O’zbekiston Xalq Harakati

“Oting mavj urgan daryodek chopar ekan”

“Oting mavj urgan daryodek chopar ekan”
04 Kasım 2017 - 7:00 'da yuklandi va 1447 marta o'qildi.

Alixonto'ra Sog'uniy

TARIXI MUHAMMADIY — 224
(davomi)

QIRQ SAKKIZINChI MO'JIZA

Rasululloh muborak og'izlaridan nima so'z chiqdi ersa, o'shandoq bo'lur yoki qutlug' qo'llari bilan har qanday kasal odamni silasalar, darhol kasaldan tuzalar edi.

Bir kuni Madina atrofidagi iymonga kirmagan qabilalardan bir qancha kishilar zakotga yig'ilgan chorva mollarini talamoqchi bo'lib, bosmachilikka keldilar. Buning xabari Madinaga etishi bilan hammadan ilgari Abu Talhaning otini minib yovga qarab choptirdilar.

Bu ot ersa qashanglig'i ustiga mudrovchi ham edi. Rasululloh minganlaridan keyin bu jonivorga chopqirlik paydo bo'ldi, boshqa otlar unga etolmay orqada qoldilar. Yovni qochirib qaytgandan keyin Rasululloh Abu Talhani ko'rib;

— Sening bu oting mavj urgan daryodek chopar ekan, — dedilar.

Bu so'zdan so'ngra chopqirlikda uning oldiga hech bir ot tushmadi.

Yana bir safarda hazrati Jobirning mingan tuyasi charchab yurolmay qolib edi. Rasululloh buni ko'rib qo'llaridagi tayoqchalari bilan tuyaning biqiniga: «Turgil!» deb nuqib qo'ydilar ersa, unga shundoq kuch paydo bo'ldikim, hazrati Jobir uning boshiga ega bo'lolmay qoldi.

Shunga o'xshash yana bir g'azotda hazrati Juaylning mingan oti charchaganlikdan yurolmay qoldi. Rasululloh kelib: «Tur, barakalloh», deb qamchilari bilan sekingina urib qo'ydilar ersa, ot irg'ib turib, yurib ketdi. Shundan so'ng uning tezligidan egasi tizginini tortolmas edi. Bu otga baraka qo'nib, muning bolalaridan sotib egasi o'n ikki ming tilla foyda topdi.

Mana bu ishlarning barisi Rasulullohning mo'jizalari erdi.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort