O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Baraka degan narsa nimadur?

Baraka degan narsa nimadur?
01 Kasım 2017 - 7:00 'da yuklandi va 1700 marta o'qildi.

Alixonto'ra Sog'uniy

TARIXI MUHAMMADIY — 222
(davomi)

QIRQ OLTINChI MO'JIZA

Bir kuni Rasulullohning xodimlari hazrati Anasning onasi Payg'ambarimiz huzurlariga kelib:

— Yo, Rasulalloh, xizmatchingiz o'g'lim Anasning haqqiga duo qiling, — dedi.

Rasululloh duo qilib:

— Ey bor Xudoyo, Anasning mol-dunyosi ko'paysin, bola-chaqasi o'sib-unsin, unga bergan ne'matlaring ersa barakotlik bo'lsin, — dedilar.

Hazrat Anas:

— Rasulullohning duolari qabul bo'ldi, shu zamonning boylaridan bo'ldim. Tirikligimda mendin tarqalgan bolalarim ersa yuzdan ortiq bo'ldilar. O'lganlari ham bundin oz emas edi. Ko'rgan ne'matlarim barchasi barakotlik bo'ldi. Ko'rib turasiz shu kunlarda mendan rohatlik boy kishi yo'qdur, — dedi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hazrati Anas haqida qilgan duolari ichida unga bergan ne'matlaring barakotlik bo'lsin, deb edilar.

Endi shuni bilmoq kerakkim, odamning mol-dunyosi ko'payib, boshqalar ko'ziga boy ko'ringani bilan, agar barakasi bo'lmasa, undog' boylikning dunyo-oxiratda hech kimga foydasi yo'qdur. Balki ikki dunyoda ham undin ziyon ko'rgaylar. Shunga o'xshash agar bir kishi yuz yil umr ko'rsa yoki etmish turli ilm-hunar o'rgansa, agar unga baraka berilmasa, umrining uzunligidan oxiri xorlikka qolib, bezor bo'lg'ay. Ilm-hunarning ko'pligidan boshqalar bu yoqda, o'zi qong'udek ham foyda ololmagay.

Endi baraka degan narsa nimadur? Har ishning igililigi, har ishdan chiqqan yaxshilik natijasidur. Bu ersa Xudo tomonidan bo'lur. Iymonlik kishilargina munga ishonurlar. «Umringdan baraka topgur», deb duo qilish eng ulug' olqishdur.

Baraka Xudo tomonidan bo'lur dedik. Muning ma'nosi shuldurkim, har qanday inson bir ishga kirishmoqchi bo'lsa, eng avval shariat buyurgancha o'z niyatini to'g'rilashi farzdur.

Agar din ilmini o'qimoqchi ekan, bilganiga birinchi o'zi amal qilsin, bilmaganini so'rasin, bilganlarini o'rgatishga niyat qilsin. O'qishi va o'rgatishi Xudo uchun bo'lsin. Bu to'g'rida hech kimdan ta'ma qilmasin. Birovning elkasiga yuk bo'lish emas, balki birovning yukini engillatish ko'yini tutsin, qisqasi shulkim, qaysi fanni bilsa, qanday hunarni o'rgansa, boshqalarga yordam etkazish, inson olamiga bir ulush foyda kirgizishni o'ylasin. Yolg'iz o'zi ko'rib, o'z foydasinigina kuzatish esa, islomiyatga ochiq xiyonat, insoniyatga ulug' jinoyatdur.

Agar kishi Rasululloh aytganlaridek, ish boshida niyatini to'g'rilab, xalq foydasini kutmas ekan, etmish turlik ilm-fan bilgani bilan o'la-o'lguncha ishdan qo'li bo'shamaydi, ko'ngli g'am-qayg'udan chiqmaydi. Agar barakalik bo'lur ekan, ishi oz bo'lsa ham unumlik bo'lib, aning yaxshiligi o'zidan oshib boshqalarga ham etadi.

Inson olami yaratilgandan boshlab shunday barakalik kishilardan butun xalq foydalanib kelmoqdadur.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube