O’zbekiston Xalq Harakati

Usmon Haqnazarovning maqolasi Turkiya matbuotida

Usmon Haqnazarovning maqolasi Turkiya matbuotida
03 Eylül 2017 - 12:44 'da yuklandi va 3929 marta o'qildi.

O'zbekistondagi diktatura va zulmga qarshi ko'p yillar davomida tinimsiz kurashib kelayotgan anonim muallif Usmon Haqnazarovning maqolasi Turkiya matbuotida chop etildi. Maqolada Shuhrat G'ulomovni FETO (Turkiya hukumati tomonidan terrorchilikda ayblangan, Fathulloh Gulan boshchiligidagi tashkilot) va AQShning noqonuniy tashkilotlarini bog'lovchi ko'prik haqida so'z yuritilgan.

Shuhrat G'ulomov rasmiy Bishkekning FETO – Amerika masonlarining yuragi bo'lgan Pensilvaniyada yashaydigan va dunyo masonlarining mahalliy bo'limi tomonidan homiylik qilinadigan Turkiyalik ilohiyotchi Fathulloh Gulan bilan maxfiy aloqalari haqida yaxshi xabardor.

Shuni aytish kerakki, Qirg'iziston prezidenti Olmosbek Otamboev o'z lavozimida faqatgina FETOning moliyaviy va siyosiy qo'llab-quvvatlashi evaziga o'tiribdi. Hukumat tepasiga Kremlning qo'llab-quvvatlashi, shuningdek Qirg'izistondagi antio'zbek shovinizmi va genotsidini tashkil qilishi evaziga kelgan Otamboev, bugun Moskvadan yuz o'girdi va to'laligicha Pensilvaniyaga yuzlandi.

Ushbu yo'nalishga muvofiq, Otamboev hattoki, qirg'iz prezidentidan Qirg'izistondagi Gulan litseylari va boshqa tashkilotlarini yopishni so'ragan Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdo'g'onga ham qarshi chiqdi.

Otamboev “jasurligi” shu darajaga etdiki, uning qilmishlarining adog'i qo'rinmay qoldi.  U faqatgina 2010 yilgi Qirg'iziston o'zbeklarini o'ldirishni tashkil qilishga mas'ul bo'libgina qolmay, shuningdek qirg'iz xalqiga qarshi katta moliyaviy jinoyatlar uyushtirgani ham uning vijdoniga havola. U o'z qirg'iz xalqini o'marishni, hali davlat rahbari bo'lishidan ancha oldin boshlagan.

Otamboev hali Qirg'iziston Yozuvchilar uyushmasi kotibi yordamchisi bo'lib ishlagan vaqtida, uyushma ehtiyojlari uchun ajratilgan 50 million AQSh dollarini o'zlashtirib olgan. Bu mablag'ga Otamboev Bishkekdagi “Avtomash” zavodini sotib olgan. Shu tariqa ushbu 50 million Otamboevning katta biznesdagi boshlang'ich kapitali va birinchi qadami bo'lgan.

Hozirda u shu darajada boyidiki, natijada nafaqat Qirg'izistonda, balki boshqa horijiy mamlakatlarda ham yirik biznes-tuzilmalarga ega. Xususan, Turkiyada Olmosbek Otamboevning farzandlari va kuyovi nomiga ro'yxatdan o'tkazilgan qator mehmonxonalar, do'konlar va zavodlar ish yuritmoqda. Ajablanarlisi shundaki, Turkiya hukumati turk hukumatining dushmani va FETOning O'rta Osiyodagi do'stining turk biznesiga hotirjam munosabatdalar.

Bularning barchasi haqida Shuhrat G'ulomov ham bilgan. Shu sababdan o'tgan yilning sentyabr-oktyabr oylarida u o'zining siyosiy maqsadlariga erishish uchun FETO va mason aloqalarini ishga solishga qaror qiladi. Buning uchun Shuhrat G'ulomov nafaqat qirg'iz generali Xursant Asanovni, balki qirg'iz maxsus xizmatlari rahbarlarini ham jalb qiladi.

Xususan, G'ulomov MXQ kontrrazvedka rahbari o'rinbosari Kaptagaevga o'zining siyosiy manfaatlarini Fathulloh Gulan va AQSh masonlari oldida bayon qilishi uchun yarim million dollar va'da qilgan. “Xo'ja-afandiga (Fathulloh Gulan – U.H.) etkazing, agar men hukumat tepasiga kelsam, butun O'zbekiston bo'ylab Gulan litseylarini ochaman”, deya so'z bergan, 15 yil avval ushbu litseylarning yopilishida faol ishtirok etgan Shuhrat G'ulomov.

O'zining qirg'iz “chekist” hamkasblari va narkobiznes bo'yicha hamkorlarini ishontirish uchun, o'tgan yilning oktyabr oyida Shuhrat G'ulomov ulardan 80 million dollarlik geroin va Rossiya qurollarini sotib olgan. Aynan o'sha vaqtda Qirg'izistonda harbiy omborlardan Rossiya qurollari yo'qolishi  bilan bog'liq janjal yuzaga kelgan edi.

Ammo G'ulomovning ushbu urunishlari kutilgan natijalarni keltirmadi, chunki na FETO vakillari va na Gulanning o'zining atrofidagilar o'zbek maxsus xizmatlari generaliga javob berishmadi.

Manba: gazetebirlik.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort