O’zbekiston Xalq Harakati

Usmon Haqnazarov: Islom Karimovning o'zbek millatiga bo'lgan nafrati haqida

Usmon Haqnazarov: Islom Karimovning o'zbek millatiga bo'lgan nafrati haqida
02 Eylül 2017 - 23:29 'da yuklandi va 7664 marta o'qildi.

(Diktator o'limining bir yilligiga)

Shu yilning 29 avgust kuni diktator Islom Karimovning o'lganiga bir yil bo'ldi. Shu sababdan o'tgan yili to'yib yig'layolmagan manqurtlar zolimning o'limiga bir yil to'lganligi munosabiti bilan xotirlash va ommaviy yig'i marosimlarini boshlab yuborishdi. Ahmoq jonzotlarning tanlangan bir qismi esa, o'zbek xalqining dushmaniga Toshkentda o'rnatilgan temir haykalga ta'zim qilishga ham ulgurishdi.

Hatto hayvonlar ham o'z dushmanlarini yaxshi taniydilar. Ammo, ba'zi “odam”lar o'z xalqining dushmanini aniqlashga qodir emaslar. Bundan tashqari, ular uni o'zlarining mehribon otalari deb hisoblashadi.

Biz, Islom Karimov o'zbeklarni hayvonlar deya hisoblagan, deb o'zbek manqurtlarining fikrini o'zgartirmoqchi emasmiz. Faqatgina sog'lom fikrlovchi odamlar uchun, Karimov o'z kundalik hayotida O'zbek xalqi haqida sevib tilga oladigan so'zlari va iboralarni keltirib o'tmoqchimiz. Shunday qilib…

Islom Karimov o'zbek xalqi haqida

Islom Karimovning eng sevimli og'zaki ixtirolaridan biri, “O'zbek” va “Bo'q” so'zlaridan tashkil topgan “O'zbo'q” so'zidir.

“Qaerda o'zbo'q bo'lsa, onasini s…ay!”, “Sassiq o'zbo'qlar!”, “Mongoldan tarqagan o'ziga o'zi bo'qlar!” – bu o'zbek xalqi haqidagi Karimovning sevimli “ta'riflari”dan ba'zalari xalos.

2005 yil Islom Karimov ko'rsatmasi bilan Oqsaroy rezidentsiyasidagi prezident qabulxonasida mikrofon va ovoz karnaylari bilan jihozlangan oynadan yasalgan to'siq o'rnatilganini, O'zbekiston hukumati a'zolari va prezident devoni xodimlari bilishadi. Avvallari o'z maslahatchilari va o'zbek hukumati mansabdorlarini bevosita o'zining xonasida qabul qilgan Islom Karimov, 2005 yilning ikkinchi yarmidan ular bilan, zamonaviy qamoqxonalardagi kabi oyna ortidan muloqot qila boshladi.

Diktatorning kayfiyati yaxshi bo'lgan kunlarning birida, O'zbekiston prezidenti devoni faoliyatini boshqaruvchi Zelimxon Xaydarov Karimovdan shunday deb so'ragan: “Islom aka, sizning qabulxonangizdagi ushbu oyna devorga nima hojat bor?”. O'shanda zolim: “Man shu sassiq o'zbo'qlar nafas olayotgan havodan nafas olgim kelmaydi”, deb javob bergan va kulib yuborgan.

Islom Karimovga hamohang bo'lish uchun Zelimzon Xaydarov ham qo'shilib kulgan. Karimovning haqorati Xaydarovga tegib ketmadi, chunki u etnik o'zbek emas.

Z.Xaydarov ertasi kuniyoq prezidentning ushbu “aqlli” javobi haqida telefon orqali etnik o'zbek bo'lmagan R. Inoyatov, M.Tohiriy, F.Mullajonov va B.Matlubovlarga aytib berdi.

Islom Karimov o'zbeklarni ularning u yoki bu viloyatga tegishliligi bo'yicha ajratar edi. Shu tariqa u barcha surxondaryoliklar va qashqadaryoliklarni “go'shtxo'r surqashlar” va “madaniyatsiz mollar” deb atardi. Farg'ona vodiysi o'zbeklarini esa “ko't vahhobiylar” derdi.

Karimovning turli viloyat o'zbeklarini ajratishi, uning umuman o'zbek xalqiga bo'lgan ochiq nafratini yaqqol namoyon qilar edi. Ammo, zolim ayniqsa, aytish mumkinki zoologik ravishda xorazmliklardan nafratlanardi. Shunday qilib…

“Insoniyatning orqa teshigi”

Islom Karimov Xorazm va xorazmliklarni shunday atardi.

“Xorazmliklar bu – pastkash va yuqori probali xoinlar, barcha xorazm ayol va qizlari esa bu – raqqosa va fohishalar”, “Xorazm va xorazmliklar bu – insoniyatning orqa teshigi”, deya takrorlardi Islom Karimov, har safar bu qadimiy voha va xalq haqida gap ochilganda.

2004 yilning noyabr oyida  bo'lib o'tgan Islom Karimov va Saparmurot Niyozovning Buxorodagi uchrashuvida, turkman yoqilg'isining Xorazm viloyatiga noqonuniy tarzda olib o'tilishini bartaraf qilish maqsadida, turkman prezidenti Xorazm viloyati uchun bepul turkman benzinini taklif qildi.

Karimov esa: “Insoniyat orqa teshigiga yordam berishning nima keragi bor? Qiynalaverishsin!”. Bunday javobdan, o'zbekofobiya bilan ajralib turuvchi Saparmurod Niyozov ham dong qotib qolgan.

2008-2010 yillar Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi fermerlari suv tanqisligidan qiynalishganida, Shavkat Mirziyoev ushbu hududlarda paxta va g'alla terim bo'yicha rejalarni qisqartirishni taklif qilgan. O'sha vaqtdagi Bosh vazir o'zining taklifiga javoban Karimovning so'kishini va prezidentning: “Sassiq Xorazm quruqchilikdan o'lib ketsin!”, degan istagini eshitgan.

Yuqorida joylashgan Shovot, Qo'shko'pir, Gurlan va Yangibozor tumanlariga qo'shimcha suv nasoslarini o'rnatish uchun byujet mablag'lari ajratishni taklif qilganida Qishloq va suv xo'jaligi vaziri, xorazmlik Marks Jumaniyozov ham Karimovdan huddi shunday javob olgan. Jumaniyozovni yaxshilab haqoratlagan Islom Karimov shunday hukm chiqargan: “Xorazmning bu tumanlari cho'lga aylanib ketsin, aholisi esa ochlikdan o'lsin! Shunda dunyoda pastkashlar kamayadi”.

Xorazmliklarga bo'lgan aynan shu nafrat tufayli Karimov 1999 yilda Xorazmning Sorimoy posyolkasida terroristlar va garovga olinganlar bo'lgan avtobusni o'qqa tutib, barchasini o'ldirtirib yuborgan.

Prezident Karimovning xavfsizlik xizmati o'zining chorak asrlik faoliyati davomida faqatgina ikkita O'zbekiston fuqarosini o'ldirgan. Ajablanarli, lekin haqiqat: ikki qotillik ham Xorazm viloyatida ro'y bergan, ikkala holatda ham tinch xorazmliklar o'ldirilgan.

Birinchi hodisada Xorazm viloyatining Bog'ot tumanidan bo'lgan fermer, Sharif Rajabov otib tashlangan. Keksa fermer Karimov bilan suhbat davomida, televizion kameralar o'ngida o'ldirilgan. Fermer oyog'ini chaqib olgan arini o'ldirish uchun kutilmaganda egilganida, Karimov tansoqchilari uning boshini orqasidan otib tashlashgan.

Ikkinchi hodisada esa Karmov qo'riqchilari, Urganch tumanidan bo'lgan 14 yoshlik Boburbek Jumaniyozovni otib tashlagan. U velosipedda qishloq yo'lidan kelayotib tasodifan Karimov kortejiga duch kelib qolgan.

Ikkala hodisada ham Islom Karimov o'z qo'riqchilaridan bo'lgan qotillarga “sezgirlik va tezkorlik” uchun minnatdorchilik bildirgan.

O'zbek diktatori aytish mumkinki, xorazmliklarga qarshi kurashda aqldan ozgan edi. Karimov rahbarligi davrida, diktatorning og'zaki ko'rsatmasiga binoan, Xorazmliklarni yuqori martabali hukumat lavozimlariga tayinlash man qilingandi.

Xorazmliklarga nisbatan Karimovning zoologik nafratining asosiy sababi, albatta, ushbu viloyatning Yangibozor viloyatidan bo'lgan, uning birinchi prezidentlik saylovlaridagi raqibi, Muhammad Solih edi.

Islom Karimov Yangiborzorliklarni hattoki davlatning kichik lavozimlariga tayinlanishini ham taqiqlagan edi. 2010 yilda Xorazm viloyati Milliy xavfsizlik xizmati, Xorazm viloyati hokimining Yangibozor viloyatida tug'ilgan o'rinbosarlaridan biri, pasportdagi tug'ilgan joyi qismida Gurlan tumanini ko'rsatganini aniqlashgan. Hokim o'rinbosari MXX tergovchilari oldida, Yangibozorliklarni mansabga tayinlashga nisbatan Karimovning taqiqi sababli  boshqa tumanni ko'rsatishga majbur bo'lganini tan olgan.

“Salaev” va “Madaminov” familiyali xorazmlik mansabdorlarga ayniqsa qiyin bo'lgan. Har safar MXX ofitserlari bilan o'tkaziladigan “kadrlar bilan suhbat” davomida, shunday familiyali xorazmliklar, ular muxolifatchi Muhammad Solihga hech qanday qarindosh emasliklarini isbotlashlari kerak edi.

Balki, prezident Shavkat Mirziyoev: “25 yid davomida biz Xorazmni yo'qotdik! O'tgan yillar uchun biz xorazmliklar oldida qarzdor bo'lib qoldik!”, deganda xorazmliklarning aynan yuqorida ta'kidlangan azoblarini ko'zda tutgandir. Shunday qilib…

So'ngso'z o'rnida…

Sanobar Karimova va samarqandlik yahudiy Ishoq Mirzokandovning nikohsiz o'g'li Islom Karimov, butun umri davomida o'zbek xalqi va umuman musulmonlarga nisbatan qattiq nafrat bilan yashadi. Hali 27 yoshida u o'zining birinchi turmush o'rtog'i Natalya Kuchmaga, “o'zbek xalqining erkaklarini qulga, ayollarini esa fohishalarga aylantirish kerak”, deb aytgan.

Uning O'zbekiston prezidentligi lavozimidagi butun faoliyati, asosan, Islom diniga, musulmonlar va o'zbeklarga qarshi kurashishga bag'shlangan edi. Aynan uning shaxsiy ko'rsatmasi bilan Toshkentdagi studentlarni va Andijondagi tinch namoyishchilarni otib tashlash tashkillashtirilgan edi.

Siyosiy va diniy mahkumlarda qo'llash maqsadida, o'zbek chekistlariga eng vahshiyona qiynoq turlarini o'rgatishlari uchun Isroil maxsus xizmatlari ofitserlarini yordamga chaqirgan aynan u edi. Ushbu jirkanch vazifani muntazam va mukammal ijro qilishni, o'sha paytdagi O'zbekiston MXX raisi birinchi o'rinbosari Shuhrat G'ulomovga topshirgan ham aynan Islom Karimov edi.

Aynan Islom Karimovning shaxsiy ko'rsatmasi bilan dunyoning eng dahshatli turmalaridan biri, o'zbek xalqining salohiyatli onglari uchun qabristonga aylangan va Islom Karimov rahbarligi davrining insoniyatga qarshi timsoli bo'lgan – Jasliq qamoqxonasi qurilgan edi.

Bizning fikrimizcha, Samarqanddagi Xazrati Xizr qabristonini bu zolimning murdasidan tozalab, uni Jasliq qamoqxonasining hovlisiga olib borib ko'mish kerak. Bu zolimning qabrini ko'rib, uning ustida yig'lashni istaganlar, avval Jasliq qamoqxonasining kameralarini ko'rishsin.

Yaqinda, o'lgan diktatorning jiyani Jamshid Karimov Facebook ijtimoiy tarmog'ida, uning amakisi Islom Karimov haqiqatdan ham Sanobar Karimovaning nikohsiz tug'ilgan o'g'li ekanligini e'tirof etdi.

Facebook ijtimoiy tarmog'idagi o'zining yozuvlaridan birida Jamshid Karimov Islom Karimov haqida shunday deb yozdi: “Agarda mening qo'limda bo'lganida edi, men uning yarim chirigan tanasini iflos chuquridan sug'urib olib, birinchi duch kelgan simyog'ochga urib parchalagan bo'lar edim”.

Yozuvining so'ngida esa Jamshid Karimov tojikchada: “Jaxannamba rau, tu – xaromi! Nas…padarkush…!” (“Muttahamning izidan aytadiganim shu: “Jahannamga ravona bo'l, haromi, nas, padarkush!”) deb yozdi.

Shunday ekan janob manqurtlar, bu qonxo'r uchun yig'lamasdan, Islom Karimovning o'limidan xursand bo'lib do'ppilarni tepaga otish kerak!

Islom Karimov kabilar uchun, yashasin jahannam!

Usmon HAQNAZAROV,
siyosatshunos
02.09.2017

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Muso ;

    Yakin tarixda islom va musulmonlarga IAK alayxil-la'na dek xich kim zarar bermadi, shu bois uning xaykali butun yaxudlar xukumron bulgan chet ellarda xam kuyiltyardi!!! Bu xam u katta xoin bulganiga dalildir!!!

    03/09/2017 16:12
istanbul escort