O’zbekiston Xalq Harakati

Usmon Haqnazarov: O'zbekiston prezidentiga qarshi rejalashtirilgan Bishkek suiqastining muvaffaqiyatsizlikka uchragani haqida

Usmon Haqnazarov: O'zbekiston prezidentiga qarshi rejalashtirilgan Bishkek suiqastining muvaffaqiyatsizlikka uchragani haqida
08 Eylül 2017 - 9:16 'da yuklandi va 7281 marta o'qildi.

Shu yilning 2 sentyabr kuni Qirg'iziston maxsus xizmatlari, bizning taxminimizga ko'ra O'zbekiston prezidentining Bishkekka tashrifi chog'ida unga nisbtan suiqasd uyushtirishga uringan qo'poruvchini qo'lga olgan. Garchi, rasmiy Qirg'iziston, qo'lga olingan shaxsni “IShIDning faol a'zosi” deb atab, bu haqdagi xabarni juda ham diplomatik tarzda e'lon qildi.

7 sentyabr kuni, Qirg'iziston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasining matbuot xizmati, 2 sentyabrda xalqaro terror tashkiloti bo'lgan “Islom davlati”ning faol a'zosi qo'lga olinganligi va uning 1988 yilda tug'ilgan D.S. ismli Qirg'iziston fuqarosi ekanligi aniqlanganligi haqida xabar berdi. Shuningdek, jinoiy rejaga ko'ra, D.S. davlat miqyosidagi tadbir o'tkazilishi jarayonida terror-qo'poruvchilik aktini amalga oshirishi kerak bo'lganligi ham aniqlangan (http://svodka.akipress.org/news:1403459?from=mportal&place=last).

Bizning tahminimizga ko'ra, qo'lga olingan D.S. IShIDchi emas, balki maxalliy mafiyadan bo'lgan oddiy qo'poruvchi. U va uning sheriklari O'zbekiston prezidentining biroz avval Bishkekka qilgan tashrifi davomida, unga nisbatan suiqasd uyushtirishni rejalashtirishgan. Shunday qilib…

Toshkent “kontora”sining buyurtmasi

Sentyabr oyidagi Qirg'izistonga tashrif chog'ida prezident Mirziyoevga suiqasd uyushtirish rejasi shu yilning avgust oyining ikkinchi yarmida ishlab chiqilgan. 20 dan 22 avgustga qadar biz Toshkent va Bishkekdagi turli manbalardan, O'zbekiston Milliy xavfsizligi xizmati generallari “Mirziyoevni Bishkekda bartaraf qilish” niyatida ekanliklari haqida to'rtta bir xil xabar oldik.

Ushbu ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati respublika bo'limi boshqarmasi rahbarlaridan biri o'zining Qirg'iziston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasidan bo'lgan hamkasbiga ushbu suiqasdni amalga oshirish uchun ikki million dollar bergan.

“Hurmatli mualliflar! Shoshilinch xabar beramizki, o'zbek chekistlari Qirg'iziston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi raisining o'rinbosarlaridan biriga Sentyabr oyidagi Qirg'izistonga tashrif chog'ida prezident Mirziyoevga suiqasd uyushtirish uchun ikki million dollar naqd pul berishgan”, deb yozdi 20 avgust kuni Toshkentdagi manbalarimizdan biri.

Ertasi kuni xuddi shunday shoshilinch xabar Toshkentdagi boshqa odamdan ham keldi.

Va 21 avgust kuni Toshkentdan kelayotgan xabarlarning haqiqiyligini tekshirib ko'rish uchun, biz Bishkekdagi o'z kanallarimiz bilan aloqaga chiqishga majbur bo'ldik. Va 22 avgust kuni Bishkekdagi ma'lumot etkazib beruvchi odam bizga shunday javob yozdi: “Afsuski, prez. Sh.M. ga nisbatan Bishkekda suiqasdga tayyorgarlik haqidagi gumoningiz tasdiqlandi. Sizga shu haqda xabar beramizki, MXXning ishonchli vakili (O'zbekiston MXX boshqarmasi rahbarlaridan biri) MXDQ raisi o'rinbosari ……evga prezidentga suiqasd uyushtirish uchun ikki million AQSh dollari bergan. …ev (ism va familiyalarni vakolatli shaxslarga ma'lum qilishimiz mumkin) ushbu vazifani bajarishi lozim bo'lgan, chet el va maxalliy mafiya a'zolaridan tashkil topgan guruhni tayyorlashni boshlab yuborgan. ”

22 avgust kuni Toshkentlik uchinchi manba bizdan prezident Shavkat Mirziyoevning xavfsizlik xizmatini tayyorlanayotgan xavf haqida ogohlantirishimizni so'radi. “Sizdan shoshilinch tarzda Mirziyoev yoki uning qo'riqchilarini, MXX xodimlari tomonidan Mirziyoevga qarshi Bishkekda rejalashtirilayotgan suiqasd haqida ogohlantirishingizni so'raymiz”.

23 dan 30 avgustga qadar yaqinlashib kelayotgan xavfdan ogohlantirish maqsadida, Shavkat Mirziyoevning yaqin atrofidagilar bilan bog'lanish uchun yo'l qidirishni boshladik. Shunday qilib…

“Saroy” atrofidagilarning siyosiy qo'rqoq va xasadgo'yliklari haqida

Odamlarimizning bir xaftalik urinishlari muvaffaqiyatsiz tugadi. Chunki Mirziyoevning eng yaqin atrofidagi odamlarining tanishlari O'zbekiston prezidenti yaqinlari va qarindoshlariga ushbu ma'lumotni etkazishdan bosh tortishdi. Kimdir bizning ma'lumotimizning haqiqiyligiga ishonmadi, boshqa biri esa niyatimizning samimiyligiga ishonmadi.

Prezident atrofidagilarga yaqin bo'lgan shunday kanallarimizdan biri ritorik ravishda odamimizga: “Balki Sizlar o'zlaringizning go'yoki “sensatsiya”laringiz bilan Shavkat Miromonovichga yoqib, unga yaqinlashib olishni xohlayotgandirsizlar?”, dedi.

“Yaqinlar”ning boshqa kategoriyasi esa “saroy”ga xavfli ma'lumot bilan kirishga shunchaki qo'rqishdi. “Men u erga bunaqa shum xabar bilan kirishni va prezidentning qarindoshlari bilan aloqamni yo'qotishni istamayman!”, deya ochiq bayon qildi “saroy”ga yaqin bo'lgan shunday odamlardan biri.

Shundan so'ng biz Bishkekda hozirlanayotgan suiqasd haqida ogohlantirish maqolasini O'XH saytida e'lon qilishga qaror qildik. Ammo bu qarorimiz Toshkent va Bishkekdagi manbalarimiz tomonidan qo'llab-quvvatlanmadi, chunki ular ogohlantirish maqolasi o'zbek chekistlarini rejalashtirilayotgan suiqasdga o'zgartirish kiritishga yoki umuman to'xtatib turishga majbur qilishi mumkin deb hisoblashdi.

Bishkekdagi manbalarimiz bizni, albatta qirg'iz chekisti ustidan nazoratni tashkil qilib, o'zbek buyurtmasi ijrochilari izini topishlariga ishontirishdi. “Bu buyurtmani bartaraf qilishning eng to'g'ri yo'li”, deb yozishdi ular. Shunday qilib…

Nega aynan Bishkek?

Mirziyoev dushmanlari o'z rejalarini O'zbekistonda ham amalga oshirishlari mumkin edi. Ammo suiqasdni mamlakat ichida amalga oshirilishi, respublikadigi ichki siyosiy vaziyatni izdan chiqarib, jinoyat izlarini o'zbek “kontora”siga olib kelgan bo'lar edi.

Rejalashtirilgan suiqasdni amalga oshirish joyi sifatida Bishkekning tanlanishi sababi shu ediki, bu erda O'zbekiston Milliy xavfsiz xizmati keng agentlik tarmog'iga, hamda Qirg'iziston Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasining ba'zi rahbarlari bilan hamkorlikdagi narkobiznesga ega edilar.

Qirg'iz MXDQ raisi o'rinbosarlaridan biri Shuhrat G'ulomov va uning rahbarining narkobiznes bo'yicha sherigi edi. Kontrrazvedka xodimi bo'lgan bu o'rinbosar Qirg'izistonda faqatgina narkobiznes bilan tanilibgina qolmay, balki qirg'iz muxolifat a'zolariga qarshi bir necha muvaffaqiyatsiz provokatsiyalari bilan ham barchaga ma'lum. Shunga qaramay, Qirg'iziston Prezidenti Olmosbek Otamboev uning jinoyatlariga e'tibor qaratmay kelmoqda.

Qirg'iziston O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining yomon niyatlari uchun, mamlakat maxsus xizmatlari katta bo'lmagan miqdordagi pul evaziga byurtma qotilliklar bo'yicha katta tajribaga egaliklari tarafidan ham qulay edi.

Shu yo'l bilan, 1992 yilda Qirg'iziston Bosh vaziri Nasriddin Isanov, shubhali Kanada kompaniyasi bilan yirik oltin konini ishlab chiqarish borasidagi shartnomani imzolashdan bosh tortgani uchun, go'yoki “avtohalokat”da o'ldirilgan edi. Halokat joyiga etib kelgan feldsher, keyinchalik Bosh vazir Isanov avtohalokatda jarohatlanmaganligi, aksincha MXDQ xodimlari tomonidan shifoxonada o'ldirilganligi haqida guvohlik bergan.

1996 yilda huddi shunday holatda MXDQ raisi Bakaev halok bo'ldi. Bundan keyingi yillarda esa qirg'iz maxsus xizmatlari deputatlar, Bayman va Xudoyberganovlar o'limini uyushtirishdi.

Xudoyberganov prezident Olmosbek Otamboevning shaxsiy tan soqchisi – “vodolaz” laqabli jinoyatchi Erkin Mambetaliev tomonidan o'ldirilgan. Ushbu qotillikni amalga oshirishda shuningdek, Olmosbek Otamboevning shaxsiy xaydovchisi bo'lgan, hozirda esa Qirg'izistonning Istanbuldagi konsuli bo'lib ishlayotgan Ilmiyaminov ham ishtirok etgan. Shunday qilib…

So'ngso'z o'rnida

Bishkek suiqastining muvaffaqiyatsizlikka uchrashi, Mirziyoev dushmanlari va islohotlari sabotajchilarining aqlini yig'ib, to'xtashlarini anglatmaydi. Ular yo'qotilgan o'rinlarini qaytarish uchun oxirigacha kurashishadi. Buning uchun ularda katta miqdordagi pul mablag'lari ham, hamkorlari ham va yaqin chet mamlakatlarda qotillari ham mavjud.

Usmon HAQNAZAROV,
siyosatshunos
08.09.2017

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort