlar”ning birinchisi ham o'tdi.

Bugun boshimdan kechirgan voqealarni xayolan tahlil etishga kirishdim.

Oyoq tagiga kelib tushgan to'qmoq og'rig'i miyamga chaqmoq kabi urildi. Go'yo bu chaqmoq chiqib ketishga yo'l topolmay miyamning qoq markazidan teshib o'tganday bo'ldi. Daf'atan “Voh!” deb yuborgan hayqiriq tovushim bir necha soniya samoda muallaq qolganday tuyuldi.

Bunday azob ta'mini IIV erto'lasida o'tirgan har bir dindor, har bir siyosiy tutqin totib ko'rganiga shubha yo'q.

Bunday azoblash turi oldida boshqa qiynash usullari (boshga elim qop kiygazish, tinchlantirish kiyimi kiygazish, muzlatkich ichiga qamash, dumba-badanga dubinka bilan urish, tepkilash, mushtlash, hatto tirnoq qo'porish va h.k.lar) arzimasdek tuyuladi.

Chunki ularni unutish oyoq tagiga urishdan ko'ra tezroq unutiladi. Oyoqlar tagidagi og'riq esa…

Bu azob-uqubatlar endi unutila boshlaganida, uning qayta takrorlanishi har qanday mana-man degan odam yuragiga g'ulg'ula soladi, qo'rquv uyg'otadi, o'ziga ishonchsizlik tug'diradi: “Seni ham ertaga sindiramiz”; “Sendan zo'rroqlarini ham sindirganmiz…”

Qalbdagi birinchi ovoz:

“Nahot sen ham ertaga og'riqqa dosh berolmay bu it emganlar oldida tiz cho'kishga majbur bo'lsang?! Nimaga titrayapsan o'zi?! Qo'rqyapsanmi?! Ha, ha! Qo'qyapsan, ertagi kundan qo'rqyapsan! Ertagi azobdan qo'rqyapsan! Sen qo'rqoqsan, qo'rqoq!..”

Ikkinchi ovoz:

“Sen har qanday azobga chidashing kerak! Sen qo'rqoq emassan, kuchuklar oldida tiz cho'kmaysan! Sendan o'n karra ortiq azob chekkanlar bor, ular sinmadi! Nega sen sinishing kerak?! Qo'rqma, Olloh sen bilan! U seni qo'riqlaydi! Sinishingga yo'l qo'ymaydi!..”

IKKINChI KUN

2000 yil 28.04. UYa 64/71. Jasliq. 17-chi kamera.

Bu cho'li biyobonning qoq markazida tong otishi qanday manzara kasb etishini ko'rish biz mahkumlarga nasib qilmagan. Chunki biz bu xilvatga dam olish, tong otishini tomosha qilish uchun kelmaganmiz. Bizni bu erlarga Karimov rejimi surgilab keltirdi…

Soat ertalabki 5:00.

Koridordagi navbatchilarning baravariga “Pod'yom! Pod'yom!” degan baqriqlari ostida biz mahkumlar besh soniya ichida ham kiyinib, ham safga turishimiz kerak bo'ladi. Yaxshiyam, biz mahkumlarga to'shak va yostiqdan boshqa hech narsa berilmagan. Shuning uchun, oyoq kiyimidan boshqa kiyinish-echinish zarurati yo'q.

Eshik “ko'z”i orqali sanoq o'tkazgan navbatchi voyskovoy bizga hojatga chiqish, yuz-qo'lni yuvib ertalabki nonushtaga tayyorgarlik ko'rish uchun 10 daqiqa vaqt beradi. Shu o'n daqiqa ichida kameradagi 16 kishi hammasiga ulgurib safga turishi lozim. Kameradagi navbatchi mahkum bu to'g'rida navbatchi dubakka axborot beradi.

“Yaxshi” dubak navbatchilik qilayotgan bo'lsa, “zavtrak” kelgunga qadar 5-chi holat e'lon qiladi, boshqalari 4-holat berib oyoq ustida o'tirg'izib qo'yadi.

Bugun “og'ir hayot”ning ikkinchi kuni.

Ertalab nonushtadan so'ng navbatchi dubak mening oyoq kiyimsiz o'tirganimni ko'rdi.

‒ Chapdan ikkinchi, bu yoqqa kel! ‒ deb buyurdi.

Eshik oldiga keldim.

– Nimaga chitozsiz yuribsan? ‒ deb so'radi.

Men unga oyog'im shishib ketgani uchun chitozga sig'mayotganini tushuntirishga harakat qildim. Lekin bu tovuqmiya tushunishni istamadi. Shu bitta savolni qayta-qayta takrorlashdan charchamadi.

Bu esi pastning g'ing'illashi asabga tega boshladi va ortiq unga javob bermay qo'ydim. Ko'ziga lo'q etib qarab turaverdim. Ikki-uch marotaba savoliga jimlik bilan javob olgan tovuqmiya nihoyat yorildi:

– Qo'lingni kormushkadan chiqar!

Bir og'iz ham gapirmay, qo'limni darchadan chiqarib, temir ustiga qo'ydim. Qo'limga urdi. Men qo'limni tortib olmadim.

– Narigi qo'lingni chiqar! Buningni tort!

Men u aytganiday qilib o'ng qo'limni chiqardim. Bunisiga bir dubinka urib:

‒ Bor, joyingga o'tir, chitozni kiy! ‒ dedi.

Men eshik oldidan ketmadim:

‒ Oyog'im chitozga sig'maydi… Qo'limni chiqaraymi? ‒ dedim.

‒ Bor, o'tir joyingga! ‒ dedi tovuqmiya.

Kelib joyimga o'tirdim. Ichimda: “Kun boshlanishi yomonmas. Birinchi “sinov” arzimas bo'lsa-da mening foydamga, qolgan “sinov”lar ham qanchalik og'ir bo'lmasin, inshaolloh, mening foydamga bo'lajak!” deya o'zimga dalda berdim.

Soat sakkizlarda DPNK ertalabki tekshirishga keldi.

Kamera 1-chi holatga kirdi.

Kamera bo'yicha navbatchi mahkum DPNK boshlig'iga axborot berdi:

‒ Men, mahkum… 17-chi kamerada 16 nafar mahkum bor… hammasi joyida… muassasa boshlig'idan minnatdormiz… ovqatlar yaxshi, sharoitlar yaxshi, hech qanday e'tiroz yo'q, arz va shikoyatlar yo'q… prezidentimizga ming rahmat… prezidentimiz olib borayotgan siyosat to'g'ri… bizning prezidentimiz chiqarayotgan qonunlar eng adolatli… va hokazo va hokazo…

Shundan so'ng  saf tartib sanog'i (mahkumlar safdan bir qadam oldinga chiqib o'zining raqamini aytadi) bo'ldi. Sanoqdan keyin yana o'sha 4-chi holatga o'tildi…

Soat ertalabki o'nlar chamasida kamera eshiklari ochila boshladi va 3-chi holat e'lon qilindi. Hamma baravariga o'rnidan sapchib turib, derazaga tomon qayrilib, 4-chi holatga kirdi. Familiyalar o'qildi.

Men va yana ikki mahbus o'rnimizdan turib eshik tomonga yurdik. Kechagi hamrohlarim o'rniga boshqalarini tanlashibdi. Bugun ham kechagiday, yangi hamrohlar o'zlariga tegishli “ulush”larini olib, mendan oldin chiqib ketishdi. Navbat menga keldi. Voyskovoylarning kattasi navbatchi dubakdan so'radi:

– Nega bu oyoqyalang? Oyog'iga nima bo'lgan buning, yostiq bo'p ketibdi-ku?

Navbatchi dubak gapirmasdan boshi bilan operlar kabineti tomonga ishora qildi va:

– Shu turishida olib boravering, oyog'iga chitozi sig'masa biz aybdormas-ku,– dedi.

Oqsoqlanib tashqariga chiqdim. Negadir bugun voyskovoylar meni kaltaklashmadi va operlar kabinetiga yalangoyoq holda olib borishdi.

Kabinetga kirib doklad qildim. Bugun ham kechagi turqi sovuqlar ekan.

Sariq kapitan cho'tiriga:

– Anavining dubinkasini olib qol, ketib qolmasin, – dedi.

Cho'tir chiqib, anchagacha qolib ketdi. Stoli ustidagi qog'ozlarini titkilab o'tirgan sariq menga qaramasdan:

– Xo'-o'-sh, kim eding, Begjonovmi?

Mening javobimni kutmasdan:

– Qanday endi? Yaxshi dam oldingmi? Oyoqlar qalay, oyoqlar? og'rimayaptimi?

Men jim turaverdim. Kabinetga dubinka ko'tarib cho'tir kirib keldi va sariqdan:

‒ Bu nimaga turibdi? O'zidan bilib tayyor turishni bilmasmikan? ‒ dedi.

Sariq o'zining qog'ozlari bilan band bo'lib, cho'tirning gapiga uncha e'tibor bermadi. Shunda cho'tir “mas'uliyat”ni o'z qo'liga olib:

– Qani, boboy, marhamat qilsinlar. Chiroyli qilib o'tirib oling-chi, – dedi. Shu alpozda ko'zi oyog'imga tushdi. – Ie, manavini qara, yalangoyoq kelibdi-ku bu erga!

Sariq qog'oz titkilashdan to'xtab, oyoqlarimga qaradi, so'ngra cho'tirga sirli qarash qildi. Qayta menga o'girilib, dedi:

– Begjonov, nima qilamiz, kechagini yozib berasanmi yoki “super massaj”ni ma'qul ko'rasanmi?

– Grajdanin nachalnik, mening yozib beradigan narsam yo'q, bo'lmaydi ham!

– Hay mayli, demak, massajni davom ettiramiz bo'lmasa, – dedi sariq va cho'tirga:

– Chiroyli qilib beshta dubinka ber, shuning o'zi etadi bunga. Oyog'ining shishi qaytganidan keyin yana plankani ko'taramiz, – dedi.

Cho'tir dubinkaning uchi bilan oyoqlarimga urib ko'rib, hiringladi:

– Og'riydimi? Rosa taranglashibdi o'ziyam, shunaqanggi massajbob bo'pdiki, asli qo'yaverasiz! Tirsillab turibdi-ya, vax-vax-vax!..

“Olloh, O'zing madad ber menga!” deb yolboraman ichimda.

– Boboy, ketdikmi? Qani, beshta bo'lsa, beshta-da! Mana, bir!!! Mana, ikki!!! Mana, uch!!!

Uchinchi zarbada og'riqdan ‒ boshqa og'riqlarga qaraganda “farqli” og'riqdan “Voh!” deb o'rnimdan sakrab turib ketganimni o'zim ham sezmay qoldim. Bu safargi og'riq go'yo ko'zlarimdan ham otilib chiqqanday tuyuldi menga…

Cho'tir qo'rqib ketib stolning nariga tomoniga, sariqning pinjiga tiqilib oladi. Sariqning ranggi oqardi. Mening vajohatim qo'rqinchli bo'lgan shekilli, bu ikki ofitser ancha vaqtgacha shu qotganicha turib qoldi.

Sariq bir oz o'ziga kelganidan so'ng cho'tirga:

‒ Bor, anavini chaqir, obketsin, ‒ dedi.

Na sariq, na cho'tir menga bir og'iz ham gapirmadi.

Cho'tir voyskovoyni olib kirdi.

Voyskovoy ham “Ketdik”dan boshqa bir so'z demay meni olib ketdi…

Bu voqeadan so'ng uch kungacha hech kim mening “mushugimni pisht” demadi. Koridordagilar ham asabga tegishni to'xtatishdi…

ShANBA – JASLIQDA «HAMMOM» KUNI

May oyi boshida biz mahkumlarni bu zonaning “hammom”i bilan tanishtirishdi:

– 17-chi kamera! Hammomga tayyorlan! – degan chaqiriq yangradi.

 Hamma qip-yalang'och bo'lib echindi. Qo'liga faqat sochig'ini olib kamera eshigi oldida saf tortib turildi. “Devorga buril!” degan buyruq bo'lishi bilan devorga qarab, yalang'och dumbalarni dubinka uchun “shayladi”.

Har kim dumbasiga 5-6 dubinkadan eganidan so'ng, koridorning o'rtasida bir qator bo'lib saflandi va “Banyaga tomon begom!” degan buyruqni kuta boshladik.

Men yugura olmaganim uchun safning eng oxirida turibman.

Buyruq yangradi va kameramiz mahkumlari uzun koridorning oxiridagi eshik tomon chopishdi…

Har bir kamera uchun “hammom” vaqti bor-yo'g'i 9 (to'qqiz!) soniya. 16 (o'n olti!) kishi echinish xonasiga yig'ilganidan so'ng, hammomga javobgar dubaklar olti kishi arang sig'adigan “Banya”ga kameramizning hamma mahkumini kiritadi. Dubaklardan biri “Banya  boshlandi” deb e'lon qiladi va to'qqizgacha sanaydi.

Bu “banya”da uchta dush bor, kim o'sha dushlar tagida turib qolgan bo'lsa, shularning badaniga suv tegadi, qolgan 13 (o'n uch!) kishi qanday kirgan bo'lsa, shunday qup-quruq chiqadi.

To'qqiz soniyada hamma “cho'milib” bo'ldi va kiyinish xonasida to'plandi.

‒ Koridorga chiqib bir qator bo'l va devorga o'giril. Paykangni (beshta dubinka dumbaga eyishni nazarda tutadi) olganing 17-chi kamera tomon begom! ‒ degan buyruq bo'ladi.

Kameraga kelgach, voyskovoylarning kattasi so'raydi:

– Banya qanday bo'ldi, mujiklar?

Kameradagilar baravariga:

– Zo'r bo'ldi, grajdanin nachalnik!

– Yuvinmaganlar bormi?

– Yo'q, grajdanin nachalnik, hamma yuvindi!

– Sovunlab yuvindinglarmi?

– Ha, grajdanin nachalnik, sovunlab yuvindik!

– Bizga arz yoki shikoyatlaring yo'qmi?

– Yo'q, grajdanin nachalnik, hech qanday arz-shikoyatimiz yo'q.

– Shikoyatlaring yo'q bo'lsa, soch-soqolni oldirishga tayyorlaning… Soch-soqolingizni sovunlab yaxshi yumshating.

– Xo'p bo'ladi, grajdanin nachalnik!

JASLIQDA SOCh-SOQOL «AMALIYoTI»

Jasliq zonasining mahkumlari haftaning shanba kunidan o'lgudek qo'rqishadi. Chunki bu kun ular uchun o'ta og'ir kun hisoblanadi. O'zi shundoq ham har kuni eb turgan kaltaklari kamlik qiladigandek, ustiga yana “hammom” va “soch-soqol” kabi qiynoq turlari qo'shiladi.

Soch-soqol oldirish uchun kamera mahkumlaridan uch kishi soch va soqolini jo'mrakdan oqayotgan sho'r suv bilan “yaxshilab yumshatadi”. Boshqa kameradan “sartarosh”likka uchta mahkumni olib kelishadi. Ularning qo'llariga bir martalik tig'i o'tmas ustara berishadi va koridorda 5-chi holatda ‒ oyoqlarini kergan holda pastga qaratib o'tirg'izib qo'yishadi. Har bir “sartarosh”ning yoniga ikkitadan voyskovoy birikitiriladi. Ulardan biri “sartarosh”ning, ikkinchisi soch-soqol oldirayotganning “xato”larini “to'g'rilab” turadi. Bu degani – “sartarosh” jo'rttaga soch olmayotganlikda ayblanib kaltak eydi, soch-soqol oldirayotgan esa, soch-soqolini ivitmaganlikda ayblanib kaltak eydi.

Bunday g'aroyib “amaliyot”dan so'ng kameradagilarning barchasi ayiq changalidan qutilgan ovchiga o'xshab qoladilar. Ya'ni ularning soch-soqoli emas, terisi shilinib, boshiyu aft-basharasi qonga belanadi. “Amaliyot” so'ngida:

– Besh daqiqa vaqt. Hamma yuz-qo'lini yuvib, safga tursin! – degan buyruq bo'ladi.

Qonga belangan 16 ta mahkum 5 daqiqa ichida yuvinib-artinib safga turishi kerak bo'ladi. Agarda bironta mahkum safga bir soniya kechiksa, “amaliyot”ning davomi koridorda davom ettiriladi. Agar hamma vaqtida safga turishga ulgursa, “amaliyot” qanday o'tgani haqida so'rov o'tkaziladi.

DPNK boshlig'i yordamchisi, voyskovoylar boshlig'i so'rovni boshlaydi:

– Mujiklar, kayfiyatlar qalay?

Mahkumlar jo'r bo'lib javob beradi:

– Kayfiyatlar a'lo, grajdanin nachalnik!

– Soch-soqollar yaxshi olindimi?

– Yaxshi olindi, grajdanin nachalnik!

– Hech kim qiynalmadimi, ish qilib?

– Yo'q, grajdanin nachalnik, hech kim qiynalmadi!

– Moykalar[6] o'tkirmikan? Tirnamadimi?

– Moykalar o'tkir, tirnamasdan juda silliq oldi, grajdanin nachalnik!

– O'ngdan oltinchi! Bu yoqqa kel! Yuzing, boshing nimaga tirnalgan?

– Yiqilib tushdim, grajdanin nachalnik!

– Qaerga yiqilding, polgami?

– Ha, grajdanin nachalnik, polga yiqilib tushdim!

– Polga yiqilgan bo'lsang, basharang ko'karmabdi-ku, nimaga aldaysan?

– Aldaganim yo'q, grajdanin nachalnik, polga yiqilib tushdim!

– Aldamayapsanmi? Rostdanam polga yiqildingmi?

– Xuddi shunday, grajdanin nachalnik, polga yiqilib tushdim!

–  Malades, mujik! Xo'sh, bizga e'tirozlar bormi, mujiklar?

– Yo'q, grajdanin nachalnik, sizlarga hech qanday e'tirozimiz yo'q!

– Koloniya boshlig'iga shikoyatlar bormi?

– Yo'q, grajdanin nachalnik, koloniya boshlig'iga e'tirozimiz yo'q!

– Koloniya boshlig'ining olib borayotgan ishlari qoniqarlimi?

– Ha, grajdanin nachalnik, koloniya boshlig'ining olib borayotgan ishlaridan mamnunmiz! Ovqatlar yaxshi! Sharoitlar yaxshi! Kamchiliklar yo'q! Shikoyatlar yo'q! Hammom vaqtida bo'lib turibdi! Soch-soqolimizni vaqtida olib turibmiz! Bu yaxshiliklari uchun koloniya boshlig'iga ming rahmat!

– Malades, mujiklar, har doim doklad shunday bo'lsin! Xayr sizlarga, mujiklar!

– Xayr, grajdanin nachalnik!..

* * *

[1]    Chitoz – bir yilda bir marta beriladigan qamoqxona oyoq kiyimi (botinka).
[2]    “Xozbarak” – zonaning xo'jalik ishlari bilan shug'ullanuvchi mahkumlar yotoqxonasi. “Xoz” qisqachasi.
[3]    “Promka” – zonaning ishlab chiqarish (ish bilan ta'minlash) joyi, hududi.
[4]    Prodol – kamera ichidagi eni 2,5 metrlik “dahliz”.
[5] Odatda, har qanday ofitser oldiga kim kirishidan qat'iy nazar, u o'zini tanitib o'tadi. Yuqorida zikr qilingan ikki kapitan o'zlarini menga tanitmagani uchun ularning yuz tuzilishiga qarab “nom” qo'yishga majbur bo'ldim.
[6]    Jargonda: “moyka” – ustaraga o'rnatiladigan tig' (piska).

(davomi bor)

Manba: Bi-Bi-Si O'zbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube