O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Jasliqda “sayr”

Jasliqda “sayr”
31 Temmuz 2017 - 6:00 'da yuklandi va 2684 marta o'qildi.

JASLIQDA «SAYR»

Jasliq zonasida sayr qildirish vaqti aniq belgilanmagan. Ya'ni, zona xodimlarining kayfiyatiga qarab, sayrga chiqarish ertalab soat 10 da yoki tushdan keyin soat 14 da bo'lishi yoinki umuman bo'lmasligi mumkin.

Mabodo sayr bo'ladigan bo'lsa, hech qanday oldindan e'lon qilinmasdan, kameralar eshigi ochilib, “17-chi kamera sayrga chiq!” deyiladi va kameradagilar koridorga chiqishadi, bir qator bo'lib qo'llarini ko'tarilgan holda devorga qo'yishadi. Dumbasiga 5-6 ta “dubinka payka”sini olganlar koridor o'rtasiga bir qator bo'lib saflanishadi va “Sayrxonaga qarab begom marsh!” buyrug'ini kutishadi. Hamma “payka”sini olib bo'lganidan so'ng buyruq yangraydi.

Sayrxona binoning oxirgi ‒ to'rtinchi qavatida joylashgan bo'lib, tepasi armaturalar bilan panjaralangan, panjara ustiga sim to'r to'shalgan bo'ladi. Sayrxona ustida ikkita voyskovoy sayr qilayotganlarni nazorat qilib turadi.

Sayrga chiqayotganimizda ikkinchi qavatdan to to'rtinchi qavatgacha dubinka bilan qurollangan 30-40 harbiydan iborat “tirik koridor” hosil qilishadi. Bu “koridor”dan o'tgan har bir mahkum sayrxonaga etib borgunicha 30-40 tadan dubinka eydi. Sayrdan qaytishda ham bu “o'ziga xos va o'ziga mos” jazo usuli takrorlanadi.

Bir soatlik sayrdan so'ng yana o'sha DPNK boshlig'i yordamchisining savol-javoblar “spektakli” bo'ladi:

– Mujiklar, sayr qanday o'tdi?

– Rahmat, grajdanin nachalnik, sayr yaxshi o'tdi!

– Hech kim urmadi-so'kmadimi?

– Yo'q, grajdanin nachalnik, hech kim urmadi, so'kmadi!

– Chekadiganlar chekdimi? Harbiylar samosad[1] berishdimi?

– Ha, grajdanin nachalnik, hamma chekdi! Samosad ham tarqatishdi!

– Hammalaring mazza qilib sayr qildinglarmi? Yoki ichlaringda nedovolniylaring bormi?

– Hammamiz mazza qilib sayr qildik, grajdanin nachalnik! Oramizda nedovolniylar yo'q, grajdanin nachalnik!

– Koloniya boshlig'iga aytadigan gaplaring, shikoyatlaring bormi?

– Koloniya boshlig'iga rahmatlar deymiz! Ovqatlar yaxshi! Kiyim-boshimiz but! Kamchiligimiz yo'q! Hamma narsa etarli! Arz va shikoyatimiz yo'q, grajdanin nachalnik!

– Maladtsi mujiki! Tak derjat!

 Savol-javoblar so'nggida DPNK yordamchisi “qoniqarli javoblar” uchun kamera mahkumlariga minnatdorlik bildiradi.

Shu bilan sayr tadbiri nihoyasiga etadi.

JASLIQDA «ShMON» (TINTUV)

Jasliqda “shmon” tadbiri boshqa zonalardagi “shmon”ga qaraganda o'zining g'ayriinsoniyligi bilan yaqqol ajralib turadi.

Kamera eshigi ochilib, 3-chi holat e'lon qilinadi. Kameraga dubinkalar bilan qurollangan 10-15 nafar voyskovoy kirib keladi va 8-chi holat e'lon qilinadi. Sakkizinchi holat – bu “shmon” deganidir.

Kameradagi 16 mahkum ikki daqiqa ichida qip-yalang'och echinib, proxodga[2] 4-chi holatda bir-birining bo'yniga o'tirishi lozim bo'ladi. Birinchi qatdagi 4 kishining har biri ustiga yana 3 kishidan o'tiradi. Har bir kishining og'irligi o'rtacha 70 kilodan hisoblansa, birinchi qatdagi sho'rlik 200 kilo yukni oyoq ustida ko'tarib o'tirgan bo'ladi. Bunday “shmon” paytida hushidan ketib qolganlar ham uchrab turadi.

“Shmon” jo'rttaga 10-15 daqiqaga cho'ziladi. Kim yuqori qatdan yiqilsa yoki pastdagi qatda o'tirgan kishi og'irlikni ko'tarolmay o'tirib qolsa, kaltakning ko'pi ularniki bo'ladi.

“Shmon”dan keyin har bir mahkum uchun belgilangan 5-6 tadan dubinka “payka”sini oladi. Shuning bilan kamerada o'tkazilgan “shmon” tadbiri tugaydi va odatdagidek, DPNK yordamchisi kameradagi mahkumlar bilan savol-javoblar o'takazadi:

– Mujiklar, qalaysizlar, kayfiyatlar yaxshimi?

– Rahmat, grajdanin nachalnik, kayfiyatimiz zo'r!

– Shmon qalay o'tdi, yaxshimi?

– Xuddi shunday, grajdanin nachalnik, shmon yaxshi o'tdi!

– Shmonchilarga e'tirozlar yo'qmi?

– Yo'q, grajdanin nachalnik, shmonchilarga e'tirozimiz yo'q!

– Koloniya brshlig'iga qanday gaplaring bor?

– Koloniya boshlig'iga rahmatlar aytamiz! Ovqatimiz yaxshi!

‒ …

‒ …

– Prezident olib borayotgan siyosatni qo'llab-quvvatlaysanlarmi?

– Albatta, grajdanin nachalnik, prezidentimiz olib borayotgan siyosatni qo'llab-quvvatlaymiz! Prezidentimiz chiqarayotgan qonunlarni to'g'ri deb bilamiz! Prezidentimizning islohotlarini qo'llab-quvvatlaymiz! Prezidentimizga rahmat!..

– Shaxsan menga e'tirozlar bormi?

– Yo'q, grajdanin nachalnik, sizga e'tirozimiz yo'q! Siz hamma ishni to'g'ri qilyapsiz! Buning uchun sizga rahmatlar aytamiz!

– Maladtsi mujiki! Tak derjat!..

«STAROSTA»

17-chi kamerada bir kishi «ERK»chi (men), o'n to'rt kishi “hizb”chi va bir kishi “vahobiy”.

Chapdan birinchi, mening o'ng tomon “qo'shnim” Farhod Sapaev vahobiylikda ayblanib qamalgan. Otasi tojik, onasi boshqird. Toshkentda tug'ilgan, yoshi o'ttizlar atrofida, oliy ma'lumotli, rassom. Haddan tashqari intelligent, hatto dushmani bilan ham o'ta yumshoq gaplashadi. O'zining aytishiga qaraganda, namoz o'qishni boshlaganidan so'ng rasm chizishni butunlay tashlagan.

Zonaga kelganimizdan 20 kun o'tib, kameramizga DPNK boshlig'i kelib, Respublika Oliy sudi tomonidan hukm qilinganlarni so'raydi. Bizning kameradan faqat Sapaev Farhod Oliy sud hukmi bilan qamalgani ma'lum bo'ladi.

– Sen bugundan boshlab 17-chi kamerada starosta[3]san. Starostaning vazifasi nimalardan iboratligini bilasan. Agarda kamerada biron ishkal chiqsa, boshing bilan javob berasan, tushunarlimi? – deydi DPNK boshlig'i.

Endi Farhodning zimmasiga kamera mahkumlarini O'zbekiston va Qoraqalpog'iston madhiyalarini ayttirish vazifasi ham yuklanadi.

Bu juda og'ir vazifa…

Shu paytgacha kameramizda “starosta” tayinlanmagan edi va 9-chi holatni nazoratchi dubakning o'zi e'lon qilib, o'zi tekshirardi.

17-chi kamerada faqat men O'zbekiston gimnini aytolmasdim va buning uchun koridorga chiqarib meni rosa kaltaklashardi. Endi Farhod ham men sabab kaltaklanadigan bo'ldi, ammo men bunday bo'lishini aslo xohlamaganman va xohlamayman ham, lekin noilojman, “gimn” desa tilim kalimaga kelmay qoladi. Shu vajdan Farhod ham menga hamroh bo'lib, ikki-uch marotaba kaltaklandi.

Shunday kunlarning birida navbatchi dubak bizning kamera mahkumlari uchun yana 9-chi holat e'lon qildi. Hamma mahkum jo'r bo'lib O'zbekiston madhiyasini kuylaydi. Dubak meni eshik oldiga chaqirib:

– Agar bugun ham aytmasang (gimnni nazarda tutib), nafaqat seni va starostani, balki kameradagi hammani chiqarib kaltaklaymiz! – dedi.

Men dubakka qarata:

– Grajdanin nachalnik, hamma ayb menda. Men gimnni aytishga harakat qilyapman, ammo hech o'xshamayapti. Starostaning ham, boshqa mahkumlarning ham bunda hech qanday aybi yo'q. Shuning uchun, iltimos, faqat meni jazolanglar, – dedim.

Dubakka mening gapim ta'sir qildi shekilli, starostani chaqirib meni hoziroq shu erda, uning ko'zi oldida gimnni o'rgatishga buyurdi.

Sho'rlik Farhod yarim soatlarcha menga gimnni “o'rgatishga” harakat qildi, lekin biror natijaga erisholmadi. Dubak ham bu “repetitsiya”ni tomosha qilishdan charchab:

‒ Koroche, ertagacha o'rgat buni, agar ertaga ham aytolmasa, shu gap: ertaga hammang koridorga chiqasanlar! ‒ dedi va kormushkani yopib qayoqqadir g'oyib bo'ldi.

Dubak eshik oldidan ketganidan so'ng, Farhod yolvora boshlaydi:

– Muhammad aka, ertagacha o'rganaylik, iltimos, bo'lmasa ertaga… Aytmasangiz ham, hech bo'lmaganda og'zingizni qimirlatib turing, – dedi.

– Farhod, siz ham menga ishonmayapsiz, chog'i? Haqiqatan, gimn boshlandi deguncha tilim kalimaga kelmay qoladi. Nega shunday, o'zim ham tushunmayman.

Xullas, kameradoshlarim meni gimn aytilayotgan paytda faqat og'iz qimirlatib turishimga ko'ndirdilar va shu yo'l bilan hamma kaltak eyishdan qutuldi…

«SO'NGGI MANZIL»DAGI KULGILI HODISALAR

Jasliqda bir oylarcha o'tirganimizdan keyin vaziyat bir oz yumshadi. Tushlik, kechki ovqatlardan keyin 5 daqiqa bo'lsayam bir-birlarimiz bilan gaplashishga imkon tug'ilardi. Dubaklar ham endi ertadan kechgacha eshigimiz tagida poyloqchilik qilmasdan, hamma kamera qorovullari koridorda yig'ilishib olib gurung qilishayotganini “akustik” Rahmatilloh aytib, ogohlantirib turardi.

Rahmatilloh o'ng tarafdagi qatorda birinchi (eshik oldida) bo'lib o'tirardi. “Og'ir hayot”ning boshidanoq unga kamera navbatchiligini, ya'ni “doklad qilish”ni topshirganmiz. Chunki, u “doklad”ni shunday qoyilmaqom qilib aytardiki, agarda uning gapirganini Islom Karimovning shaxsan o'zi eshitganida bormi, Rahmatilloh shu kuni qamoqdan ozod qilinib, uyiga qimmatbaho prezident sovg'alari bilan qaytgan bo'lardi. Lekin, ming afsuslar bo'lsin, Islom Karimovni maqtayotganlar, tuqqan otasidan ustun qo'yayotganlar, “haqiqiy otam” deyayotganlar ko'chada ham sonmingta.

Rahmatillohning kameramizdagi ikkinchi vazifasi – akustiklik. Kamerada o'tirib, balandachilar qaysi kameraga ovqat tarqatayotganiyu koridorda nechta voyskovoy yurganligigacha biladi. Shuning uchun unga “akustik” laqabini berganmiz. Shuningdek, akustigimiz bizga qaysi kamerani “payka”ga koridorga chiqarishgani, qanday familiyali mahbusni tepkilagani, hatto qaysi mahbus hushidan ketganligigacha aytib berardi.

Bir kuni Rahmatilloh akustik koridordagi g'ala-g'ovurga quloq tashlab o'tirib, sirli va past ovozda so'radi:

– 18-chi kameradan Mahmudov degan odamni taniydigan bormi?…

Rahmatilloh “Mahmudov” deyishidanoq, tasavvurimda Mamadali akaning siymosi paydo bo'ldi. Biron kori-hol yuz bermadimikan Ustozga, degan savol tug'iladi.

– Ismini aytishmadi? – deb so'rayman Rahmatillohdan.

– Ismini aytdi, lekin …

– Mamadali emasmi? – so'rayman men.

– Ha, ha. To'ppa-to'g'ri, Mamadali deyishdi…

– Nimalar deyishganini aniq eshitmadingizmi? Mahmudov haqda nimalar dedi?

– “Toshkent… Toshkent.. s veщami…” deganini eshitdim. Menimcha, Toshkentga etap qildi. Tochno, etap…

Tabiiyki, mening ham bu kutilmagan “yangilik”dan boshim osmonga etdi. Tabiiyki, shu ondan boshlab men ham bunday “baxt”ga muyassar bo'lishni orzu qila boshladim.

– U kishi mening podelnigim[4]. Yozuvchi. Menimcha, bizning ishni qayta ko'rib chiqishsa kerak. Meni ham bugun yo ertaga etapga tortadi, Xudo xohlasa! Yashang, ukam Rahmatilloh, yashang! – dedim yuragim hapriqib…

Shu kuni ikki marotaba koridorga chiqdik, har ikki marotaba yurak hapriqadi, biroq xushxabar o'rniga kaltak eb kameramizga qaytdik.

Ertagi kunni intizorlik bilan kutaman, lekin ertasiga ham kaltakdan boshqa biror yangilik yuz bermaydi.

Uchinchi kun, nihoyat, Rahmatilloh tilga kirdi:

– 18-chi koridorga chiqarilyapti. “Payka” olishyapti… “Mahmudov” deyapti… Yana “Mahmudov” deyishdi. “Sanchast… sanchast” deyishdi… Etapga ketmagan shekilli… Sanchastga obketishdi, menimcha… Hozir bizning kameraga kelishadi… Kelishyapti…

“Terrorchilar guruhi” bizning kamera mahbuslariga atalgan “payka”ni “tarqatib” daf bo'ldi. Kameramizdagi hamma mahbus kabi, “bosh akustigimiz” Rahmatilloh ham kaltak izlarini ishqalash bilan band. Menga tomon qarashga izza bo'lyapti. Uning bu holatiga rahmim kelib, hazil qilaman:

– Rahmatilloh, siz bu kungi “axborotni” aytmay turganingiz ma'qul edi. Negaki, shu o'tgan ikki kun ichida shunday mazza qilib yashadim, hatto egan kaltaklarim ham go'yo asaldek tuyuldi.

Hamma jim. Gap nima haqda ketayotganini tushunmaydi. Rahmatillo menga ko'zini lo'q qilib o'tirardi.

Gap nima haqda ketganini birinchi bo'lib starosta Farhod tushundi va kutilmaganda baland ovozda qahqaha urib kulib yubordi.

Uning ketidan barakdagi boshqa mahbuslar kulgiga qo'shilishdi.

Kameradagi bu kulgi ovozini koridorda yurgan dubak ham eshitibdi.

‒ Tushunmadim, bu nima xursandchilik? ‒ deb so'radi.

Men o'rnimdan turib, eshik oldiga keldim va:

‒ Grajdanin nachalnik, hammasi joyida. Yigitlar bir-birlariga dubinka izlarini maqtashyapti, shunga kulishyapti, ‒ dedim.

Dubak bir og'iz ham gapirmasdan temir eshikka dubinkasi bilan bir marta urib, ko'zdan g'oyib bo'ldi.

Bunday kulgi 17-chi kameradagi birinchisi edi.

Starostamiz Farhod

Starostamiz Farhodning kaltakdan panjalari shishib ketganidan barmoqlari orasi ochilib, yog'ochdan yo'nilgan qo'llarga o'xshab qolgan edi. Farhodning yurishi ham, turishi ham mashhur ertak qahramoni Buratinoni eslatardi.

Ovqat payti Farhod alumin qoshiqni zo'r berib panjalari orasiga qistirishga harakat qilayotganini ko'rib qoldim.

– Farhod, papa Karloning o'g'liga rosa o'xshabsiz o'ziyam! Qoshiqni tashlang, baribir natija chiqmaydi. Bir-ikki kun endi kartoshkadan voz kechishingizga to'g'ri keladi…

– Nimaga endi men kartoshkadan voz kechishim kerak ekan?

U qanchalik urunmasin, qoshiq ushlashni eplolmadi.

– Farhod, hozir tushlikka ajratilgan vaqt tugaydi, och qolasiz, – dedim.

U idishni ko'tarib, ovqatning sho'rvasini icha boshladi. Sho'rvani ichib bo'lib, kartoshkani barmoq uchi bilan maydalashga harakat qilib ko'rdi. Men Farhodga yana maslahat bilan murojaat qilaman:

– Ho'v, baraka topkur, ikki kun kartoshka emasangiz emabsiz-da, ochingizdan o'lmaysiz. Qiynalib ketdingiz-ku ikki dona kartoshka deb, – dedim jiddiy ohangda.

– Muhammad aka, namuncha yopishib oldingiz “kartoshka”, “kartoshka” deb. Miskamdagi kartoshkalar meniki, hech kimga bermayman, o'zim eyman, tushundingizmi! Burnim bilan bo'lsa ham ezaman shu kartoshkani! – dedi u mendan ham jiddiy turib.

Kamerada uch-to'rt soniya jimlik hukm surdi. Hamma Farhodga qarab hayron qotib qolgan.

Bir-necha soniyadan so'ng xuddi birinchi galdagidek, 17-chi kamera kulgiga to'ldi.

***

Kunlarning birida marg'ilonlik ikkita yigit – Ravshan bilan Alijon o'zaro shivirlashib gaplasha boshlashdi. Starosta Farhod ularni ogohlantirdi:

‒ Dubak ko'rib qolsa, ikkalang ham pishasanlar, ‒ dedi.

Ravshan unga javoban:

‒ Og'zimizni tirsak bilan to'sib o'tiribmiz, dubak qanday ko'radi, qiziq gapirasan-da, Farhod, ‒ dedi.

Farhod ham “bilganlaringni qillaring” degan kabi ularga boshqa gapirmadi.

Oradan besh daqiqa, o'n, o'n besh daqiqa o'tdi hamki, ularning tili tiyilmadi. Men Ravshanga:

‒ Ikkalangning ham gaplashib o'tirganing ko'z-qoshlaringning harakatidan sezilib turibdi, hozir dubak buni ko'rib qolishi aniq, ‒ dedim.

Ravshan yana o'z bilganidan qolmay, Alijon bilan shipshishda davom etdi.

Bir oz vaqtdan so'ng eshikdagi darcha ochildi va dubak chap qatordan Ravshanni, o'ng tomondan Alijonni darcha oldiga taklif qildi:

– Qo'lingni chiqar! – dedi Ravshanga.

– Grajdanin nachalnik, sababnini bilsam bo'ladimi? Nimaga qo'limni chiqarishim kerak?

– Qo'lingni chiqar! Sababi gaplashib o'tirganing,– dedi dubak.

– Biz gaplashmadik, grajdanin nachalnik.

– Chiqar qo'lingni! Yolg'on gapirganing uchun ham chiqarasan qo'lingni! – deb hayqiradi dubak.

– Biz gaplashmadik, grajdanin nachalnik.

– Ho'v! Asabga o'ynama, chiqar qo'lingni!

– Grajdanin…

– Chiqar!!! – deb o'kirdi dubak.

Bu o'kirikdan bir sakrab tushgan Ravshanning gapi og'zida chala qoldi. O'ng qo'lini sekin chiqarib, darcha eshikchasi ustiga qo'ydi: “Bang!” ‒ “Voh!”

– Chap qo'lingni chiqar!

– Grajdanin nachalnik, axir biz gaplashmadik.

– Chiqar!

– Xo'p, aka, lekin biz gaplashmadik…

– Chap qo'lingni dedim!

Ravshan chap qo'lini chiqardi. Har qo'liga beshtadan dubinka edi.

Alijon ham “aybi”ni tan olmadi. U ham har qo'liga beshtadan dubinka edi.

So'ng dubak Ravshanni chaqirdi:

– Yana gaplashasanmi safda?

– Yo'q, grajdanin nachalnik! Boshqa qaytarilmaydi!

– Tushunmadim, nima qaytarilmaydi?

– Boshqa gaplashmaymiz, grajdanin nachalnik!

– Safda gaplashib o'tirganingni tan olasanmi, axir?

– Ha, grajdanin nachalnik, tan olaman! Boshqa qaytarilmaydi!

– Chiqar qo'lingni!

– Grajdanin nachalnik…

– Chiqar dedim!

Ravshanboy va Valijon ikkisi yana beshtadan qo'llariga dubinka egandan so'ng joy-joyiga kelib o'tirishdi. Ingrashib, hadeb qo'llarini silashadi.

Ularga hamdardlik bildirgim keldi:

– Ravshanbek, hali dubinka emay turib “boshqa qaytarilmaydi, kechiring” deganlaringda, balki bir dubinka ham urmasdi.

Ravshan indamadi, yostiqchaga aylanayotgan qo'lini bukib ochib o'tirishda davom etdi.

Farhod ularni mazax qilib:

– Barmoqlaringni mashq qildirishdan foyda yo'q, baribir shishadi. Hechqisi yo'q, ikki-uch kun ovqatning faqat sho'rvasini ichib, kartoshkadan voz kechib turasanglar, ochingdan o'lmaysanlar, – dedi.

Farhodga e'tiroz bildirdim:

– Nega ular kartoshkadan voz kechishar ekan? Burni bilan bo'lsa ham ezishadi, voz kechish yo'q!

Jasliq zonasining 17-chi kamerasida yana ‒ endi uchinchi kez kulgi ko'tarildi.

KO'Z «UChIShI» TA'BIRI

2000 yil 11.06. UYa 64/71. Jasliq.

Tong sahardan ikkala ko'zim ham pirpirab ucha boshladi. Buni yonimda o'tirgan Farhodga aytib, ta'birini so'radim. Farhod:

‒ Asablaringiz charchagan, shunga bo'lsa kerak, ‒ dedi.

Ertalabki nonushtadan so'ng koridorga chiqdik. “Payka”mizni olib, yana kameraga qaytdik. Ko'z “uchishi” to'xtadi.

‒ Ko'zlarim ertalabki “payka”ni istagan ekan, uchishdan to'xtadi, ‒ dedim hazillashib.

Ammo bir oz vaqt o'tib, egan kaltaklarim kamlik qildi shekilli, ko'zlarim yana pirpiray boshladi. Yana biror narsani istab qoldi, shekilli.

Soat 10:30 larda kameramiz mahbuslarini “sayr”ga chiqarishdi.

“Sayr”ga borishda, qaytishda odatdagidek yaxshigina kaltaklandik. Ko'zlarim “uchish”dan to'xtashdi. Biroq bunisi ham vaqtinchalik ekan.

Kechqurun “zerikib qolmasligimiz uchun” yana koridorga chiqarildik. Kechki “payka”ni olib, kameraga kirdik. Ko'zim pirpirashdan to'xtaganday bo'ldi. Lekin to'rtinchi gal ham vaqtincha to'xtadi. So'ngra yana boshladi.

Xoynahoy, uxlab qolganimda ham ko'zlarim “uchgan” bo'lsa kerak.

2000 yil 12.06.

Bugun ham xuddi kechagiday, ko'zlarim tongni pirpirab kutib oldi. Shunga qaramasdan, kayfiyatim ko'tarinki edi.

Bugun ham kechagi kunning takrori bo'ldi. Ertalab kaltak, tushlikdan oldin kaltak, kechqurun kaltak. Ko'z “uchishi” ham xuddi kechagiday…

2000 yil 13.06.

Uyqudan uyg'ondim deguncha, ko'zlarim yana “ucha” boshladi.

“Allergiya yoki bironta asab kasalligi alomati bo'lsa kerak”, degan shubhaga bordim. Chunki ilgarilari o'zimda bunday g'alati holatni hech qachon sezmaganman.

Ertalabki “payka”dan so'ng o'ng oyog'im (singan) zirqirab og'riy boshladi. Soat 11 larda Farhod bilan sanchastga tushdik. Hamshira o'ng oyog'imni ushlab ko'rib, vazelinga o'xshagan narsadan qog'ozga barmoq uchiday siqib berdi va:

‒ Hozir oyog'ingizga surting, ertalabgacha og'riq ham, shish ham qaytadi, ‒ dedi.

Men og'riq qoldiruvchi igna iltimos qildim. Hamshira xonada o'tirgan qoraqalpoqdan (vrach bo'lsa kerak):

‒ Qanday ukol qilsak ekan? ‒ deb so'radi.

“Vrach” o'rnidan turib kelib, oyog'imni ko'rgan bo'ldi va:

‒ Mazdan surt, ertaga bitib ketadi, ‒ deya maslahat berdi.

Shu bilan “davolanish kursi” tugab, biz yana o'z kameramizga qaytdik.

Soat 11:30 larda akustik Rahmatilloh eshik oldiga kimlardir kelganidan xabar berdi. Tushlik desak, u yana 15 daqiqadan so'ng tarqatiladi. Demak, eshik oldidagilar balandachilar emas. Demak, boshqalar. Ammo kimlar?

Rahmatillohning bu safargi “bashorat”i ham to'g'ri chiqdi va kameraga 3-chi holat e'lon qilindi:

– Begjanov, hamma narsang bilan tashqariga! – dedi kimdir.

Men narsalarimni yig'ishtirib, chitozni qo'limga olib koridorga chiqdim. Koridordagi kapitan men to'g'rimda ma'lumotlarni solishtirib ko'rdi va harbiyga:

‒ Olib bor! – deb buyruq berdi.

Chitozni qo'limda olib ketayotganimni ko'rib qolgan kapitan bizni to'xtatib harbiydan:

– Nega bu oyoqyalang yuribdi? – deb so'radi.

– Oyog'i shishib ketgan, o'rtoq boshliq, – javob berdi harbiy.

Kapitan yonimga kelib oyog'imni ko'rdi.

‒ Qani, kiyib ko'r-chi, balki sig'ar, ‒ dedi.

Men chitozni kiyishga harakat qildim. Ayniqsa o'ng oyog'im haddan tashqari shishib ketgani uchun hamma harakatlarim zoe ketdi.

Kapitan harbiyga chitozning oldi va yonini kesishni buyurdi. Harbiy o'ng oyoq chitozimni olib pichog'i bilan kesdi. Bir iloj qilib ilma-teshik bo'lgan chitozni oyog'imga ildirib, oqsoqlangancha zinadan birinchi qavatga tushdik.

Qaysidir xona to'g'risiga kelganimizda, harbiy menga:

‒ Narsalaringni shu xonaga tashla! ‒ dedi.

Men faqat bitta to'shakdan iborat bo'lgan “narsalarimni” xonaga uloqtirdim.

Buni kuzatib turgan harbiy elkamga bir dubinka tushirib:

‒ Nimaga uloqtirasan? Ertaga boshqasi kelib shu matrasda yotadi! ‒ dedi.

Men unga javob qaytarib o'tirmadim…

ALVIDO «JASLIQ»!

Tashqariga chiqayotganimizda, meni kuzatib ketayotgan harbiy:

– Mahkum! Chepchigingni[5] bosib kiy! Yanayam tushir, ko'zing faqat oyog'ingni ko'rsin! – dedi u baqirib.

Yuzmi, ikki yuzmi metrlar chamasi yurib, bir eshikdan kirib bordik. Harbiy kim bilandir gaplashdi. Menga 4-chi holatda o'tirishimni buyurdi. Qo'limni bo'ynimga qo'yib o'tirib oldim. Ko'zlarim faqat oyoqlarimni ko'radi.

O'ng oyog'imdagi chitozga ko'zim tushib, kulgim qistadi: g'irt masxarabozga o'xshabman…

Chap tomonimdan bir ovoz:

– Mahkum! Boshingni ko'tar, bu yoqqa qara! – dedi. Men boshimni ko'tarib, ovoz kelgan tomonga qaradim.

Kamera oldida kimligimni aniqlagan kapitan boshqa bir kapitanga mening “delo”mni topshirayotganini ko'rdim.

– Chepchigingni ech, boshingni ko'tarib bu yoqqa qara! – dedi tanish kapitan.

Endi qabul qilib olayotgan kapitan o'rischalab so'roqqa o'tdi:

– Familiya, imya, otchestvo, god rojden'ya, stat'ya, srok…

Men kapitanning hamma savollariga javob berib bo'lganimdan so'ng, tashqariga olib chiqishdi va zona darvozasi oldida turgan zekovozga chiqarishdi.

Mashinaga avtomat bilan qurollangan uchta soldat, ovcharka etaklagan serjant ham chiqib joylashib olishdi.

Hamma yog'i temir bilan qoplangan zekovozning ichi tandirga o'xshab qizib ketgan edi. Ustiga ustak, konvoylarning kattasi yarim soatlarcha qaerdadir qolib ketdi. Mashinadagi harbiylar navbatma-navbat tashqariga chiqib tushishar, men esa bu “o'choq”da zo'rg'a nafas olib o'tirishda davom etardim.

Nihoyat, konvoylarning kattasi kelib, haydovchi yoniga o'tirdi va zekovoz o'rnidan qo'zg'oldi.

Mashina tepasidagi ochiq lyuk (darcha)dan cho'lning yoqimsiz, issiq nafasi uradi.

Ikki soatcha vaqt yurganimizdan keyin mashina to'xtadi va mening qo'llarimni kishanlab, pastga tushirishdi.

Avtomatchilar atrofimni o'rab olishdi. Serjant itini hozirladi.

Bularni ko'rib, miyamga kelgan birinchi fikr bu bo'ladi: “Etib keldim, hozir otib tashlashadi. Atrof kimsasiz. Shu jazirama bepoyon cho'lda kim ham bo'lardi…”

– Ho'v brat, bo'ling tezroq, hojatingizni chiqaring, endi to Nukusgacha to'xtamaymiz, – dedi serjant.

Mashinaga chiqqanimizdan so'ng serjantdan qaerga ketayotganimiz to'g'risida so'radim.

– Biz sizni Nukus turmasiga topshiramiz. Turma Toshkentga jo'natadi…

* * *

[1]    Samosad – arzon tamaki turi.
[2]    Proxod – ikki shkonka orasidagi kengligi yarim metrlik, bo'yiga 1 metr 70 santimetr keladigan oraliq joy.
[3]    Starosta –  bu erda: “javobgar” ma'nosida. Ya'ni, kameradagi umumiy holat uchun javobgar shaxs. Jasliqda bu “lavozim” bilan Karimov rejimining ashaddiy dushmanlari hisoblanganlarni “siylashadi”, chunki bu “lavozim” egalari kameradagi arzimas “xatolar” uchun ham ayovsiz kaltaklanadilar, qiynoqqa solinadilar.
[4]    Podelnik – jinoiy sherik.
[5]    Chepchik – mahkumlarning yozgi bosh kiyimi.

(tugadi)

Manba: Bi-Bi-Si O'zbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Muso ;

    Mana shu jivoy kalidorni Misrda zolim jamol abdunnosir ixvanlar uchun uylab topishgan. 90-chi yillarda IAK alayxil-la'na uz chekistlarini misrga yuborgan urganib kelish uchun deyishardi. IAK alayxil-la'na ni boshidan niyyati buzuk bulgan. u paytda xali terrordan darak xam yuk edi.

    31/07/2017 11:26
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube