O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekiston rahbari AQShga borish uchun Alisher Usmonov uchog'ini “xavfsizlik yuzasidan” tanladimi?

O'zbekiston rahbari AQShga borish uchun Alisher Usmonov uchog'ini “xavfsizlik yuzasidan” tanladimi?
19 Eylül 2017 - 21:41 'da yuklandi va 1490 marta o'qildi.

Bi-bi-si radiosining xabar berishicha, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 18 sentyabr' kuni AQShga milliarder Alisher Usmonovning xususiy samolyotida uchib borganining ehtimoli juda katta.

Prezident Mirziyoev qarorgohi N'yu-Yorkda joylashgan BMTning Bosh assambleyasida nutq so'zlashi va O'zbekiston-AQSh Biznes forumida qatnashishi ko'zda tutilgan.

Alisher Usmonovga tegishli Airbus A340-313 samolyoti M-IABU registratsion raqamiga ega. “M-IABU”ning oxirgi to'rt harfi “Men Alisher Burxonovich Usmonov (I’m Alisher Burkhanovich Usmanov) deganini anglatadi.

Bi-bi-si radiosi O'zbekiston Prezidentining o'z samolyotida emas, balki Usmonovnikida uchayotgani borasida Toshkentdagi manbasidan xabar olgach, M-IABU harakatini flightradar24 saytida jonli ravishda kuzatib turgan.

Usmonov uchog'ining Toshkentdan N'yu-Yorkka parvoziUsmonov uchog'ining Toshkentdan N'yu-Yorkka parvozi

Mazkur samolyot Toshkent aeroportidan mahalliy soat 09:19da havoga ko'tarildi va 13 soatu 5 daqiqa to'xtovsiz uchib N'yu-Yorkning JFK aeroportiga etib bordi.

Samolyot dunyodagi eng qimmatbaho shaxsiy uchoqlardan biri sanalib, narxi 350 million dollar ekani aytiladi.

Samolet bortiga Alisher Usmonovning otasining ismi – “Bourkhan” (Burxon) so'zi yozilgan.

Ammo, nega O'zbekiston prezidenti o'zining samolyoti emas, balki o'zbek hukumati a'zosi sanalmagan Alisher Usmonovnikida bu kabi nufuzli safarga chiqishga qaror qildi?

Safar tafsilotiSafar tafsiloti

Nega ushbu safar tafsilotlari televidenie orqali namoyish etilmadi?

Prezidentga Usmonovning o'zi hamrohlik qilayotgandimi?

18 sentyabr' kuni efirga uzatilgan “Axborot” ko'rsatuvida Prezident Mirziyoevning aftidan bir qo'riqchisi bilan Toshkent aeroportidan chiqib ketayotgani namoyish qilindi, ammo odatga aylangan uchoqqa chiqib ketish kadrlari ko'rsatilmadi.

19 sentyabr' kuni uza.uz Prezidentning AQShga etib kelgani haqidagi maqolasiga uning Amerika-O'zbekiston savdo palatasi raisi Karolin Lamm tomonidan kutib olinayotgani aks etgan suratini ilova qildi.

Suratda Alisher Usmonov samolyotining pastki jigarrang qismi ko'ringan.

Shavkat Mirziyoev prezidentlikka saylangach, Alisher Usmonov O'zbekistonga tez-tez keladigan bo'ldi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yaqin ekani aytiladigan Usmonov O'zbekiston Prezidenti bilan qudachilik rishtalariga ega.

Nega Nega “Axborot” Prezident Mirziyoevning qanday uchoqqa chiqqanini namoyish qilmadi?

Prezident Mirziyoev rafiqasining jiyani Diyora Alisher Usmonovning 2013 yilda halok bo'lgan jiyani Boburning bevasidir.

Bi-bi-si radiosi Usmonovning samolyoti nega AQShga uchganini bilish uchun Usmonovga tegishli “Metalloinvest” kompaniyasining jamoatchilik bilan ishlash masalalari bo'yicha kotibi Yuliya Mazanova bilan ulanishga uringan.

Mazanovaning kotibi Bi-bi-si radiosiga ularda bunday ma'lumot yo'qligini aytdi, hamda yozma ravishda murojaat qilishni tavsiya qilgan.

Bi-bi-si radiosi “Burxon” samolyotida Alisher Usmonovning o'zi ham prezident bilan uchgan yo uchmaganidan bexabarligini aytadi.

O'zbekiston-AQSh Biznes forumining ishtirokchilari ro'yxatida O'zbekiston hukumatining qator rasmiylari va tadbirkorlar ismlari keltirilgan, ammo ular orasida Alisher Usmonov yo'q.

Anonim tarzda Bi-bi-si radiosiga gapirgan toshkentlik jurnalistning aytishicha, Prezident Mirziyoev xavfsizlik xavotirlari tufayli Prezident uchog'i emas, balki Usmonovnikida uchayotgan bo'lishi mumkin.

O'XH xabarlar bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • Muso ;

    Afsuski shunday bulmasin! IAK ALAYXIL-LA'NA Birinchi Xilsenkiga borib nutk suzlaganda mossonlar uni imdjini kutiriyapdi degan edim! Endi u urto osiyo musulmonlari va islomga kattik kurashadi degan edim! Shundan keyin uning avozi va suzlari xuddi karnaydan jaranglaganidek xar tarafga chika boshladi. Bashka prizidentlarning avozi esa eshitilar eshitilmas, pisib gapirgan kishining avozidek edi! Bugun xam usha kora kuchlar uning xaykalini urnatdiriyapdi xar joyda va uzga ulkalarda xam! Esiz Mirziyoev xam endi kup ishlar kilishi amrimaxol bulib kolmasa bulgani edi!

    20/09/2017 06:50
  • Niso ;

    Albatta xavfsizlik yuzasidan qilganda, atrofidagi ba’zilarga ishonch yuq.

    20/09/2017 01:50