O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Muhammad Solih: “O'z-o'zimga ritorik savollar”

Muhammad Solih: “O'z-o'zimga ritorik savollar”
22 Ekim 2017 - 13:17 'da yuklandi va 2543 marta o'qildi.

(so'nggi voqealar borasida)

Bir men emas, balki mamlakat taqdiriga befarq bo'lmagan ko'pchilik, xuddi men kabi o'ziga shu savollarni berayotgan bo'lsa ajabmas: “adolat dushmanlarini shafqatsiz jazolashga va'da bergan mamlakat prezidenti mamlakatning vatanparvar o'g'loni Bobomurod Abdullaevga qarshi ashaddiy adolatsizlik va surbetlarcha ayblovni ko'rib, qanday pozitsiyani egallamoqchi?”

Ijtimoiy tarmoqlarda Bobomurodni qo'llab-quvvatlash nafaqat xorijda, balki mamlakat ichida ham soat sayin ortib bormoqda. Toshkentlik yozuvchi va jurnalistlar taniqli publitsist Bobomurod Abdulla-Haqnazarovning hibsga olinishi borasida o'z noroziliklarini bildirishmoqda. Unga nisbatan kecha e'lon qilingan dastlabki ayblov xulosasi esa o'zining bema'niligi va hayosizligi bilan ko'pchilikni esankiratib qo'ydi.

Amnesty International va Human Rights Watch xalqaro tashkilotlari esa Abdullaev-Haqnazarovni hibsga olinishi va unga qarshi qo'yilgan ayblar siyosiy ekanligi aytib, uni darhol ozod etishga chaqirdilar. Kam emas, ko'p emas dunyo bo'ylab 35 ta fuqarolik jamiyati tashkilotlari jurnalistni himoyasiga bayonot bilan chiqdilar.

Juda kup insonlar Abdullaev-Haqnazarovning himoyasi uchun imzo yig'ish va shu kabi dastaklaovchi ishlar bilan shug'ullanishmoqda.

Ammo prezident tomonidan bu “ish”ga hech qanday munosabat kuzatilmayapti.

Men umuman, prezident Mirziyoev Karimovning “dunyo hamjamiyati fikriga tupurish” an'anasini davom ettiradi deb, o'ylamayman. U mamlakatni Karimov rejimi olib kelgan chuqur turg'unlik holatidan olib chiqish uchun, bugun dunyo hamjamiyatining qo'llab-quvvatlashi naqadar muhim ekanligini tushunish uchun etarli darajada oqil.

U holda gap nimada?

Bu qaltis holat haqida ikki fikr bor.

Birinchisi: Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) o'z rahbari Inoyatov bilan hali ham qudratli va u prezidentga faoliyat erkinligini bermayapti.

Ikkinchisi: Yo'q, bu ikkita bosh roldagi ikki aktyorning o'yini. Biri millat xaloskori, adolat kurashchisi rolini o'ynayotgan bo'lsa, ikkinchisi – uning dushmani rolida. Ammo ikkalasining ham maqsadi bir: avtoritar hokimiyatning kvo statusini saqlab qolgan holda, mamlakatning siyosiy hayotida hech narsani o'zgartirmay, eski rejimni isloh qilib, vaqtdan yutish.

Jamiyat mana shu ikki fikr orasida ikkilanmoqda – borib kelib turibdi.

Birinchi vaziyatni ham,ikkinchi vaziyatni ham tasdiqlovchi holatga duch kelmoqdamiz, ammo ular haqiqatdan ham faqat holat, tendentsiya emas. Shu bois, bu mavzuda jamiyat fikrining ikkilanishi bundan keyin ham davom etadiganga o'xshaydi.

Real hayotda MXX (Inoyatov) dolzarb masalalar bo'yicha qaror qabul qilishda prezidentdan ko'ra faolroq.

Publitsistga qarshi ishni MXX qo'zg'atdi, uni MXX qo'lga oldi, MMX tergov qilmoqda, MXX qiynoqqa tutmoqda, MXX “xulosa” qilmoqda, MXX ayblov yozib, matbuotga bu haqda ma'lumotni ham MXX bermoqda.

