O’zbekiston Xalq Harakati

Usmon Haqnazarov: Rustam Inoyatov bir umrga falaj bo'lib qoldi

Usmon Haqnazarov: Rustam Inoyatov bir umrga falaj bo'lib qoldi
19 Eylül 2017 - 11:09 'da yuklandi va 5241 marta o'qildi.

O'zbekiston MXX raisi Rustam Inoyatov o'tgan payshanba, 2017 yilning 14 sentyabi kungi boshidan kechirgan insultdan so'ng bir umrga falaj bo'lib qoldi. O'zbekiston tergov va qamoqxona muassasalarida tergov qilinayotgan va qamoqqa hukm qilingan kishilarning oyoqlariga dubinkalar bilan urish amaliyotini tizimlashtirgan odamning ikki oyog'i ishlamay qoldi. Shunday qilib…

“U boshqa yurolmaydi!”

O'zbek maxsus kuchlari rahbarini ko'rikdan o'tkazish uchun kelgan Birinchi davlat kasalxonasi vrachlari konsiliumi xulosasi shunday bo'ldi. Ular shuningdek Inoyatovning qarindoshlari va yaqinlariga, O'zbekistonning bosh chekisti bir yildan ortiq yashayolmasligini ham aytishgan.

Komaga tushgan Inoyatov ikki kun o'tib, 16 sentyabr kuni o'ziga keldi. Uning sog'ligini to'rt kishidan iborat tibbiyot xodimlari nazorat qilishmoqda. 17 sentyabr kuni Rustam Inoyatov uyiga olib kelingan, shundan so'ng u o'zining hammadan ham ko'proq ishonadigan beshta shogirdini zudlik bilan oldiga chaqirishlarini buyurgan.

O'zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati respublika bo'limining 35-40 yoshlardagi yosh mxxchilari o'z ustozlari vasiyatini eshitishgan. Shunday qilib…

Rustam Inoyatovning o'z shogirdlariga vasiyati

“Mening ko'p umrim qolmadi, shekilli. Agarda men boshlagan davlatni tartibga solish bo'yicha ishimni davom ettirsangizlar xursand bo'laman. Sizlarga ma'lumki, yangi prezident bu tartibni buzishga qaror qildi”, degan R.Inoyatov o'zining ishongan shogirdlariga.

Inoyatov o'z shogirdlarini, Mirziyoev tez orada MXXga o'z odamini olib kelishi va xizmatni Karimov davri rahbarlari va ofitserlaridan tozalashni boshlashi haqida ogohlantirgan. “Sizlar bu sinovdan o'tishingiz kerak, o'z o'rinlaringizda qolib, keyin esa Xizmat hokimiyatini qo'lga olishlaringiz kerak. Chunki siyosiy maqsadlarni amalga oshirish uchun albatta hokimiyat kerak”, degan R.Inoyatov.

U yosh chekistlarni har qanday yo'l bilan bo'lsa ham fuqarolarni siyosiy va diniy qarashlari uchun jazoga tortish ko'zda tutilgan, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 159-chi va boshqa moddalarini saqlab qolishga chaqirgan. “159-chi moddasiz hech qanday davlat tartibi ham bo'lmaydi, davlatchilik ham bo'lmaydi, MXX ham bo'lmaydi. Shunday ekan sizning vazifangiz – Jinoyat Kodksining ushbu moddasini qanday yo'l bilan bo'lmasin saqlab qolish yoki qayta tiklash uchun kurashishdir”, deya vasiyat qilgan MXX raisi.

Inoyatov shuningdek o'z izdoshlaridan Shavkat Mirziyoevni obro'sizlantirish bo'yicha strategiyani doimiy ravishda davom ettirishni so'ragan. Shunday qilib…

Mirziyoevga qarshi qora piar

Shu yilning avgust oyi boshlarida Rustam Inoyatov va uning tarafdorlari Shavkat Mirziyoevni obro'sizlantirishga qaratilgan harakatlari dasturini qabul qilishdi. Ushbu dastur vazifasi prezident Mirziyoev va'dalari yoki nutqlariga qarshi bo'lgan, davlat miqyosidagi harakatlarni amalga oshirishdir. Boshqacha qilib aytganda, Inoyatovchilar Mirziyoevni, bir narsa va'da qilib, lekin umuman boshqa narsa qiladigan yolg'onchi va ikkiyuzlamachi siyosatchi sifatida ko'rsatmoqchi.

Masalan, Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimining maktab mudirlarini urayotgani «havaskor» kameraga yozib olinib, O'zbekiston MXXning markaziy boshqarmasi tashabbusi va ruxsati bilan Kun.uz o'zbek saytiga berilgan. Ushbu videoni MXXning Sirdaryo viloyat boshqarmasi xodimi yozib olgan.

Bu holatda Inoyatov «davlat tartibi» tarafdorlari O'zbekiston prezidenti tomonidan tayinlagan amaldorlarning qanchalik axloqsiz ekanliklarini ko'rsatib qo'yish va prezidentning o'zi ham qo'l ostidagi xodimlariga qo'l ko'tarishni yaxshi ko'rishiga ishora qilishni istaganlar.

Shu yilning sentyabr oyida O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyaning juda ham yangi raisi Alisher Xo'jaev, o'zbek kanallari faqatgina Shavkat Mirziyoevning Ostonadagi konferentsiyada o'z nutqini “Bismillohir Rohmanir Rohiym” so'zi bilan boshlaganni ko'rsatgani uchun MXXga chaqirtirilgan. “Shu qismini kesib tashlash kerak edi!”, deb urushishgan Xo'jaevni uning MXXdagi hamkasblari.

Ammo o'zbek televideniyasi raisi ularga buni amalga oshirishning hech qanday imkoni bo'lmaganini tushuntirgan. «Mirziyoev o'zining tashrif va nutqlari haqidagi barcha videosyujetlarni shaxsan o'zi qayta ko'rib chiqadi. Va agarda uning nutqining qandaydir bir qismini kesib tashlaganimizni ko'rsa, bizni jazolaydi», deb tushuntirish bergan A. Jo'jaev va MXX rahbariyatining og'zaki ogohlantirishidan qochishga muvaffaq bo'lgan.

Shu bilan bir qatorda, o'zbek televideniyasi rahbari, Shavkat Mirziyoevni obro'sizlantirish va uning siyosatiga bo'lgan ishonchsizlikni shakllantirishga qaratilgan, o'z «kontora»sining boshqa vazifalarini katta ishtiyoq bilan bajarmoqda. Shunday qilib, Alisher Xo'jaev hech qanday qarshiliklarsiz Toshkentdagi diniy o'qituvchi ayollar haqidagi «Otin oyining so'nggi ovi» nomli teledasturni tayyorlab, efirga berdi. Ayollar savodsizlikda va axloqsizlikda ayblangan, Toshkent shahri imomi Anvar Tursunov ishtirokidagi shov-shuvga sabab bo'lgan ushbu dastur,  o'zbek «kontora»si buyurtmasiga asosan tayyorlangan edi. Bu dasturning maqsadi, qanday qilib «Mirziyoev bir tarafdan masjidlarda ayollar xonalarini ochishni, ularning diniy ta'lim olishlarini uchun sharoitlar yaratishni taklif qilib, boshqa tarafdan ularga nisbatan repressiv siyosat olib borayotganini», o'zbek xalqiga ko'rsatish bo'lgan.

Bundan tashqari, Rustam Inoyatov O'zbekiston prezidenti virtual qabulxonasi rahbari Tursunxon Xudoyberganovga jismoniy zo'ravonlik bilan tahdid qilgan va uning siyosiy va diniy moddalar bilan sudlangan fuqarolarning avf yoki reabilitatsiya qilish haqidagi arizalarini ko'rib chiqmasligini aytgan. «159-modda bo'yicha barcha arizalarni sizlar prezidentga emas, bizga, «kontor»ga berishingiz kerak. Ular qamoqxonalarda qolishi va ozodlikka chiqmasliklari kerak», deya talab qilgan Inoyatov prezident maslahatchisidan. Yo'q qilinishdan qo'rqgan Xudoyberganov ham yuqorida aytib o'tilgan mavzu bo'yicha yuborilgan fuqarolarning arizalarini qo'rib chiqishni ortga surishni boshlagan.

Shu maqsadda o'zbek maxsus xizmatlari rahbari Jazoni ijro qilish bosh boshqarmasi rahbariyati va prokuratura organlariga prezident siyosiy va diniy mahkumlar tomonidan Shavkat Mirziyoev nomiga yozilgan, avf qilish haqidagi arizalarini joylarda qabul qilishni va ko'rib chiqishni man qilgan. Shu sababli 2017 yilning avgust oyidan boshlab qamoqxona rahbarlari va mahalliy prokurorlar mahkumlarning bunday arizalarini qabul qilish va ko'rib chiqishdan bosh tortishmoqda.

Shuningdek, o'zbek talabalari, tibbiyot xodimlari va o'qituvchilarining paxta terimiga majburiy ravishda chiqarilishi ham o'zbek «kontora»si buyrug'i bilan boshlangani va amalga oshirilayotganligi haqida tasdiqlanmagan xabarlar mavjud. Shunday qilib…

So'ngso'z o'rnida

Aslida, O'zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati boshqaruvi Rustam Inoyatov qo'lidan, o'zbek maxsus xizmatlari boshqarmalaridan birining rahbari bo'lgan, general Rashan Shamshiev qo'liga o'tib bo'ldi.

Hozircha biz, «kontora»ning vaqtincha rahbari qaysi yo'nalishda ishlashini bilmaymiz: Inoyatovning repressiv yo'nalishidami yoki Mirziyoevning islohotlar yo'lidami.

Faqatgina bir narsa ma'lum, Inoyatov o'lsa ham, lekin uning ishi o'lmasligi mumkin.

Usmon HAQNAZAROV,
siyosatshunos
18.09.2017

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar