O’zbekiston Xalq Harakati

Usmon Haqnazarov: Istaysizmi yoki yo'q, Inoyatov falaj bo'lib qoldi! (Shubhalanayotganlarga javob)

Usmon Haqnazarov: Istaysizmi yoki yo'q, Inoyatov falaj bo'lib qoldi! (Shubhalanayotganlarga javob)
19 Eylül 2017 - 23:54 'da yuklandi va 7305 marta o'qildi.

O'tgan kuni biz, shu yilning 14 sentyabr kuni o'zbek maxsus xizmatlari raisi Rustam Inoyatovning insultga uchrashi natijasida falaj bo'lib qolgani haqda xabar bergan edik.

Shundan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa facebook.com tarmog'ida ba'zi foydalanuvchilar ushbu xabarni rad qilib, postlar yoza boshladilar. Hatto ulardan biri o'z sahifasiga, 17 sentyabr kuni go'yoki prezident Mirziyoev Toshkent aeroportida Inoyatov bilan ko'rishayotgani tasvirlangan soxta suratni ham yuklagan.

Ushbu suratda Inoyatovning umuman boshqa tarafga qarayotganini, hatto maxsus qurilmalarsiz, oddiy ko'z bilan ham ko'rish mumkin. Inoyatov gavdasi, prezident Mirziyoevning Ichki ishlar vaziri bilan ko'rishayotgan rasmiga qo'shib qo'yilgani yaqqol ko'rinib turibdi.

Buni kollajdagi bir necha xatolardan payqash mumkin: yomon “copy-paste”, montaj va Inoyatovning juda ham yorqin yuzi. Montaj go'yoki, hamma kechasi suratga olinganu, birgina Inoyatov kunduzi olingandek bo'lib qilingan.

Rustam Inoyatov prezident Mirziyoevni Ostonadan qaytganidan keyin kutib olgani yo'q va uni Amerikaga ham kuzatib qo'ymadi. Soxta-cho'loq uyda. Al Fisher, Gulshan Karaeva, Daniil Kislov va boshqalarning istak va xohishlariga qaramay u falaj bo'lib qolgan.

Facebook.com ijtimoiy tarmog'idagi Al Fisher nomli foydalanuvchi sahifasining skrinshoti

O'tgan yili shu kabi shubhalanuvchi kishilar, 29 avgust kuni Karimov komaga tushib, so'ngra o'lganiga ham ishonishmagandi. 2 sentyab kuni rasmiy Toshkent zolimning o'limini e'lon qilmagunicha, ular butun dunyoga Usmon Haqnazarov ertakchi va yolg'onchi, “bunday buyuk rahbar o'lishi mumkin emas” deya jar solishgan edi. Ammo ularning istak va xohishlariga qaramay Karimov o'ldi.

Shunday ekan, janob skeptiklar, sizlar o'tgan yilgi xatolaringizni qaytaryapsizlar. Istaysizmi yoki yo'q, Inoyatov falaj bo'lib qoldi. Vrachlar uning bir yildan kam umri qolganini aytishyapti. Bor gap shu!

Soxta-cho'loqning falaj bo'lib qolganini hattoki MXXning tuman bo'limlari boshliqlari ham bilishadi, maxsus xizmatlarning viloyat bo'limi rahbarlari va  yuqori lavozimli ofitserlari haqida esa gapirmasa ham bo'laveradi. Ko'pchilik oddiy chekistlar uning taqdiridan xursand bo'lishmoqda.

Va buni tushunsa bo'ladi. Chunki Rustam Inoyatov o'zining rahbarlik davrida MXXni O'zbekistonning eng buzuq tashkilotiga aylantirdi, chekistlarni boy va kambag'allarga, oligarx va qashshoqlarga ajratdi. U bu o'zbekofobning noqonuniy va xalqqa qarshi buyruqlarini bajarmagan, eng halol va tartibli xodimlarni MXX qatorlaridan xaydab yubordi.

Bu jallodning boshqa yurolmasligini eshitib, qanday xursand bo'lmaslik mumkin?!

Al Fisher, Gulshan Karaeva, Daniil Kislov va boshqa janoblar esa go'yoki ularning otasi yoki ustozi o'lim to'shagida yotgandek qayg'udalar.

Usmon HAQNAZAROV,
siyosatshunos
20.09.2017

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • Habib ;

    Endi duzaxda kuradiganini kuradi,ulgandan keyin!

    07/11/2017 11:12
  • Muso ;

    Zolimni kuli shuncha kalta bulib kolibdimi?

    20/09/2017 10:34
istanbul escort