O’zbekiston Xalq Harakati

Usmon Haqnazarov: Gulnora Karimova Rustam Inoyatovga qarshi ko'rsatma berdi

Usmon Haqnazarov: Gulnora Karimova Rustam Inoyatovga qarshi ko'rsatma berdi
12 Eylül 2017 - 22:44 'da yuklandi va 10929 marta o'qildi.

Toshkent shahar tergov izolyatorida (“Toshturma”da) ushlanayotgan Gulnora Karimova, O'zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatovga qarshi ko'rsatma berdi. Karimova o'z ko'rsatmasida 2004 yilda O'zbekistondan 8 tonna oltinning noqonuniy tarzda olib chiqib ketilishi tafsilotlari haqida so'zlab bergan. Shunday qilib…

O'zbek havo yo'llariga tegishli “oltin” samolyotning Qozonda hibsga olinishi

Gulnora Karimova tergovchilarga, 8 tonna oltinning o'zbek havo yo'llariga tegishli yuk tashuvchi samolyotiga Navoi shahrida yuklanganligini aytgan. G. Karimovning aytishicha, oltin u erga unga tegishli “Zeromax” va “United International Group” kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan Zarafshon, Gujumsoy va boshqa oltin qazib chiqarish manbalaridan olib kelingan.

“Samolyot “O'zbekiston Havo Yo'llari”dan ijaraga olingan edi. Avval biz buni (oltin olib chiqishni – U.H) kichik-kichik hajmda amalga oshirar edik. Ammo 2004 yilda MXX raisi Rustam Inoyatov meni birdaniga 9-10 tonna olib chiqishga ko'ndirdi va oltinning Shveytsariyaning “UBS” bankiga muvaffaqiyatli etib borishini shaxsan o'zi nazorat qilishga so'z berdi”, degan G.Karimova.

Ammo keyin, “oltin” samolyot Rossiya Federatsiyasi hududiga uchib kirgach, MXX raisi Rustam Inoyatovning buyrig'iga ko'ra o'zbek maxsus xizmatlarining respublika bo'limi “O'zbekiston davlat oltinini o'g'irlanganligi va noqonuniy ravishda Rossiya Federatsiyasi orqali Evropa Ittifoqi mamlakatlariga olib chiqib ketilayotgani haqida” Rossiya Federal Xavfsizlik xizmatiga xabar jo'natgan.

Bu xabarda o'zbek “kontora”si Rossiya Federal Xavfsizlik xizmatidan o'zbek havo yo'llariga tegishli samolyotni Rossiya aeroportlaridan biriga majburiy ravishda qo'ndirishni va olib chiqib ketilgan oltinni hibsga olishni so'ragan. Ammo Rossiya tomoni davlat rahbari, ya'ni Islom Karimovning tasdig'ini va ruxsatini talab qilgan.

Rustam Inoyatov, ish kunining juda ham bandligi sababli O'zbekiston prezidenti bilan bog'lana olmayotganligini aytgan. Shu kuni o'zbek maxsus xizmatlarining rahbari Kremldan Islom Karimov qabulxonasiga qilingan barcha qo'ng'iroqlarni bloklab qo'ygan. Va Moskva “kontora”ni birinchi shaxsning tasdig'i va ruxsati borasida shoshiltira boshlagach, davlat rahbariga xabarni keyin etkazishini aytib, Rustam Inoyatov barcha javobgarlikni o'z bo'yniga olgan va Islom Karimov o'rniga o'zi ruxsat bergan.

Rossiya qiruvchi samolyotlari o'zbek havo yo'llarining “oltin” samolyotini Qozon shahri aeroportiga qo'nishga majbur qilishgan. Tergov boshlangach, samolyot ijarachisi, Islom Karimovning katta qiziga tegishli bo'lgan, “Zeromax” kompaniyasi ekanligi va samolyotni ko'zdan kechirish vaqtida oltinlarning rasmiy yuk sifatida ko'rsatilgan paxta tolalariga o'ralganligi aniqlangan.

“Rossiyaliklar oltinlarni hibsga olish to'g'risidagi iltimos Inoyatovdan kelganini darhol aytishdi.  Men Rustam Inoyatovning bezbetligidan hayratda qoldim. Men otamga bu ishni qilishga meni aynan Inoyatov ko'ndirganini, hamda aynan u bizni sotganini aytdim. Ammo otam negadir menga emas, balki unga ko'proq ishondi”, dedi G.Karimova.

G.Karimovaning so'zlariga ko'ra, Rustam Inoyatov o'zining sotqinligini tan olmagan va barcha aybni o'zbek havo yo'llaridan 2002 yilda ishdan bo'shatilgan va 2004 yilda Moskvaning “Vnukova” aeroporti direktori lavozimida ishlayotgan “O'zbekiston Havo Yo'llari”ning sobiq rahbari Arslon Ro'zmutovga to'nkagan.

“Islom aka, bu (xabarni etkazish – U.H.) siz va mendan juda ham xafa bo'lgan Arslon Ro'zmetovning ishi”, deb qasam ichdi Inoyatov otamning oldidagi muhokamada”, degan G.Karimova.

“Arslon Ro'zmetovich bu ish haqida hech qanday ma'lumotga ega emasdi. Ammo Inoyatov otamni (Islom Karimovni – U.H.), go'yoki sirni rus maxsus xizmatlariga aynan Ro'zmetov ochganiga ishontira oldi”, deya ta'kidlagan G. Karimova.

Arslon Ro'zmetov o'zbek Bosh prokuraturasi so'rovnomasiga ko'ra (unga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atilgani munosabati bilan) 2007 yilda O'zbekistonga ekstraditsiya qilingan edi. U ozodlikdan mahrum qilinib, shaxsan Rustam Inoyatovning buyrug'i bilan 2008 yilning fevral oyida Toshkent shahridagi UYa 64/18 sonli hibsga olinganlar uchun mo'ljallangan shifoxonaning davolash bo'limida o'ldirilgan.

Bundan tashqari, Gulnora Karimova o'zbek targovchilariga, Rustam Inoyatov “O'zbek Havo Yo'llari” kompaniyasini o'z qo'liga olib, o'z biznes imperiyasi tadbirkorlari, hamda O'zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining barcha yuqori martabali ofitserlariga o'zbek havo yo'llarini o'ziga xos yashil bojxona yo'lagiga aylantirganini aytgan.

Hozirda Gulnora Karimova o'z jinoyatlarini tan olish bilan bir qatorda, Inoyatov jinoyatlarini ham fosh qilishda davom etmoqda. Shunday qilib…

So'ngso'z o'rnida

Endi o'zbek maxsus xizmatlari rahbariga qarshi MXX raisining sobiq birinchi o'rinbosari Shuhrat G'ulomovning ko'rsatmalariga Islom Karimovning katta qizi bergan ko'rsatmalarni ham qo'shish mumkin. Tez orada o'zbek tergovchilari Rustam Inoyatov va uning yaqinlarining jinoyatlari haqidagi ko'p jildli hujjatlarga ega bo'ladi.

Usmon HAQNAZAROV,
siyosatshunos
12.09.2017

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Muso ;

    Bu rustam inayatov degan maxlukni bir umr strogiy rejimga kamab barcha mol mulkini musodara kilib Uni xalk manfa'ati uchun ishlab chikarish va zavod fabrikalar ochish kerak kerak! Oxiratda uning jazosi albatta jaxannamdir!

    13/09/2017 05:17
istanbul escort