Va shubha yo'qki bu “ish” MXX (Inoyatov) ko'rayotgan shaklda xulosalanadi.

Endi, Yunusobod tuman sudining shunday nomlanuvchi “Aniqlovi”dan so'ng, ko'z o'ngimizda “Abdullaev-Haqnazarov ishi” bo'yicha, MXX (Inoyatov) ko'zlagan ikki maqsad shakllanayapti: birinchisi – taktik, ikkinchisi – strategik.

Taktik maqsad – bir zarba bilan Inoyatovchilarni fosh qilib kelgan Haqnazarov-Abdullaevni yo'q qilish.

Strategik maqsad – aholining o'zgacha fikrlovchi, siyosiy va diniy muxolifati bilan hukumat o'rtasida boshlangan munosabatlardagi iliqlashuv jarayonini to'xtatish. Prezident Shavkat Mirziyoev mamlakat ichida mustaqil lider, xorijda esa islohotchi lider sifatidagi obro'sini tushirish.

MXX birinchi maqsadiga erishdi.

Inoyatovchilarning ashaddiy dushmani Haqnazarov Inoyatovning qo'lida. Biz Toshkentdan tergov ostidagi inson haqida qo'rqinchli xabarlarni olmoqdamiz: qiynoqlar natijasida u hattoki hojatxonaga ham borolmaydigan holatda, hojatini yotgan eriga qilmoqda…Aynan shuning uchun Inoyatov uning oldiga MXXning qiynoqqa soluvchi hayvonlaridan boshqa kimsani kiritmayapti.Aynan shuning uchun Abdullaev-Haqnazarovni mana 13 kundirki advokatsiz so'roq qilishmoqda.

Inoyatovchilar, Haqnazarov ishi bo'yicha dastlabki ayblovga mening ismimni (Muhammad Solih) qo'shish bilan ikkinchi maqsad uchun ham bir necha qadam qo'ydi. Chunki Inoyatovchilar siyosiy muxolifatning vatanga qaytishidan juda ham qo'rqishadi.

Chunki Inoyatovchi qotillar, polkovnik Mahmud Xudoyberdiev otryadi boshchiligida, 2005 yilning 13 may kungi Andijon qirg'inini uyushtirishgan. (M.Xudoyberdievning villasi, Inoyatovning sobiq o'ng qo'li, yaqinda davlat mulkini o'g'irlash va narkobaronlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan Shuhrat G'ulomovning villasi bilan yonma-yon joylashgan). MXXning dahshatli mashhur erto'lasida Inoyatovchilar juda ko'p diniy liderlarni qiynoqlarga solib, o'ldirdilar. Ko'plab odamlar, ularning uylariga MXX tashrifidan so'ng bedarak yo'qoldilar.

Shunday insonlardan so'nggisi – internet saytlarida “Abdulloh Nusrat” taxallusi ostida maqolalar yozib kelgan yosh olim Akrom Malikov (1990) 2016 yilning 29 iyulida MXX xodimlari tarafidan o'g'irlab ketildi va bugungacha qaerda ekanligidan darak yo'q.…

Agar muxolifat vatanga qaytsa, albatta hukumatdan barcha qotillarni qonun doirasida jazoga tortishini talab qiladi. Inoyatov mana shundan qo'rqadi.

Muhammad Solih

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Muslim ;

    Dunyoviy shaxs neytral pazitsiya da turib siz xak, ekaningizni ko’rmok,daman . ..sababi uzim kop ishlarga guvox bolganman
    bir kun kelib albatta Uzbekistan da real demokratiya, muxolif partiyalar k,aror topishiga umid k,ilaman . Barcha ezgu niyatli insonlarni Alox oz panoxida asrasin
    ishlaringizga rivoj tilab muxojirotdagi NIXOL MUSLIM

    24/10/2017 05:44
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube