O’zbekiston Xalq Harakati

Muhammad Solih shoir va siyosatchi. 1949 yil 20 dekabrda Xorazmning Urganch tumanida dunyoga kelgan. Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakul'teti va Moskvadagi Oliy adabiyot kurslarida tahsil olgan.

1977 yilda ilk she'riy kitobi chop etilgan Solih XX asr o'zbek she'riyatiga g'arb avangardchiligini olib kirgan shoir sifatida shuhrat kozondi.

Muhammad Solihning 20 dan ortiq she'riy va publitsistik kitoblari chop etilgan. Solih siyosiy faoliyatiin 1985 yilda boshladi. U «Birlik» xalq harakatining asoschilaridan biri.

1989 yil «Birlik»dagi bo'linishdan so'ng, Solih “Erk“ partiyasini qurdi.

1991 yil 29 dekabrda o'tgan ilk Prezidentlik saylovlarida Islom Karimovning raqibi bo'lgan. 1992 yilda xibsga olinishi va muxolifatga qarshi repressiyalar ortidan O'zbekistonni tark etgan.

Karimov rejimi uni 1999 yildagi Toshkent portlashlarida ayblab, o'n besh yarim yilga sirtdan qamoq jazosiga mahkum etgan.

Eltuz – «Ozodlik ohanglari» audio to'plamiga kirgan she'rlarni taqdim etishda davom etadi.

2007 yili Soros jamg'armasi tomonidan Londonda chop etilgan bu kitobga o'z yurtida aksar taqiqlangan turfa shoirlarning ijtimoiy she'rlari o'rin olgan.

Shunday Vataning bo'laturib

Shunday Vataning bo'laturib,
Yozasan yulduzlar haqida,
Charog'on kunduzlar haqida,
Qoshlari kunduzlar haqida.

Shunday Vataning bo'laturib,
Sen gullar haqida kuylaysan.
Onangning ham ko'zyoshini sen
Shabnam deya o'ylaysan.

Shunday Vataning bo'laturib,
Koinot haqida so'zlaysan.
Toshga urish kerak bo'lgan boshni
Gulchambar uchun shaylaysan.

Shunday Vataning bo'laturib,
Qurol yo'q qo'lingda.
Shunday vataning bo'laturib,
Qo'rqasan o'limdan!

Na go'zal

Bir yonda ojizu, bir yonda kuchli
kurash boshlanarkan tarafma-taraf,
ojizning yonini olganing uchun
«xoin» deb nom olmoq naqadar sharaf!

Na sharaf, xalqini qul etgan podshoh
«mening dushmanim» deb seni atasa,
jazavaga tushsa isming eshitgan chog'
kitobingni o'qib, yirtsa, toptasa!

Na sharaf-ki zulmga «zulm!» deya olsang,
boshingda har kuni sinsa-da tayoq,
shaytondan qo'rqmaslik naqadar go'zal,
na go'zal yagona Ollohdan qo'rqmoq!

Muhammad Solih
«Ozodlik ohanglari»

05 Ağustos 2017 - 0:00 'de eklendi ve 1949 kez izlendi.

«Bir yonda ojizu, bir yonda kuchli…»

Muhammad Solih shoir va siyosatchi. 1949 yil 20 dekabrda Xorazmning Urganch tumanida dunyoga kelgan. Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakul'teti va Moskvadagi Oliy adabiyot kurslarida tahsil olgan. 1977 yilda ilk she'riy kitobi chop etilgan Solih XX asr o'zbek she'riyatiga g'arb avangardchiligini olib kirgan shoir sifatida shuhrat kozondi. Muhammad Solihning 20 dan ortiq she'riy va publitsistik kitoblari […]

Etiketler :
Inqirozga yuz tutdi borliq… Inqirozga yuz tutdi borliq…
Ezgulikni yoqla hamisha… Ezgulikni yoqla hamisha…
Sergak bo'ling. Yolg'onga uchmang… Sergak bo'ling. Yolg'onga uchmang…
…Kun botadi …Kun botadi
Har boshda bor bu dard… Har boshda bor bu dard…
HABER HAKKINDA GÖRÜŞ BELİRT

SON DAKİKA HABERLERİ
istanbul escort