O’zbekiston Xalq Harakati

Usmon Haqnazarov: MXX tizimida demoralizatsiya va ikki hokimlik boshlandi

Usmon Haqnazarov: MXX tizimida demoralizatsiya va ikki hokimlik boshlandi
23 Eylül 2017 - 10:04 'da yuklandi va 6929 marta o'qildi.

Shifokorlarning harakatlariga qaramay, O'zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatovning sog'ligi yomonlashishda davom etmoqda.

Shu haftada uning burnidan ikki marta qon ketdi va natijada u hushini yo'qotdi. Bundan tashqari, kechalari u ruhiy kasallar kabi aljiray boshladi.

Shu vaqtning o'zida MXX tizimida demoralizatsiya, ikki hokimlik va Rustam Inoyatovning tarafdorlari hamda raqiblari o'rtasida sabotaj boshlandi.

Ushbu hodisalarning sabablaridan biri MXXning ba'zi hududiy boshqarmalariga bevosita prezident Shavkat Mirziyoevning o'zi tomonidan rahbarlar tayinlanganidir.

Boshqacha qilib aytganda, Mirziyoev tayinlagan xodimlar Inoyatovning buyruqlarini bajarishni istashmayapti, va teskarisi: «rais» tarafdorlari prezident kadrlarining buyruqlarini badarilishini ortga surib qo'yishmoqda.

Avvallari Inoyatov va mxxchi oligarxlarning raqiblari asosan MXXdan xaydalgan ofitserlar bo'lgan bo'lsa, hozirda ularga, «kontora» raisining ochko'z va yolg'onchi tabiatini fosh qilgan amaldagi kadrlar ham qarshi chiqishmoqda.

Bunday holatlarda Inoyatovchilar nomoyish uchun jamoat chora-tadbirlarini qo'llashga urinishmoqda. Shunday qilib Inoyatovchilar sentyabr oyida prezident Shavkat Mirziyoevga yoqish uchun Toshkentda etti tonnalik palov pishirib, tekinga tarqatishdi.

Barchaga ma'lumki bu shou, O'zbekiston Davlat soliq qo'mitasi rahbari Botir Parpievning jiyani Komil Allamjonovga tegishli bo'lgan O'zbekistonning “Milliy” telekanali (MTV) tomonian tashkil qilingan edi. Parpievning o'zbek maxsus xizmatlari rahbariga kim bo'lishini esa qaytarib o'tirmasa ham bo'laveradi.

Shunday qilib, Inoyatovchilar o'zining bu aktsiyasi bilan, hozirda xalq bilan muloqot va xalq muammolarini hal qilish siyosatini olib borayotgan prezident Shavkat Mirziyoevga yoqishni istashdi. Inoyatovchilar o'z maqsadlariga ettilarmi yoki yo'q bizga ma'lum emas.

Ammo, bizga shu narsa ma'lumki, Inoyatovchilar bir vaqtning o'zida avvalgi, xalqqa qarshi harakatlarini ham davom ettirmoqdalar. Shunday, masalan, o'sha Komil Allamjonov o'zining amakisi Botir Parpiev va uning qudasi Rustam Inoyatov yordamida o'zbek hukumati tomonidan, davlat avtotransport vositalarini boshqaruvchi haydovchilarni «Avtotest» innovatsion haydovchilik maktabida davlat imtihonlarini topshirish va attestatsiyadan o'tkazish haqidagi farmon chiqarilishiga erishdi.

Bu haydovchilik maktabining ham o'sha Komil Allamjonovga tegishli ekanligi barchaga ma'lum. Inoyatovning qudasining jiyaniga, unga tegishli «Soliq-Info» gazetasiga o'zbek soliqchilari va tadbirkorlarining majburiy obunasidan kelayotgan milliardlar etmayapti shekilli.

Shu kunlarda Inoyatovchilar sabrsizlik bilan o'z boshliqlarining sog'ayishini kutishmoqda. Inoyatov sog'ligining yomonlashishi, uning tarafdorlarini, aytish mumkinki chuqur depressiya holatiga tushirib qo'ydi.

Va bu tushunarli. Chunki, «rais»ning o'limi ular uchun korruptsion biznes imperiyalarining o'limini anglatadi.

Usmon HAQNAZAROV,
siyosatshunos
23.09.2017

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort