O’zbekiston Xalq Harakati

Usmon Haqnazarov: Inoyatov shu yilning 1 dekabr kunigacha Mirziyoevni bartaraf qilishga so'z berdi

Usmon Haqnazarov: Inoyatov shu yilning 1 dekabr kunigacha Mirziyoevni bartaraf qilishga so'z berdi
14 Eylül 2017 - 23:41 'da yuklandi va 6149 marta o'qildi.

11 sentyabr, dushanba kuni, Islom Karimov davridagi prezident xavfsizlik xizmatining sobiq xodimlari, shuningdek Shavkat Mirziyoevning siyosatiga qarshi bo'lgan hozirgi mxxchilarga O'zbekiston MXX raisi Rustam Inoyatovning og'zaki ko'rsatmalari va va'dalari etkazilgan. Shunday qilib…

“Ortga qayting, joyingizda qoling va 1 dekabrgacha sabr qiling!”

Inoyatovning og'zaki xabari, birinchidan, prezident Shavkat Mirziyoevning ko'rsatmasiga binoan ishdan bo'shatilgan va yaqin horijiy mamlakatlarga ish izlab chiqib ketgan Karimov davridagi prezident xavfsizlik xizmatining maxsus tayyorgarlikka ega sobiq xodimlariga yo'naltirilgan. Ikkinchidan, bu xabar Shavkat Mirziyoevning siyosatiga qarshi bo'lgan O'zbekistonda yashaydigan hozirgi mxxchilarga etkazilgan.

Inoyatov chet elga chiqib ketganlardan iloji boricha zudlik bilan O'zbekistonga qaytishlarini so'ragan. Ikkinchi kategoriyaga tegishlilardan esa o'zbek maxsus xizmatlari rahbari, ularning O'zbekistonda qolishlarini va shu yilning 1 dekabrigacha sabr qilishlarini iltimos qilgan.

“Taqdir taqazosi bilan Rossiya va Qozog'istonga ketganlardan, zudlik bilan Toshkentga qaytishlarini so'rayman. Bu erda qolib, ishlashda davom etayotganlardan esa, poytaxtda qolib, shu yilning 1 dekbr kunigacha sabr qilishlarini so'rayman. 1 DEKABRDAN SO'NG BARChASI AVVALGI HOLIGA QAYTADI, ESKI TARTIB QAYTA O'RNATILADI”, degan Inoyatovning iltimosini kontora “xabarchilari” og'izdan og'izga etkazishmoqda.

Ta'kidlash joizki, ushbu xabar Inoyatov tarafdorlarining g'amgin ruhiga o'ziga xos xursandchilik olib keldi. Ular 1 dekabrga qadar “eski (Inoyatov tomonidan o'rnatilgan) tartibni qayta o'rnatish”da ishtirok etish orzusi bilan yonishyapdi.

Shu yilning sentyabr va oktyabr oyi davomida, ishdan bo'shatilgan maxsus tayyorgarlikka ega xodimlarni, prezident Shavkat Mirziyoevga qarshi bizga noma'lum bo'lgan maxsus amaliyotda ishtiroq etish uchun maxfiy ravishda O'zbekiston poytaxtida yig'ish mo'ljallanayapdi. Shunday qilib…

So'ngso'z o'rnida…

Biz, prezidentning rejimni isloh qilishga qaratilgan tashabbuslari tarafdori sifatida, Rustam Inoyatov va uning tarafdorlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo'lgan tahdidlar haqida yangi o'zbek hukumatini ogohlantirishni o'z insoniylik burchimiz deb bildik.

Bundan tashqari, biz boshlangan liberal tashabbuslarning taqdiriga befarq bo'lmagan mamlakatning oddiy fuqarolarini ogoh bo'lishga va “GKPCh” stsenariysining Inoyatov ijrosida qaytarilishini oldini olishga chaqiramiz.

Biz vaziyatni chigallashtirmayapmiz. Bor yo'g'i ogohlantirayapmiz xalos!

Usmon HAQNAZAROV,
siyosatshunos
15.09.2017

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar