O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Uzoq Sharqni o'zbeklar egallab olishidan xavfsirashayaptimi?

Uzoq Sharqni o'zbeklar egallab olishidan xavfsirashayaptimi?
25 Ağustos 2017 - 19:34 'da yuklandi va 2366 marta o'qildi.

Rossiyaning Uzoq Sharq o'lkalarini so'nggi 20 yil ichida 2 milliondan ziyod mahalliy aholi tark etgan, mehnat muhojirlari soni esa 15 foizga ortgan.

Joriy yil boshidan buyon 400 mingdan ziyod xorijliklar Uzoq Sharq federal okrugida migratsiya hisobiga qo'yilgan. Mehnat muhojirlarining eng katta qismi o'zbekistonliklar, tojikistonliklar, xitoylik va shimoliy koreyaliklarni tashkil etadi.

Ona erni nega tashlab ketishayapti?

Rossiyaliklarni Uzoq Sharqqa jalb etish uchun hukumat 1 gektardan bepul er, muhojirlar uchun vaqtincha yashash va fuqarolik xujjatlarini engillashtirilgan tartibda olish imkoniyatlarini beradi. Hududlarda asosan qurilishlar va qishloq xo'jaligi ishlari bilan shug'ullanish taklif etiladi.

Mahalliy aholining ona erlarini tashlab ketishlariga Uzoq Sharq hududlarining ijtimoiy, yashash-kommunal va transport infratuzilmalarining rivojlanmaganligi, iqtisodiyotning katta qismlarida daromad darajasi pastligi, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlariga yuqori darajada bog'liqlik sabab sifatida ko'rsatiladi.

“Qishloq aholisining bandligi alohida tashvishlantiradi. Bu erda ishsizlar soni juda yuqori. Ayniqsa, bunday murakkab vaziyatlar Evrey avtonom respublikasi, Primor va Kamchatka o'lkalarida qayd etilgan”, – deydi RF Havfsizlik kengashi kotibi Patrushev.

Migrant “Uy ber!” demaydi…

Xabarovsk o'lkasi rahbari Aleksandr Sokolov shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga bag'ishlangan matbuot anjumanida hududga ko'proq osiyolik mehnat muhojirlarini ishga taklif qilish fikrini aytdi.

Chet ellik ishchilar vazifalariga xabarovskliklardan ko'ra ma'uliyatli yondoshadilar, – dedi shahar meri. – Bundan tashqari, Xabarovskda yashovchilardan ko'ra, nisbatan migrantlarning talabi kam. Bilasizlar, ular 18 kishilab vagonchada yashab ham yuraveradi. Chunki ular kelgan joylarda ahvol bundan ham yomon.

“Bu toifa bilan ishlash kerak: ish bilan ta'minlash, hozirgi turmushlaridan ko'tarilish imkonini berish kerak. Ular hech nima iltimos qilmaydi, na uy, na boshqa narsa. Faqat farzandini boqchaga joylashtirishi uchun migratsiya hisobga qo'yishda yordam so'rab murojaat qilishadi. Migrant “uy beringlar” demaydi, u er haydaydi, ishlaydi”

Muhojirlar uchun maxsus telekanal

Iyul' oyining boshida Ichki ishlar vazirligi Rossiya migratsiya siyosatining 2018-2020 yillarga mo'ljallangan kontseptsiyasini tayyorladi. Vazirlik avvalo, birinchi navbatda Uzoq sharqqa rossiyaliklarning o'zini faol ko'chishga jalb qilishni taklif etgan. Buning uchun 1 mln rublgacha miqdorida mablag' berilishi va qulay ijtimoiy infratuzilma yaratish mo'ljallanmoqda.

Mazkur kontseptsiyadan mehnat muhojirlarining hududga moslashuvini tashkillashtirish borasida chora-tadbirlar ham o'rin olgan.

IIV chet eldan ishlashga kelgan muhojirlar uchun nafaqat “axborot va huquqiy yordam markazi”, balki maxsus telekanal ochishni ham taklif qilmoqda.

Rasmiylar muhojirlar ko'payishiga qarshi

Rossiya hukumatining Markaziy osiyolik mehnat muhojirlarini Uzoq Sharqqa jalb etish taraddudi rossiyalik ayrim rasmiylarni xavotirga soldi. Avgust oyining o'zida rus matbuotida “Uzoq Sharq xavf ostida” mavzusida bir qator maqolalar turkumlari paydo bo'ldi.

“Uzoq Sharq federal okruglari aholisi sonini orttirish muammosi echimini Rossiya fuqarolarining hududda muqimligini ta'minlash, tug'ilish sonini ortishi uchun sharoitlarni yaratishda davom etish, o'lim hollarini kamaytirish bilan amalga oshirish kerak”, – dedi Xavfsizlik kengashi kotibi Petushov.

Uning fikriga ko'ra, hudud aholisi sonini migrantlar hisobiga oshishiga chek qo'yish zarur. Aks holda, chet elliklar tub aholi millatining o'zgarishiga ham jiddiy ta'sirini o'tkazadi. “Migratsiya nazoratini kuchaytirish kerak!” – ta'kidladi Petushov.

Ayni vaqtda Uzoq Sharq erlarida 6,2 mln aholi istiqomat qiladi.

“Aholi sonini oshirish kerak, ammo mehnat muhojirlari hisobiga emas”, – deydi Rossiya ilmiy akademiyasi hududlar muammolari tahlili institutining ilmiy xodimi Svetlana Mishuk. – “Mehnat muhojirlari Uzoq Sharq iqtisodiyotini ushlab turishda o'rni bordir, ammo uni kelajakda rivojlantirishga ko'maklashmaydi”

Shunga qaramay, Rossiya Prezidenti shu yilning 1 iyunida “2017-2015 yillarda davlat milliy siyosatini amalga oshirish” Davlat dasturini tasdiqladi va migrantlarni moslashtirish bilan shug'ullanish dasturiga Millatlar ishi bo'yicha federal agentlikni ham jalb etdi.

Manba: bbc.com/uzbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube